Mirzaeva Shaxnoza Xamidjonovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Revmatoid artritning klinik kechishi va avjlanishida tizimli yallig‘lanish biomarkerlarning o‘rni» 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
  Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Tib5843.
Ilmiy rahbar: Eshmurzaeva Aida Abdiganievna, tibbiyot fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Xalmurod Sa`dullaevich tibbiyot fanlari doktori, professor. Yuldasheva Gulchehra Rustamovna tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: revmatoid artritning klinik kechishi og‘irligini tizimli yallig‘lanish markerlari hamda  Toll-like 2 reseptor  ko‘rsatkichlarni aniqlash asosida baholash va uning oqibatlari rivojlanishida prognostik ahamiyatini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
revmatoid artritda TLR2 miqdorining ortishi kasallik faollanish darajasi va uning avjlanishi bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan; 
revmatoid artritning klinik kechishi zo‘rayishida interleykin 1, interleykin 6, α- o‘sma nekroz omili bilan qon zardobidagi Toll-like reseptor faolligi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
revmatoid artritda tizimli yallig‘lanish jarayoni avjlanishini TLR2 darajasini o‘zgarishi bilan haqqoniy bog‘liqligi kasallik zo‘rayishining prediktori sifatidagi o‘rni asoslangan;
revmatoid artritda TLR2 miqdori o‘zgarishiga ko‘ra kasallik kechishi, faollik darajasini turg‘unligi va asoratlar rivojlanishini bashoratlash mezonlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Revmatoid artritda tizimli yallig‘lanish biomarkerlarini aniqlash va tashxislash usuli bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: revmatoid artritda TLR2 miqdorining ortishi kasallik faollanish darajasi va uning avjlanishi bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlanganligi Toshkent shahar 3-son klinik shifoxonasining 07.04.2025 yil 36-sonli va Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasining 16.05.2025 yildagi 01-66-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025-yil 07-oktabrdagi 26/45-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarda RA faolligini erta tashxislash va baholash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: RA faolligini erta tashxislash va bashorat qilish natijasida bemorlarning shifoxonada davolanish muddati qisqartirildi hamda tashxislash va davolashga ketadigan mablag‘lar tejalishiga erishildi. Xulosa: RA mavjud bemorlar holatini oldindan bashorat qilish va o‘z vaqtida tashxislash ularning sog‘lig‘ini saqlash, mehnat qobiliyati va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalarini uzoq muddat davomida saqlab qolish, shuningdek, hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: revmatoid artritning klinik kechishi zo‘rayishida interleykin 1, interleykin 6, α- o‘sma nekroz omili bilan qon zardobidagi Toll-like reseptor faolligi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlanganligi Toshkent shahar 3-son klinik shifoxonasining 07.04.2025 yil 36-sonli va Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasining 16.05.2025 yildagi 01-66-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025-yil 07-oktabrdagi 26/45-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: RA bilan og‘rigan bemorlarda immunologik, klinik-biokimyoviy va instrumental tadqiqotlar natijalarining ahamiyati isbotlangan. Iqtisodiy samaradorligi: bo‘g‘im sindromining og‘irlik darajasini erta tashxislashda yallig‘lanish oldi sitokinlarining faollashish darajasini aniqlash orqali bemorlarning shifoxonada davolanish kunlarini qisqartirish, tashxislash va davolashga sarflanadigan mablag‘larni tejashga erishilgan. Xulosa: RA bo‘lgan bemorlar taqdirini bashoratlash va o‘z vaqtida tashxislash sog‘liqni saqlash, mehnat qobiliyati va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalarini uzoq muddat davomida saqlab qolish va hayot sifatini yaxshilash, nogironlik va o‘lim xavfini kamaytirish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: revmatoid artritda tizimli yallig‘lanish jarayoni avjlanishini TLR2 darajasini o‘zgarishi bilan haqqoniy bog‘liqligi kasallik zo‘rayishining prediktori sifatidagi o‘rni asoslanganligi Toshkent shahar 3-son klinik shifoxonasining 07.04.2025 yil 36-sonli va Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasining 16.05.2025 yildagi 01-66-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025-yil 07-oktabrdagi 26/45-sonli xulosasi. Ijtimoiy samaradorligi: RA bilan og‘rigan bemorlarda immunologik yallig‘lanish ko‘rsatkichlarini aniqlash orqali erta tashxislash va bashorat qilish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: RA ni erta tashxislash va bashoratlash orqali bemorlarning shifoxonada davolanish kunlarini qisqartirish, tashxislash va davolashga sarflanadigan mablag‘larni tejashga erishilgan. Xulosa: RA bilan og‘rigan bemorlarda yallig‘lanish ko‘rsatkichlarini o‘z vaqtida tashxislash natijasida sog‘liqni saqlash, mehnat qobiliyati va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalarini uzoq vaqt davomida saqlab qolish, hayot sifatini yaxshilash va davolash chora-tadbirlari samaradorligini oshirish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: revmatoid artritda TLR2 miqdori o‘zgarishiga ko‘ra kasallik kechishi, faollik darajasini turg‘unligi va asoratlar rivojlanishini bashoratlash mezonlari asoslanganligi Toshkent shahar 3-son klinik shifoxonasining 07.04.2025 yil 36-sonli va Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasining 16.05.2025 yildagi 01-66-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025-yil 11-oktabrdagi 000108-sonli xulosasi. Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalari revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda TLR2 miqdorining o‘zgarishlarini baholash orqali kasallik kechishi, faollik darajasi va oqibatlar rivojlanishini bashorat qilish imkonini beradi. Bu immunologik ko‘rsatkichlardan amalda foydalanish orqali revmatoid artritning turg‘un va og‘ir kechuvchi shakllarini erta aniqlash, klinik holatni kuzatish hamda individual terapevtik yondashuvni belgilash imkonini yaratadi. Shunday qilib, TLR2 ko‘rsatkichlarini klinik amaliyotga joriy etish revmatoid artritning tizimli ko‘rinishlarini erta bosqichda aniqlash va kasallikni boshqarish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Bu, o‘z navbatida, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, remissiya davrini uzaytirish va ijtimoiy faolligini tiklash imkonini beradi .Xulosa Revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda TLR2 miqdorining o‘zgarishi kasallikning faollik darajasi, kechishi va ehtimoliy oqibatlarini bashorat qilishda muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi. Ushbu ko‘rsatkichni klinik va laborator usullar yordamida baholash revmatoid artritning og‘ir va turg‘un shakllarini erta aniqlash, kasallik dinamikasini nazorat qilish hamda bemorga individual yondashuv asosida davolash taktikasini belgilash imkonini beradi. Bu esa bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, remissiya davrini uzaytirish va asoratlar rivojlanishining oldini olishda muhim klinik va amaliy ahamiyatga ega.

Yangiliklarga obuna bo‘lish