Ochilova Kamola Ilxom qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar:
Disertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbekistonda kino va teatr san’ati tarixi (1991-2020-yy.), 07.00.01- O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari)
Disertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Tar629
Ilmiy rahbar: Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05. 
Rasmiy opponentlar: Qobulov Eshbolta Atamuradovich tarix fanlari doktori, professor Sayfullaev Nodirbek Baxtiyorovich tarix fanlari nomzodi, professor   
Yetakchi tashkilot:O‘zbekiston Milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi 1991-2020-yillarda O‘zbekistonda kino va teatr san’ati tarixini yoritish. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Mustaqillik yillarida kino va teatr sohasida amalga oshirilgan islohotlarni uch davrga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiqligi: birinchi bosqich 1991-2000-yillarni o‘z ichiga olib, ushbu davrda kino va teatrda ijro etiladigan repertuarlarda sovet mafkurasidan holi bo‘lish jarayoni va ijodiy erkinlik yetakchiligi natijasida milliy, umuminsoniy qadriyatlarimizni san’atda ustuvorligi yaqqol aks etdi; ikkinchi bosqich 2001-2015-yillarni o‘z ichiga olib, ushbu davrda kinofilmlarning sifati quyi darajaga tushib ketib, asosan kassabob filmlarga, teatrlarda esa maishiy-kulgili, folklor-etnografik spektakllar qatorida millatimizdan etishib chiqqan buyuk kishilarning hayotini sahnalashtirilishiga e’tibor berildi; uchinchi bosqich 2016-yildan boshlanib, ushbu davrdan boshlab kino va teatr sohasida tub burilish amalga oshirilib, soha yuzasidan meyoriy huquqiy hujjatlar ishlab chiqilib tartibga solindi, xalqaro hamkorlik, jahon darajasida kino va teatr asarlarini yaratish, kadrlar masalasidagi muammolar echimiga qaratilganligi asoslangan;
1991-2020-yillarida kino va teatr sohasida faoliyat olib borgan etuk namoyondalar hayoti va ijodi o’rganilib, teatrda ustoz-shogird an’anasi milliy merosni saqlash va mustaqillik g‘oyalarini targ‘ib qilish omillari bilan bog‘liq holda kuchli tarzda davom etganligi va bu jarayon davlat tomonidan ham qo’llab-quvvatlanganligi, kino sohasida esa ijodiy yo’nalishlar boyigan bo’lsa-da, moddiy-texnik baza etishmasligi, bozor munosabatlariga ko’proq bog‘liqlik va ijodiy jamoalarning parokandaligi ustoz-shogird an’anasining teatrdagidek tizimli rivojlanishini cheklanganligi bois teatr san’ati ustoz-shogird maktabini tiklash va rivojlantirishda yetakchi o’rin tutganligi, kino sohasida esa bu jarayon alohida ijodiy misollar asosida amal qilganligi aniqlangan; 
Mustaqillikning ilk yillarida kino va teatr sohasi uchun oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashda iqtisodiy qiyinchiliklar, oliy ta’lim muassasalariga berilgan kvotalarning kamligi tufayli bir qator muammolar vujudga kelganligi, ularni bartaraf etish maqsadida mavjud o‘quv yurtlarining faoliyati takomillashtirilganligi va yangi turdagilarini ta’sis etilishi sohada kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirishda muhim omil bo‘lganligi dalillangan;
Mamlakatimizda kino va teatr sohasida amalga oshirilgan hamkorlik aloqalari madaniyatlar almashinuviga, o‘zbek madaniyatining jahon madaniy jarayonlarida jadal integratsiyalashuviga va targ‘ibotiga xizmat qilganligi, o‘zaro tajriba almashish jarayonlari, hamkorlikda amalga oshirilgan festivallar, yurtimizda sur’atga olingan film hamda spektakllarning jahon sahnasidan muvaffaqiyatli o‘rin egallanganligi, xorij mamlakatlari tomonidan ushbu sohani rivojlantirish uchun grantlar ajratilganligi, bu orqali madaniy va xalq diplomatiyasi rivojiga katta hissa qo‘shilganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda kino va teatr san’ati tarixi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar va olingan ilmiy natijalaridan: 
