Maxsudov Farrux Maxsudovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Travmatik kasallikning erta davrlarida boldir suyaklarining sinishlarini davolash xususiyatlari», 14.00.22 – Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4320
Ilmiy rahbar: Xodjanov Iskandar Yunusovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/27.09.2024.Tib.93.03.
Rasmiy opponentlar: Akramov Voxidjon Rustamovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Valiev Erkin Yuldashovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot:Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: osteosintezning optimal usullarini joriy etish va ishlab chiqish yuli bilan travmatik kasallikning erta davrlaridagi boldir suyaklari sinishlarining davolash usullari va natijalarini yaxshilashdan iborat bo‘lgan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor boldir suyaklari sinishlarini bosqichma-bosqich davolash travmatik kasallikni erta bosqichlarini kechishini yaxshilashga va asoratlar rivojlanish ehtimolini kamaytirishga olib kelishi isbotlangan;
ilk bor travmatik kasallik bosqichlariga asoslangan osteosintez algoritmi suyak bo‘laklarining tez va asoratlarsiz bitishiga erishish imkonini berishi isbotlangan;
boldir suyaklari holatini adekvat klinik baholash va osteosintez turini differensial tanlash doimiy osteosintezga o‘tish uchun optimal sharoit yaratilishi asoslangan;
travmatik kasallik davrlari bo‘yicha davolangan bemorlarni qiyoslama o‘rganish taklif etilgan usullar asosida yaratilgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar osteoregeneratsiya jarayonlari natijalarini sezilarli yaxshilanishi va bemorlarni erta aktivlanishi uchun imkoniyat yaratilganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbiq etishi bo‘yicha 2025 yil 7 iyuldagi 21/17-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor boldir suyaklari sinishlarini bosqichma-bosqich davolash travmatik kasallikni erta bosqichlarini kechishini yaxshilashga va asoratlar rivojlanish ehtimolini kamaytirishga olib kelishi isbotlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati shundan iboratki, ular travmatik kasallikning erta bosqichlari boldir suyaklari sinishlarida yuzaga keladigan patofiziologik mexanizmlarni detallashtirish imkonini beradi. Bu tizimli yallig‘lanish reaksiyalari, gemodinamik va metabolik o‘zgarishlarni tushunishni o‘z ichiga oladi, bu esa yanada aniq tashxis qo‘yish va natijalarni bashorat qilish uchun asos bo‘ladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali bo‘yicha buyruq (29.04.2025 y. № 75 -U ); Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali bo‘yicha buyruq (02.05.2025 y. №148) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan boldir suyaklari sinishlarida bosqichli osteosintez algoritmi travmatik kasallikning har bir bosqichida fiksatsiyaning optimal usulini tanlash orqali davolash samaradorligini oshirishga imkon beradi, bu esa asoratlar xavfini kamaytiradi va reabilitatsiya muddatini qisqartiradi. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiyalarni joriy etish tibbiy yordam sifatini oshirdi va sog‘liqni saqlash tizimiga sezilarli iqtisodiy foyda keltirdi. Xulosa: Bemorlarni og‘ir holatdan tezroq olib chiqish, travmatik kasallikning o‘tkir reaksiya davrining yaxshilanishi va vaqtinchalik osteosintez qo‘llanilishi hisobiga keyingi davr asoratlari kelib chiqishi ehtimolini kamaytirishga erishildi (muvofiq ravishda 1,85% va 3%).
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor travmatik kasallik bosqichlariga asoslangan osteosintez algoritmi suyak bo‘laklarining tez va asoratlarsiz bitishiga erishish imkonini berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: tadqiqot natijalari travmatik kasallikning og‘irligi va yondosh omillarning mavjudligiga asoslanib, jarrohlik va konservativ davolash usullarini tanlash mezonlarini ishlab chiqish va aniqlashtirish imkonini beradi. Bu bemorning umumiy ahvolini hisobga olgan holda suyaklarni fiksatsiya vaqti va usulini yanada samarali aniqlashga yordam beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali bo‘yicha buyruq (29.04.2025 y. № 75 -U ); Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali bo‘yicha buyruq (02.05.2025 y. №148) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: sterjenli tashqi fiksatsiya apparatlaridan foydalangan holda osteosintezning innovatsion kam invaziv texnologiyalarini joriy etish suyak bo‘laklarining barqaror fiksatsiyasini ta’minlaydi, yumshoq to‘qimalarning shikastlanishini minimallashtiradi va bemorlarning erta tiklanishiga yordam beradi, davolashning funksional natijalarini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiyalarni joriy etish tibbiy yordam sifatini oshirdi va sog‘liqni saqlash tizimiga sezilarli iqtisodiy foyda keltirdi. Xulosa: Vaqt faktori va travmatik kasallikning bosqichlariga, shuningdek, osteosintezning turli usullarini qo‘llash ko‘rsatkichlari va qarshi ko‘rsatkichlariga asoslangan ishlab chiqilgan osteosintez algoritmi, davolash jarayonini regeneratsiyaning har bir bosqichida suyak bitishining xususiyatlarini hisobga olgan holda optimallashtirish imkonini beradi. Erishilgan natijalar: yaxshi — 75 (89,3%) va 6 (84%), qoniqarli — 6 (7,1%) va 5 (6%), qoniqarsiz — 6 (3,6%) va 9 (10%).
