Jansaitova Jazira Baxitjanovnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich ta’limda diagnostika va korreksion tahlilning ilmiy-nazariy asoslari”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6066.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Tadjibaev Ikram Uralbaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Matchonov Sapa Murodovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xajieva Maqsuda Sultanovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich ta’limda diagnostika va korreksion tahlilning ilmiy-nazariy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
boshlang‘ich ta’limda redagogik diagnostik korreksiyalash faoliyatini ta’lim markazida o‘quvchi shaxsiyati, ruhiyat orqali ma’lumdan noma’limga ta’lim kabi redagogik-rsixologik xususiyatlari va muammodan yechimga, mazmundan sifatga sinergetik omillari redagogning imkoniyatlarini oshiruvchi vosita sifatida zamonaviy redagogik yondashuvlar, xalqaro baholash dasturlari va ta’lim buyurtmachilari talablarini invariant qo‘llash va integratsiyalash asosida aniqlashtirilgan;
redagogik diagnostik korreksiyalash faoliyatida maqsadning aniqligi, tashxis jarayonining yaxlit o‘rganilishi, tashxis muddatining aniq belgilanishi, tashxis jarayonining izchilligi va davomiyligi, pedagogik-rsixologik xususiyatlarni inobatga olish, tashxis metodikasining amaliyotga mosligi, tashxis natijalarining ishonchliligi tamoyillarini tahlillash natijasida ona tili va o‘qish savodxonligiga xos bo‘lgan qulay ta’lim olish muhitini yaratishga, o‘quvchilarda rozitiv fikrlash, qiziqishlari asosida o‘rganish, o‘rganishdan o‘rgatishgacha kabi hayotiy ko‘nikmalar refliksiv yondashuv asosida rivojlantirilgan;
boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning diagnostik korreksiyalash faoliyatini rivojlantirishning fuksional modeli o‘quvchilarning ta’limiy mexanizmlar orqali ijtimoiylashuv vektorini ularning individual ta’lim trayektoriyasiga uyg‘unlashtirish va kognitiv, kreativ, integrativ yondashuvlar, loyiha texnologiyasi, Gardner nazariyasi, didaktik o‘yinlar, RIRLS dasturi talablariga universallik, normativlik va izchillik tamoyillarini ta’limiy tatbiq etish va metodik jihatdan texnologik muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich ta’limda diagnostik korreksiyalash faoliyatini aniqlash, solishtirish, tekshirish, tushunish, mulohaza qilish, xulosalash jarayonlarida, zamonaviy redagogik yondashuvlar va xalqaro baholash dasturlari talablarini diagnostik test, brain o‘yin, mobil ilovalar, individual-motivatsion suhbatga imrlemintatsiya qilish asosida metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Boshlang‘ich ta’limda diagnostika va korreksion tahlil orqali ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini zamonaviy redagogik yondashuvlar asosida tashkil etish metodikasini rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida: 
boshlang‘ich ta’limda redagogik diagnostik korreksiyalash faoliyatini, ta’lim markazida o‘quvchi shaxsiyati, ruhiyat orqali ma’lumdan noma’limga ta’lim kabi redagogik-rsixologik xususiyatlari va muammodan yechimga, mazmundan sifatga sinergetik omillari redagogning imkoniyatlarini oshiruvchi vosita sifatida zamonaviy redagogik yondashuvlar, xalqaro baholash dasturlari va ta’lim buyurtmachilari talablarini invariant qo‘llash va integratsiyalash asosida aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalar “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining pedagogik diagnostikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Resrublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-sonli buyrug‘i asosida 68-665-son nashr guvohnomasi). Natijada, ona tili va o‘qish savodxonligi darslari jarayoni metodik jihatdan tizimlashtirilgan va o‘quv-uslubiy ta’minotini rivojlantirishga erishilgan;
redagogik diagnostik korreksiyalash faoliyatida maqsadning aniqligi, tashxis jarayonining yaxlit o‘rganilishi, tashxis muddatining aniq belgilanishi, tashxis jarayonining izchilligi va davomiyligi, shaxsiy xususiyatlarni inobatga olish, tashxis metodikasining amaliyotga mosligi, tashxis natijalarining ishonchliligi va tamoyillarini tahlillash natijasida boshlang‘ich ta’limga xos bo‘lgan qulay ta’lim olish muhitini yaratishga, o‘quvchilarda rozitiv fikrlash, qiziqishlari asosida o‘rganish, o‘rganishdan o‘rgatishgacha kabi hayotiy ko‘nikmalarni refleksiv yondashuv asosida rivojlantirishga doir nazariy xulosa va tavsiyalar “Bastauish sinip oqushilariniң pedagogikaliq diagnostikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Resrublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyun 218-sonli buyrug‘i asosida 218-330-son nashr guvohnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini zamonaviy redagogik yondashuvlar asosida tashkil etish va korreksion tahlil imkoniyatlari ortgan;
boshlang‘ich ta’limda diagnostik korreksiyalash faoliyatini aniqlash, solishtirish, tekshirish, tushunish, mulohaza qilish, xulosalash va qo‘llash kabi jarayonlarida, zamonaviy redagogik yondashuvlar va xalqaro baholash dasturlari talablarini diagnostik test, brain o‘yin, mobil ilovalar, individual-motivatsion suhbatga imrlemintatsiya qilishga doir metodik tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan Al-662204339 raqamli “Maktab o‘quvchilaridagi iqtidorini va kasbiy qiziqishni onlayn aniqlashga qaratilgan psixodiagnostik dasturiy taminotni yaratish” mavzusidagi amaliy fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetida 2025-yil 3-maydagi 04/11-5767-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim maktablarida ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini integratsiyalash asosida o‘qitishning amaliy mexanizmning o‘qituvchilar o‘rtasida ommalashuviga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish