Sheraliev Abbos Xolmuminovichvichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklarining rentabelligini ta’minlash yo‘llari”
08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2598
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Ilmiy rahbar: Alimardonov Ilxom Muzrabshoxovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi
PhD.03/30.07.2024.I.78.06 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xatamov Ochildi Kurbonovich va, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Ismailov Alisher Agzamovichlar tavsiya etiladi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston tijorat banklarining rentabelligini ta’minlashga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tijorat banklarining o‘z biznes modeli, risk-apatiti va kapital etarliligi talablarini regulyator talablari, investor kutilmalari va bozor rentabelligi bilan solishtirish asosida tanlangan “maqsad qiymat”ni belgilab olish orqali sof foydaning bank aktivlarini riskka tortilgan summasiga nisbatan optimal darajasini ta’minlash taklif etilgan;
kreditlarning tannarxini erta ogohlantirish tizimlarini qo‘llash bilan bog‘liq innovatsiyalar asosida kamaytirish orqali ularning daromadlilik darajasini oshirish taklif qilingan;
tijorat banklarida foizli xarajatlarning foizli daromadlarga nisbatan barqaror darajasiga erishish hamda sof foizli daromadning o‘sish sur’ati bilan brutto aktivlarning o‘sish sur’ati o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash yo‘li bilan sof foizli marja ko‘rsatkichining darajasini oshirish asoslangan;
tijorat banklarining qo‘shimcha aksiyalar emissiyasi, strategik investorlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kapital qo‘yilmalar, ayrim qarz majburiyatlarini kapitalga konvertatsiya qilishni ko‘zda tutuvchi qo‘shilgan kapital hisobidan birinchi darajali kapital miqdorini ko‘paytirish orqali kapitalning rentabellik darajasini oshirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston tijorat banklarining rentabelligini ta’minlash borasida ishlab chiqishdan taklif va tavsiyalar asosida:
tijorat banklarining o‘z biznes modeli, risk-apatiti va kapital etarliligi talablarini regulyator talablari, investor kutilmalari va bozor rentabelligi bilan solishtirish asosida tanlangan “maqsad qiymat”ni belgilab olish orqali sof foydaning bank aktivlarini riskka tortilgan summasiga nisbatan optimal darajasini ta’minlash taklifi AT “Mikrokreditbank” amaliyotiga joriy etilgan (AT “Mikrokreditbank”ning 2025-yil 20-fevraldagi №03-12/3510-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Mikrokreditbankda brutto aktivlarning rentabelligi 2023-yilda 2022-yilga nisbatan 0,09 foizli punktga oshgan;
kreditlarning tannarxini erta ogohlantirish tizimlarini qo‘llash bilan bog‘liq innovatsiyalar asosida kamaytirish orqali ularning daromadlilik darajasini oshirish taklifi AT “Mikrokreditbank” amaliyotiga joriy etilgan (AT “Mikrokreditbank”ning 2025-yil 20-fevraldagi №03-12/3510-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Mikrokreditbankkda kreditlarning daromadlilik darajasi 2023-yilda 2022-yilga nisbatan 1,6 foizli punktga oshgan;
tijorat banklarida foizli xarajatlarning foizli daromadlarga nisbatan barqaror darajasiga erishish hamda sof foizli daromadning o‘sish sur’ati bilan brutto aktivlarning o‘sish sur’ati o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash yo‘li bilan sof foizli marja ko‘rsatkichining darajasini oshirish taklifi AT “Mikrokreditbank” amaliyotiga joriy etilgan (AT “Mikrokreditbank”ning 2025-yil 20-fevraldagi №03-12/3510-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Mikrokreditbankda sof foizli marjaning darajasi 2023-yilda 2022-yilga nisbatan 2,3 foizli punktga oshgan;
tijorat banklarining qo‘shimcha aksiyalar emissiyasi, strategik investorlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kapital qo‘yilmalar, ayrim qarz majburiyatlarini kapitalga konvertatsiya qilishni ko‘zda tutuvchi qo‘shilgan kapital hisobidan birinchi darajali kapital miqdorini ko‘paytirish orqali kapitalning rentabellik darajasini oshirish taklifi AT “Mikrokreditbank” amaliyotiga joriy etilgan (AT “Mikrokreditbank”ning 2025-yil 20-fevraldagi №03-12/3510-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Mikrokreditbankda regulyativ kapitalning rentabelligi 2023-yilda 2022-yilga nisbatan 0,4 foizli punktga oshgan.