•    Mustaqillik yillarida kino va teatr sohasida amalga oshirilgan islohotlarni uch davrga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiqligi: birinchi bosqich 1991-2000-yillarni o‘z ichiga olib, ushbu davrda kino va teatrda ijro etiladigan repertuarlarda sovet mafkurasidan holi bo‘lish jarayoni va ijodiy erkinlik yetakchiligi natijasida milliy, umuminsoniy qadriyatlarimizni san’atda ustuvorligi yaqqol aks etdi; ikkinchi bosqich 2001-2015-yillarni o‘z ichiga olib, ushbu davrda kinofilmlarning sifati quyi darajaga tushib ketib, asosan kassabob filmlarga, teatrlarda esa maishiy-kulgili, folklor-etnografik spektakllar qatorida millatimizdan etishib chiqqan buyuk kishilarning hayotini sahnalashtirilishiga e’tibor berildi; uchinchi bosqich 2016-yildan boshlanib, ushbu davrdan boshlab kino va teatr sohasida tub burilish amalga oshirilib, soha yuzasidan meyoriy huquqiy hujjatlar ishlab chiqilib tartibga solindi, xalqaro hamkorlik, jahon darajasida kino va teatr asarlarini yaratish, kadrlar masalasidagi muammolar echimiga qaratilganligi asoslanganligi qiyosiy tahlillar asosida ochib berishda foydalanilgan. (Xalqaro “Oltin Meros” xayriya fondining 2024-yil 21-fevraldagi 01-13-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida mamlakatimizdagi kino va teatr sohasini rivojlantirishi va yurtimizda olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar targ‘ibotida hal qiluvchi sohalardan biri ekanligini asoslab berish imkonini dalillar asoida tadqiq etgan. 
1991-2020-yillarida kino va teatr sohasida faoliyat olib borgan etuk namoyondalar hayoti va ijodi o‘rganilib, ulardagi boy meros ustoz-shogird an’anasi orqali shogirdlarga etkazib berish usullari o‘rganilib, bu an’analar teatrda kino san’atiga nisbatan kuchliroq ekanligi aniqlanganligi bo‘yicha ilmiy xulosalardan ma’lumot sifatida foydalanildi. (O‘zbekiston teleradiokompaniyasining 2023-yil 13-dekabrdagi 06/28/1886–son ma’lumotnomasi). Bu  mustaqillik kino va teatr san’ati yanada rivojlanishi, yangilanishi davrida yuzaga kelgan ziddiyatlar, ularni hal etish bilan birgalikda mustaqillik yillari ushbu sohalarda tarixiy asarlarni sahnalashtirilishi, bu asarlarning xalqaro tanlovlarda ishtirok etishi bilan keng tomoshabinlar ommasida o‘zbek xalqi tarixi haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishlariga xizmat qildi.
Mustaqillikning ilk yillarida kino va teatr sohasi uchun oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashda iqtisodiy qiyinchiliklar, oliy ta’lim muassasalariga berilgan kvotalarning kamligi tufayli bir qator muammolar vujudga kelganligi, ularni bartaraf etish maqsadida mavjud o‘quv yurtlarining faoliyati takomillashtirilganligi va yangi turdagilarini ta’sis etilishi sohada kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirishda muhim omil bo‘lganligi dalillanganligi bo‘yicha ilmiy xulosalardan ma’lumot sifatida foydalanildi (Respublika ma’naviyat-ma’rifat markazi hududidagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 1-iyuldagi 289-sonli dalolatnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan taklif, tavsiya va xulosalar ijtimoiy boshqaruvning ma’naviy asoslarini falsafiy tahlil qilishga xizmat qilgan.
Mamlakatimizda kino va teatr sohasida amalga oshirilgan hamkorlik aloqalari madaniyatlar almashinuviga, o‘zbek madaniyatining jahon madaniy jarayonlarida jadal integratsiyalashuviga va targ‘ibotiga xizmat qilganligi, o‘zaro tajriba almashish jarayonlari, hamkorlikda amalga oshirilgan festivallar, yurtimizda sur’atga olingan film hamda spektakllarning jahon sahnasidan muvaffaqiyatli o‘rin egallanganligi, xorij mamlakatlari tomonidan ushbu sohani rivojlantirish uchun grantlar ajratilganligi, bu orqali madaniy va xalq diplomatiyasi rivojiga katta hissa qo‘shilganligi asoslanganligi bo‘yicha ilmiy xulosalardan ma’lumot sifatida foydalanildi (Respublika ma’naviyat-ma’rifat markazi hududidagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 1-iyuldagi 289-sonli dalolatnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan taklif, tavsiya va xulosalar ijtimoiy boshqaruvning ma’naviy asoslarini falsafiy tahlil qilishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish