Sadullaev Ulug‘bek Norqulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Go‘sht qoramolchiligi yo‘nalishida tadbirkorlik subektlari faoliyatini intensiv rivojlantirishning ilmiy–uslubiy asoslari”, 08.00.15 – “Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Iqt371.
Ilmiy maslahatchi: Farmanov Tulqin Xayitmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.72.05
Rasmiy opponentlar: Qodirov Abdurashid Majidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Egamberdiev Farmonqul Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Salaev Sanatbek Komilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: go‘sht qoramolchiligi yo‘nalishidagi tadbirkorlik subektlari faoliyatini intensiv asosda rivojlantirish yo‘nalishlariga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chorva mollari bosh soni, nasli, zichligi, ro‘yxatga olish tizimi, urug‘lantirish va monitoring tizimi, mahsuldorlik kabi indikatorlarini hisobga olgan holda chorvachilik xo‘jaliklarining intensivlik darajasini aniqlash uslubi taklif etilgan hamda xo‘jaliklarning intensivlik darajasini yuqori intensiv (I≥0.7), intensiv (0.5≤I<0.7), yarim intensiv (0.2≤I<0.5) va ekstensiv (I<0.2) kabi shkalalarda baholash taklif etilgan;
oziq-ovqat xavfsizligi va ekologik muvozanat mutanosibligini ta’minlash maqsadida “ustuvorlik uyg‘unligi” (Synergy of Priorities) modeliga asoslangan “chorva mollarining optimal mol bosh soni”ni aniqlash uslubi taklif etilgan hamda hududlarning ekologik muvozanat koeffisientlari (1.0≤EFᵢ≥1.29) asosida intensiv qoramolchilikni rivojlantirish  imkoniyatlari asoslangan;
ichki bozorni go‘sht mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash, mavsumiy tebranishlarning oldini olish maqsadida “Go‘sht qoramolchiligi yo‘nalishidagi tadbirkorlik subektlari transmilliy korporatsiyasi”ni tashkil etish taklif etilgan hamda ularni milliy va mintaqaviy darajada qo‘llab-quvvatlash yo‘llari asoslangan;
go‘sht qoramolchiligiga ixtisoslashgan tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashda tartiblarni Jahon savdo tashkilotining institutsional, texnologik va ekologik rivojlanish talablariga moslashtirishga asoslangan “ITE Support Model” differensial modeli hamda ushbu talablar doirasida “Feed-in tariff” tizimlariga verifikatsiya xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibida integratsiyalash taklifi asoslangan;
go‘sht qoramolchiligi yo‘nalishidagi tadbirkorlik subektlari faoliyatini intensiv rivojlantirish asosida go‘sht etishtirish hajmi o‘zgarishining 2030- yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Go‘sht etishtirish tarmog‘ini intensivlashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
chorva mollari bosh soni, nasli, zichligi, ro‘yxatga olish tizimi, urug‘lantirish va monitoring tizimi, mahsuldorlik kabi indikatorlarini hisobga olgan holda chorvachilik xo‘jaliklarining intensivlik darajasini aniqlash uslubi taklif etilgan hamda xo‘jaliklarning intensivlik darajasini yuqori intensiv (I≥0.7), intensiv (0.5≤I<0.7), yarim intensiv (0.2≤I<0.5) va ekstensiv (I<0.2) kabi shkalalarda baholash bo‘yicha takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktyabrdagi PF-5853-son “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan Strategiyasi”ning 2-bob 1-bandi 14-xatboshini ishlab chiqishda foydalanilgan. (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 30-oktyabrdagi 02/23-2532-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tavsiyalar yordamida chorvachilik mahsulotlari, xususan go‘sht etishtirish jarayonida ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanish, innovatsion ishlanmalarning amaliyotga joriy etish holatini baholash, sohada ilmiy hajmdorlik darajasini aniqlash imkoniyatini yaratgan;
oziq-ovqat xavfsizligi va ekologik muvozanat mutanosibligini ta’minlash maqsadida “ustuvorlik uyg‘unligi” (Synergy of Priorities) modeliga asoslangan “chorva mollarining optimal mol bosh soni”ni aniqlash uslubi taklif etilgan hamda hududlarning ekologik muvozanat koeffisientlari (1.0≤EFᵢ≥1.29) asosida intensiv qoramolchilikni rivojlantirish imkoniyatlari borasidagi takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-fevraldagi PQ-120-son “O‘zbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi  qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan dastur”ining 2-bob 3-§ 9-xatboshini ishlab chiqishda foydalanilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 30-oktyabrdagi 02/23-2532-son ma’lumotnomasi). Bunda atmosferaga chiqarilayotgan ajratmalarda chorvachilik tarmog‘i ulushini kamaytirish orqali iqlimga moslashuvchan chorvachilik sektorini tashkil etish va rivojlantirishga erishilgan; 
ichki bozorni go‘sht mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash, mavsumiy tebranishlarning oldini olish maqsadida “Go‘sht qoramolchiligi yo‘nalishidagi tadbirkorlik subektlari transmilliy korporatsiyasi”ni tashkil etish taklif etilgan hamda ularni milliy va mintaqaviy darajada qo‘llab-quvvatlash yo‘llari asoslangan taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-fevraldagi PQ-120-son “O‘zbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi  qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha 2022-2026- yillarga mo‘ljallangan dasturida belgilangan vazifalarni 2022-yilda amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasi”ning 62-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 30-oktyabrdagi 02/23-2532-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga qo‘llash, tadbirkorning manfaatlarini inobatga olgan holda rag‘batlantirish  asosida ichki bozorda go‘sht mahsulotlari taklifini 20-30 foizgacha oshishiga erishiladi;.
go‘sht qoramolchiligiga ixtisoslashgan tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashda tartiblarni Jahon savdo tashkilotining institutsional, texnologik va ekologik rivojlanish talablariga moslashtirishga asoslangan “ITE Support Model” differensial modeli hamda ushbu talablar doirasida Feed-in tariff tizimlariga verifikatsiya xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibida integratsiyalash taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23- oktyabrdagi PF-5853-son “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan Strategiyasi”ning 2-bob 3-bandi 21-xatboshini ishlab chiqishda foydalanilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 30-oktyabrdagi 02/23-2532-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga qo‘llash sohada ilmiy tadqiqotlar olib borish, aqlli qurilmalarga talabni ichki imkoniyatlar evaziga ta’minlash va moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini yaratish imkonini bergan.
go‘sht qoramolchiligi yo‘nalishidagi tadbirkorlik subektlari faoliyatini intensiv rivojlantirish asosida go‘sht etishtirish hajmi o‘zgarishining 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-fevraldagi PQ-120-son “O‘zbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi  qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan dastur”ining 2-bob 2-§ 2-bandi 8-xatboshini ishlab chiqishda foydalanilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 30-oktyabrdagi 02/23-2532-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish orqali mamlakatimizda go‘sht etishtirish hajmi 2025-2030-yillarda o‘rtacha 12 foizga o‘sishini ta’minlashga erishiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish