Qosimov Axmadjon Abduqodirovichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida fan doktori (DSc)
ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oltinsimon qorag‘at (Ribes Aureum Pursh) ning serxosil, yirik mevali, abiotik omillarga chidamli va eksportbop navlarini yaratish”, 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Qx367.
Ilmiy maslahatchi: Abdullaeva Xilola Ravshanovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Akademik Mahmud Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: oltinsimon qorag‘atning “Gulnoza” (NAP 516) navi, “Nargiz” (NAP 515) navi va “Do‘stlik” (NAP 514) navlari.
II. Tadqiqotning maqsadi Oltinsimon qorag‘atning mahalliy navlarini o‘zaro chatishtirish orqali abiotik omillarga chidamli, serhosil, yirik mevali eksportbop navlarni yaratish hamda ishlab chiqarishga joriy qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor respublikamiz keskin kontinental iqlim sharoitiga mos oltinsimon qorag‘atning “Krondal” (AQSh) va “Michurin” (Rossiya) navlarini chatishtirish orqali olingan 13 ta (F1) duragaylari va “Uzbekistanskaya krupnoplodnaya” navining 146 ta populyasiyasidan analitik seleksiya orqali tanlab olingan namunalar morfo-biologik va qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha kompleks baholangan;
oltinsimon qorag‘atning 13 ta (F1) duragaylaridan 1 ta (№15-10) va 146 ta duragay populyasiyalaridan serhosil, yirik mevali, vitamin va minerallarga boy, yangiligicha va qayta ishlashga yaroqli 2 ta (№15-5; №13-7) tanlab olingan namunalari asosida “Gulnoza”, Do‘stlik va “Nargiz” navlari yaratilgan;
oltinsimon qorag‘atning 13 ta nav hamda duragaylari morfo-biologik va qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha olingan va kelgusida seleksiya jarayonini qisqartirish uchun xizmat qiladigan ilmiy natijalar institut genofond axborot bazasiga kiritilgan;
yangi yaratilgan “Gulnoza”, Do‘stlik va “Nargiz” navlari andoza “Siyuma” naviga nisbatan hosildorligi 7,3-8,4 s/ga.ga, qurg‘oqchilikka chidamliligi 2-4 foizgacha, barglarning issiqqa chidamliligi 5-15 foizgacha yuqoriligi bilan ajralib turishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oltinsimon qorag‘at (Ribes Aureum Prush) ning serhosil, yirik mevali, abiotik omillarga chidamli va eksportbop navlarini yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
ilk bor Toshkent va Andijon viloyatlari sharoitida oltinsimon qorag‘at (Ribes aureum Prush) ning serhosil, yirik mevali, abiotik omillarga chidamli va eksportbop yangi “Do‘stlik” (NAP 514) navi yaratilib, 2024-yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan ixtiro uchun patent olingan va amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 10-maydagi 05/06-03-183-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholi uchun oltinsimon qorag‘atning C vitaminiga boy bo‘lgan, qurg‘oqchilikka chidamli, serhosil, yirik mevali yangi navi sifatida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda xizmat qilgan;
oltinsimon qorag‘at (Ribes aureum Prush) ning serhosil, yirik mevali, abiotik omillarga chidamli va eksportbop yangi “Nargiz” (NAP 515) navi yaratilib, 2024-yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan ixtiro uchun patent olingan va amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 10-maydagi 05/06-03-183-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholi uchun oltinsimon qorag‘atning C vitaminiga boy bo‘lgan, qurg‘oqchilikka chidamli, serhosil, yirik mevali yangi navi sifatida ichki bozorni yuqori sifatli, tannarxi arzon mahalliy qorag‘at meva mahsulotlari bilan ta’minlashda xizmat qilgan;
oltinsimon qorag‘at (Ribes aureum Prush) ning serhosil, yirik mevali, abiotik omillarga chidamli va eksportbop yangi “Gulnoza” (NAP 516) navi yaratilib, 2024-yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan ixtiro uchun patent olingan va amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 10-maydagi 05/06-03-183-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy tuproq-iqlim sharoitiga mos, qurg‘oqchilikka chidamli, serhosil, yirik mevali yangi nav sifatida aholi va oziq-ovqat sanoatini C vitaminiga boy oltinsimon qorag‘at bilan ta’minlashga xizmat qilgan;
oltinsimon qorag‘at (Ribes aureum Prush) ning “Gulnoza”, “Nargiz”, “Do‘stlik” navlari Toshkent viloyati Parkent tumani “Boyqozon agro zamin” fermer xo‘jaligida 1,0 gektar, “Boyqozon Parkent bog‘i” fermer xo‘jaligida 0,8 gektar, jami 1,8 gektar maydonda amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 10-maydagi 05/06-03-183-son ma’lumotnomasi). Natijada, 3x1 m sxemada ekib, parvarishashlangan yangi oltinsimon qorag‘at navlaridan gektaridan 6,0-7,0 t hosil olinib, 50-60% iqtisodiy samaradorlikka erishish bilan bir qatorda, ushbu navlarning serhosil, yirik mevali, eksportbop ekanligi amaliy jihatdan tadiqlangan.
oltinsimon qorag‘at (Ribes aureum Prush) ning “Gulnoza”, “Nargiz”, “Do‘stlik” navlari Andijon viloyati Izboskan tumanidagi “Ravshanbek Ishonch mevasi” fermer xo‘jaligida 0,25 gektar, Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Mo‘minjon ota Ismoilov” fermer xo‘jaligida 0,25 gektar, “Alijon Iqboljon erlari” fermer xo‘jaligida 0,32 gektar, jami 0,82 gektar maydonda amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 10-maydagi 05/06-03-183-son ma’lumotnomasi). Natijada, 3x1 m sxemada ekib parvarishlangan mazkur yangi navlarning abiotik omillarga (issiqqa va qurg‘oqchilikka) chidamli ekanligi tasdiqlangan holda, gektaridan 6,0-7,0 t hosil olinib, 50-60% iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.