Sherov Dilmurod Xamra o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kunjut hosilini yanchib oladigan qurilmani ishlab chiqish va parametrlarini asoslash”, 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5445.
Ilmiy rahbar: Ravshanov Shavkat Ulashovich, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/13.05.2020.T.112.01.
Rasmiy opponentlar: Rahmatov Orifjon, texnika fanlari doktori, professor; Mamajanov Sultonali Islomalievich, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kunjut hosilini yanchib oladigan qurilmani ishlab chiqish va parametrlarini asoslash orqali kunjut hosilini yanchishni  mexanizatsiyalashtirish hamda qo‘l mehnati sarfi va boshqa xarajatlarni  kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yanchish qurilmasining konstruktiv sxemasi va texnologik ish jarayoni  kunjut hosili yanchilishini talablar darajasida ta’minlanishi hisobga olinib ishlab chiqilgan;
qurilmaning konstruktiv o‘lchamlari va ish rejimlari urug‘larni ajratish to‘liqligi yuqori hamda shikastlanishi minimal bo‘lishi shartidan kunjut poyalari, ko‘saklari va urug‘larining fizik-mexanik xossalarini hisobga olgan holda asoslangan;
texnologik jarayonni ifodalaydigan analitik bog‘lanishlar va matematik modellar ish jarayonida yanchish barmoqlarining kunjut urug‘lari bilan o‘zaro ta’sirlashishiga bog‘liq ravishda keltirib chiqarilgan;
yanchish qurilmasining maqbul parametrlari uning agrotexnik ish ko‘rsatkichlarini baholaydigan regressiya tenglamalarini birgalikda kunjut hosilini ajratish to‘liqligi va kunjut urug‘larining shikastlanish darajasi shartlaridan yechish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kunjut hosilini yanchib oladigan qurilmani ishlab chiqish va parametrlarini asoslash bo‘yisha olingan natijalar asosida:
kunjut hosilini yanchib oladigan qurilmaga dastlabki talablar va texnik topshiriq ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 5-maydagi 05/01-05/02-05/04-03-173-son ma’lumotnomasi). Natijada, kunjut hosilini yanchib oladigan qurilmaning konstruksiuasini ishlab shiqish imkoni uaratilgan;
ishlab shiqilgan kunjut hosilini yanchib oladigan qurilmaning tajriba nusxasi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutining tajriba uchastkasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanidagi fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 5-maydagi 05/01-05/02-05/04-03-173-son ma’lumotnomasi). Natijada, kunjut hosilini yanchib oladigan qurilma qo‘llanilganda urug‘ni ajratish to‘liqligi 98,2 % va urug‘ning shikastlanishi 1,8 % ni tashkil etgan;
kunjut hosilini yanchib oladigan qurilmaning sanoat nusxalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun uning loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriq va chizmalar) “BMKB-Agromash” AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 5-maydagi 05/01-05/02-05/04-03-173-son ma’lumotnomasi). Natijada, asoslangan parametrlarga ega bo‘lgan kunjut hosilini yanchib oladigan qurilmani ishlab shiqarish imkoni uaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish