Noralieva Dildora Abduvalikovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): ““Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” dostonining lingvomadaniy tadqiqi” 10.00.01 - O‘zbek tili.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbar: Tojieva Gulbahor Nomozovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Jumaev Tursunali; filologiya fanlari doktori, professor Huseyin Baydemir. (Turkiya Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” dostonida qo‘llangan madaniy tushuncha ifodalovchi birliklarni tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
til va madaniyatni o‘zaro bog‘liqlikda ochib berib; madaniy merosni saqlash; xalqlar orasidagi aloqani mustahkamlashdagi ahamiyati doston matnidagi lingvokulturologik birliklar tahlili vositasida dalillangan;
doston matnida qo‘llangan ramz, mifologema, etalon, metafora, paremiologik birlik, lakuna, stereotip, presedent birlik kabi lingvokulturologik birliklarning guruhlari izohlangan va ularning a’zolari aniqlangan;
sandiq, taxmon, elak, to‘n, palov, do‘mbira, karnay, surnay, yasovulboshi, qur’andoz, munajjim, egar, egarning qoshi, sayisxona, parqin, to‘riq, shafaq ot, baytal, qulun, yugan, kirovka, kamon, nikoh, to‘y, sovchi kabi etnografizmlar ajratilgan va ularning lingvokulturologik ahamiyati ochib berilgan;
doston matnida qo‘llangan 78 ibora va 65 ta maqolning lingvokulturologik vazifa bajarishi asar syujeti tahlili vositasida ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” dostonining lingvokulturologik xaususiyatlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
til va madaniyatni o‘zaro bog‘liqlikda ochib berib; madaniy merosni saqlash; xalqlar orasidagi aloqani mustahkamlashdagi ahamiyati doston matnidagi lingvokulturologik birliklar tahlili vositasida dalillanganiga oid xulosalaridan AI-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan. (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogika milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2025-yil 03-noyabrdagi 385-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari echimlarini topish imkonini bergan;
doston matnida qo‘llangan ramz, mifologema, etalon, metafora, paremiologik birlik, lakuna, stereotip, presedent birlik kabi lingvokulturologik birliklarning guruhlari izohlangan va ularning a’zolari aniqlanganiga oid xulosalaridan AI-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan. (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogika milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2025-yil 03-noyabrdagi 385-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari echimlarinitopishda dostonlarning o‘rni topish imkonini bergan;
sandiq, taxmon, elak, to‘n, palov, do‘mbira, karnay, surnay, yasovulboshi, qur’andoz, munajjim, egar, egarning qoshi, sayisxona, parqin, to‘riq, shafaq ot, baytal, qulun, yugan, kirovka, kamon, nikoh, to‘y, sovchi kabi etnografizmlar ajratilgan va ularning lingvokulturologik ahamiyati ochib berilganiga doir xulosalardan Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining “Fayzli kun” nomli ko‘rsatuv dasturi ssenariysida foydalanilgan. (Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2025-yil 18-sentyabrdagi 17-05/148-son ma’lumotnomasi). Natijada keltirilgan ma’lumotlar radioeshittirishlarning mazmunli bo‘lishiga, keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib etish imkonini bergan.