uchinchi ilmiy yangilik: boldir suyaklari holatini adekvat klinik baholash va osteosintez turini differensial tanlash doimiy osteosintezga o‘tish uchun optimal sharoit yaratilishi asoslangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: tadqiqot erta asoratlarning rivojlanish mexanizmlarini chuqurroq tushunishga yordam beradi, bu esa zamonaviy ilmiy ma’lumotlar asosida ularning oldini olish va davolashning yangi yo‘llarini taklif qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali bo‘yicha buyruq (29.04.2025 y. № 75 -U ); Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali bo‘yicha buyruq (02.05.2025 y. №148) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: klinik amaliyotda taklif etilgan davolash usullari va algoritmlaridan foydalanish bemorlarning shifoxonada qolish muddatini sezilarli darajada qisqartirish, takroriy operatsiyalar sonini kamaytirish va oyoq-qo‘llar funksiyalarini tezda tiklash orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiyalarni joriy etish tibbiy yordam sifatini oshirdi va sog‘liqni saqlash tizimiga sezilarli iqtisodiy foyda keltirdi. Xulosa: Travmatik kasallikning dastlabki bosqichlarida boldir suyaklari holatini to‘g‘ri klinik baholash va keyingi bosqichlarda doimiy osteosintez turini tanlash fiksatsiya barqarorligini 20–30% ga oshiradi hamda shikastlangan a’zo funksiyasini tiklash jarayonini 25–35% ga tezlashtiradi. Bu ma’lumotlar eng yaxshi klinik natijalarga erishish uchun individual yondashuvning ahamiyatini ta’kidlaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: travmatik kasallik davrlari bo‘yicha davolangan bemorlarni qiyoslama o‘rganish taklif etilgan usullar asosida yaratilgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar osteoregeneratsiya jarayonlari natijalarini sezilarli yaxshilanishi va bemorlarni erta aktivlanishi uchun imkoniyat yaratilganligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: travmatik kasallikning erta davrlarida boldir suyaklari sinishlarida suyak bo‘laklarining uzluksiz bitishini ta’minlaydigan, asoratlar xavfini kamaytiradigan va bemorlarning reabilitatsiyasini tezlashtiradigan bosqichli osteosintez algoritmini ishlab chiqish va joriy etish bilan izohlanadi. Tadqiqot natijalari diagnostika va davolash taktikasini takomillashtirishga yordam beradi, travmatik kasallikning bosqichi va bemorning ahvoliga qarab fiksatsiyaning eng mos usulini tanlashga imkon beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali bo‘yicha buyruq (29.04.2025 y. № 75 -U ); Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali bo‘yicha buyruq (02.05.2025 y. №148) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: klinik amaliyotda taklif etilgan davolash usullari va algoritmlaridan foydalanish bemorlarning shifoxonada qolish muddatini sezilarli darajada qisqartirish, takroriy operatsiyalar sonini kamaytirish va oyoq-qo‘llar funksiyalarini tezda tiklash orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiyalarni joriy etish tibbiy yordam sifatini oshirdi va sog‘liqni saqlash tizimiga sezilarli iqtisodiy foyda keltirdi. Xulosa: Travmatik kasallikda o‘tkazilgan davolash samaradorligini tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, boldir suyaklari sing‘ining travmatik kasallikning dastlabki bosqichlarida kechish xususiyatlarini o‘rganish hamda bosqichma-bosqich osteosintez usullarini qo‘llash kasallikning birinchi davrida shish va og‘riq sindromining ko‘rinishini 40% gacha kamaytirish va doimiy osteosintezga optimal o‘tishni ta’minlash imkonini beradi. Davolash samaradorligi o‘z vaqtidagi tashxis qo‘yish, bemorni individual tarzda boshqarish taktikasiga bog‘liq bo‘lib, bu o‘z navbatida terapiyaning yakuniy natijalarini yaxshilashga xizmat qiladi.