Valixanov Azizbek Ravshan o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasida turizm sektorining iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini statistik tadqiqoti”, 08.00.06 – “Ekonometrika va statistika” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt1684
Ilmiy rahbar: Boltabaev Mahmudjon Rustamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Salimov Baxtiyor Tadjievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, G‘ayibnazarov Bahodir Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda turizm sektorining iqtisodiy faoliyatini statistik baholash va istiqbollarini prognozlash bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
milliy turizm sohasi iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsadida hududiy turistik klasterlar raqobatbardoshligini baholash va prognoz qilish funksiyalariga ega bo‘lgan “Milliy turizm iqtisodiyoti va raqobatbardoshlik markazi” faoliyatini tashkil etish taklifi asoslangan;
turizm sektori faoliyatini baholovchi axborotlar bazasini yoppasiga va qisman kuzatish usullari yordamida elektron chipta tizimi, mehmonxona axborot bazalari, transport monitoringi va onlayn so‘rovnomalar o‘rtasida maqbul mutanosiblikni taʼminlash orqali milliy turizm xizmatlarini statistik hisobga olish qamrovini (MSA = 15%–18%) oshirish imkoni asoslangan;
Davlat statistika tizimida turizm sohasi ma’lumotlarini yagona standartlar asosida yig‘ish va tahlil qilishni ta’minlovchi “Turizm statistikasi va bozor tahlili xizmati”ni joriy etish orqali institutsional va axborot-tahliliy mexanizmini takomillashtirish taklifi ilmiy asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasida turizm sektori faoliyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi va dinamikasiga ta’sir etuvchi omillarni ekonometrik modellashtirish asosida 2030 yilga qadar o‘rta muddatli prognoz variantlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turizm sektorining hisob va statistika tizimini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
milliy turizm sohasi iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsadida hududiy turistik klasterlar raqobatbardoshligini baholash va prognoz qilish funksiyalariga ega bo‘lgan “Milliy turizm iqtisodiyoti va raqobatbardoshlik markazi” faoliyatini tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan amaliy faoliyatga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025 yil 24 fevraldagi 03-10-17-1696-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2024 yil 18 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida turizmi infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-102-son farmonida belgilangan yo‘l xaritasiga kiritilgan turizm sektorini kengaytirilgan holda qiyosiy baholash va kompleks tahlil qilish imkoni yaratilgan;
turizm sektori faoliyatini baholovchi axborotlar bazasini yoppasiga va qisman kuzatish usullari yordamida elektron chipta tizimi, mehmonxona axborot bazalari, transport monitoringi va onlayn so‘rovnomalar o‘rtasida maqbul mutanosiblikni ta’minlash orqali milliy turizm xizmatlarini statistik hisobga olish qamrovini (MSA = 15%–18%) oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan amaliy faoliyatga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025 yil 24 fevraldagi 03-10-17-1696-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 18 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida turizmi infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
PF-102-son farmoni ilovasidagi mamlakatimiz turizm sektorining iqtisodiy faoliyatini zamonaviy iqtisodiy usullarda baholash imkonini oshirishda foydalanilgan;
Davlat statistika tizimida turizm sohasi ma’lumotlarini yagona standartlar asosida yig‘ish va tahlil qilishni ta’minlovchi “Turizm statistikasi va bozor tahlili xizmati”ni joriy etish orqali institutsional va axborot-tahliliy mexanizmini takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan amaliy faoliyatga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025 yil 24 fevraldagi 03-10-17-1696-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 18 sentyabrdagi “Turizmning yangi turlarini joriy qilish hamda mamlakatimizning turistik salohiyatidan samarali foydalanishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 588-son qaroriga kiritish orqali turizmni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
O‘zbekiston Respublikasida turizm sektori faoliyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi va dinamikasiga ta’sir etuvchi omillarni ekonometrik modellashtirish asosida 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan o‘rta muddatli prognoz variantlari bo‘yicha ilmiy taklif O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan amaliy faoliyatga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025 yil 24 fevraldagi 03-10-17-1696-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish natijasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 18 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida turizmi infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-102-son farmoni asosida milliy turizm sektori faoliyatining istiqbolli yo‘nalishlarini baholash imkoni yaratilgan.