Norbo‘taeva Go‘zal Abdigafirovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): Qashqadaryo viloyatida maktabgacha ta’lim tizimining rivojlanishi tarixi (1991-2021 yy.), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tar1439
Ilmiy rahbar: Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05. 
Rasmiy opponentlar: Bobojonova Dilorom Bobojonovna, tarix fanlari doktori, professor, Xudoyqulov To‘lqin Do‘stboboevich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 1991-2021-yillarda Qashqadaryo viloyatida maktabgasha ta’lim sohasida amalga oshirilgan ishlar tarixini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
Qashqadaryo viloyatida maktabgacha ta’lim sohasi rivojlanishining uch muhim bosqichi aniqlanib, birinchi bosqich – 1991-2000-yillar – o‘tish davrida kuzatilgan iqtisodiy beqarorlik fonida maktabgacha ta’lim muassasalari samarali ishlab qolishida tajribali mudira va pedagoglarning roli katta bo‘lganligi; ikkinchi bosqich – 2001-2016-yillar – turg‘unlik va pasayish davrida maktabgacha ta’lim muassasalari keskin kamayishi hamda ularga e’tibor susayishi kuzatilganligi; uchinchi bosqich – 2017-2021-yillar – faol rivojlanish davrida maktabgacha ta’lim tizimi qayta ko‘rib chiqilib davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi qiyosiy tahlillar asosida dalillangan;
mustaqillikning dastlabki yillarida Qashqadaryo viloyatining maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasining boshqa viloyatlardan ko‘ra past bo‘lganligi, moddiy-texnik bazaning yaxshi emasligi, oliy ma’lumotli mutaxassislar bilan ta’minlamaganligi, ishsizlik darajasining yuqoriligi, sanoatlashish darajasining etarli emasligi kabi ko‘p yillar davomida sohada yig‘ilib qolgan muammolarni qisqa muddatda bartaraf etishning eng maqbul yo‘li – soha ushun alohida maxsus vazirlik va uning joylardagi boshqarma, bo‘limlarining tashkil etilishi bo‘lganligi isbotlangan;
viloyatda joylashgan maktabgasha ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan kadrlarning yarmi o‘rta maxsus ma’lumotga egaligi, oliy ma’lumotlilar kam sonli ekanligi, pedagog kadrlar tayyorlash tizimi o‘tgan yillar davomida viloyat miqyosida hisoblaganda mavjud talabni qoplay olmaganligi, ishchi va pedagog xodimlarining moddiy ahvoli yillar davomida tartibga solinmaganligi va ish haqi miqdori mahalliy tashkilotlar qaramog‘idagi bolalar bog‘chalarining tarbiyachilari maoshidan farq qilganligi aniqlangan; 
sohaga davlat xususiy sheriklik va oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi tizimining kirib kelishi bilan ularning soni ko‘paya boshlaganligi hamda maktabgacha ta’lim tizimiga ausorsing shaklidagi ovqatlantirish yo‘nalishining kirib kelishi korrupsiya holatlarining keskin kamayishiga, bolalarning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarning bartaraf etilishiga va byudjet mablag‘larining oqilona foydalanilishiga erishilganligi birlamchi manbalar asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qashqadaryo viloyatida maktabgasha ta’lim tizimining rivojlanishi tarixi (1991-2021 yy.) mavzusini tadqiq etish davomida olingan natijalar, xulosalar va amaliy tavsiyalar asosida:
Qashqadaryo viloyatida maktabgasha ta’lim sohasi rivojlanishining 1991-2000-yillar – o‘tish davrida kuzatilgan iqtisodiy beqarorlik fonida maktabgacha ta’lim muassasalar samarali ishlab qolishida tajribali mudira va pedagoglarning roli katta bo‘lganligi, 2001-2016-yillar – turg‘unlik va rasayish davrida maktabgacha ta’lim muassasalar keskin kamayishi hamda ularga e’tibor susayishi kuzatilganligi, 2017-2021-yillar – faol rivojlanish davrida maktabgasha ta’lim tizimi qayta ko‘rib chiqilib davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi qiyosiy tahlillar asosida dalillangan yangiliklardan O‘zbekiston Milliy teleradiokomraniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirish va ko‘rsatuvni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokomraniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2024-yil 11-iyundagi 06-31-730-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv faktik ma’lumotlarga boy bo‘lib, teletomoshabinlarning viloyatning ta’lim bilan bog‘liq tarixini chuqurroq tushunishlariga imkon bergan.
Mustaqillikning dastlabki yillarida Qashqadaryo viloyatining maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasining boshqa viloyatlardan ko‘ra past bo‘lganligi, moddiy-texnik bazaning yaxshi emasligi, oliy ma’lumotli mutaxassislar bilan ta’minlamaganligi, ishsizlik darajasining yuqoriligi, sanoatlashish darajasining etarli emasligi  kabi ko‘r yillar davomida sohada yig‘ilib qolgan muammolarni qisqa muddatda bartaraf etishning eng maqbul yo‘li – soha ushun alohida maxsus vazirlik va uning joylardagi boshqarma, bo‘limlarining tashkil etilishi bo‘lganligi bo‘yicha aniqlangan yangiliklardan Resrublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining targ‘ibot-tashviqot tadbirlari ssenariylarini yozishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 1-iyuldagi 284-son dalolatnomasi). Natijada tadbirlar mazmunan boy va aniq ma’lumotlar asosida tayyorlanib, tinglovchilarning e’tirofiga sabab bo‘lgan.
Sohaga davlat xususiy sheriklik va oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi tizimining kirib kelishi bilan ularning soni ko‘paya boshlaganligi hamda maktabgacha ta’lim tizimiga ausorsing shaklidagi ovqatlantirish yo‘nalishining kirib kelishi korrursiya holatlarining keskin kamayishiga, bolalarning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarning bartaraf etilishiga va byudjet mablag‘larining oqilona foydalanilishiga erishilganligi aniqlangan yangiliklardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirish va ko‘rsatuvni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokomraniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2024-yil 11-iyundagi 06-31-730-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv faktik ma’lumotlarga boy bo‘lib, teletomoshabinlarning viloyatning ta’lim bilan bog‘liq tarixini shuqurroq tushunishlariga imkon bergan.
Viloyatda joylashgan maktabgasha ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan kadrlarning yarmi o‘rta maxsus ma’lumotga egaligi, oliy ma’lumotlilar kam sonli ekanligi, pedagog kadrlar tayyorlash tizimi o‘tgan yillar davomida viloyat miqyosida hisoblaganda mavjud talabni qorlay olmaganligi, ishchi va pedagog xodimlarining moddiy ahvoli yillar davomida tartibga solinmaganligi va ish haqi miqdori mahalliy tashkilotlar qaramog‘idagi bolalar bog‘chalarining tarbiyachilari maoshidan farq qilganligi aniqlangan yangiliklardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining targ‘ibot-tashviqot tadbirlari ssenariylarini yozishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 1-iyuldagi 284-son dalolatnomasi). Natijada tadbirlar mazmunan boy va aniq ma’lumotlar asosida tayyorlanib, tinglovchilarning e’tirofiga sabab bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish