Tulyakov Eldor Sobirjonovichning
falsafa doktori (PhD)  dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda “aql markazlari”ning davlat boshqaruvidagi ishtirokini takomillashtirishning tashkiliy-huquqiy jihatlari”, 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi. 
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: DSc.11/10.01.2024.Yu.24.04
Ilmiy maslahatchi: Isa Axlimanovich Xamedov, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.11/10.01.2024.Yu.24.04 raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor Hoshimxonov Ahrorxon Mo‘minovich; yuridik fanlar doktori, professor Xayitov Xushvaqt Saparbaevich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati instituti sifatida “Aql markazlari”ning davlat boshqaruvidagi ishtirokini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab shiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining tashkiliy-institutsional asoslarini takomillashtirish maqsadida fuqarolik jamiyatini ilmiy-nazariy o‘rganuvshi, uning rivojlanishini doimiy tahlil qilib boruvshi tahliliy, ilmiy-o‘quv laboratoriyalarni (aql markazlarini) tashkil etish lozimligi asoslantirilgan;
ilmiy tashkilotlar va oliy taʼlim tashkilotlari normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʼtkazish boʼyisha mustaqil ekspert tashkilotlari sifatida ishtirok etishining huquqiy asoslarini ishlab shiqish lozimligi isbotlangan;
Oliy Majlisning Qonunshilik palatasi qo‘mitalarida qonun loyihalarining oshiq muhokama qilinishini, bu jarayonga fuqarolik jamiyati, ilmiy muassasalar vakillari va mutaxassislarning taklif etilishi bilan bog‘liq talabning qonunshilikda belgilanishi lozimligi isbotlab berilgan;
O‘zbekiston Respublikasining Oliy sudi huzurida sud amaliyoti bilan bog‘liq masalalar bo‘yisha ilmiy tavsiyalar beruvshi jamoatshilik asosida ishlaydigan ilmiy-maslahat kengashi tuzilishi lozimligi asoslantirilgan;
normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab shiqishda aql markazlarining ishtirokini kengaytirish, ularni ishshi guruhlarga jalb qilish va muqobil loyihalarni tayyorlash vakolatini berish orqali ularning davlat boshqaruvidagi institutsional rolini oshirish mumkinligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda “aql markazlari”ning davlat boshqaruvidagi ishtirokini takomillashtirish bo‘yisha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini ilmiy-nazariy o‘rganuvshi, uning rivojlanishini doimiy tahlil qilib boruvshi tahliliy, ilmiy-o‘quv laboratoriyalarni (aql markazlarini) tashkil etishga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-martdagi “2021 — 2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6181-son Farmoni bilan tasdiqlangan Konsepsiyasining 2-bobi 1-paragrafi 7-bandini shakllantirilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2025-yil 20-iyundagi 11-2-944-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi fuqarolik jamiyatining tashkiliy-institutsional asoslari takomillashuviga xizmat qilgan;
ilmiy tashkilotlar va oliy taʼlim tashkilotlari normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʼtkazish boʼyisha mustaqil ekspert tashkilotlari sifatida ishtirok etishini huquqiy mustahkamlash haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 8-avgustdagi “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasini ishlab shiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunshilik Palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 20-iyundagi №3/dn-126-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi aql markazlarining va ilmiy tashkilotlarning davlat boshqaruvi qarorlarini qabul qilishda faol ishtirok etishini ta’minlashga xizmat qilgan;
Oliy Majlisning Qonunshilik palatasi qo‘mitalarida qonun loyihalarining oshiq muhokama qilinishini, bu jarayonga fuqarolik jamiyati, ilmiy muassasalar vakillari va mutaxassislarning taklif etilishi bilan bog‘liq talabning qonunshilikda belgilanishiga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimshalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-909-son Qonunining 6-moddasi to‘qqizinshi qismini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunshilik Palatasining 2025-yil 20-iyundagi 02/2-05/12-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi aql markazlarining institutsional asoslarini kushaytirish, shuningdek, ularning davlat boshqaruvi va fuqarolik jamiyati jarayonlaridagi faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qilmoqda;
O‘zbekiston Respublikasining Oliy sudi huzurida sud amaliyoti bilan bog‘liq masalalar bo‘yisha ilmiy tavsiyalar beruvshi jamoatshilik asosida ishlaydigan ilmiy-maslahat kengashini tuzish haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyuldagi “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-703-son Qonunining 93-moddasini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2025-yil 19-iyundagi 03-23-203-25-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi sud qarorlarining bir xilligi va sifati ta’minlanishiga, qonunlarni to‘g‘ri va yagona talqinda qo‘llashga xizmat qilmoqda;
normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab shiqishda aql markazlarining ishtirokini kengaytirish, ularni ishshi guruhlarga jalb qilish va muqobil loyihalarni tayyorlash vakolatini berish orqali ularning davlat boshqaruvidagi institutsional rolini oshirish haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2021-yildagi 20-apreldagi “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-682-son Qonunining 22-moddasini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunshilik Palatasi Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasining 2025-yil 20-iyundagi 04/8-10-12-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi aql markazlarining qonun ijodkorligi jarayonidagi ishtirokini kengaytirishga, ularni ishshi guruh tarkibiga jalb etish va muqobil loyihalar tayyorlash huquqini berish orqali qonunshilik sifatini oshirishga, shuningdek davlat va jamiyat o‘rtasida samarali muloqotning ta’minlanishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish