Ibragimov Baxadir Zinaddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XX asr ikkinchi yarmi-XXI asr birinchi choragidagi Qoraqalpog‘iston davlat arboblari” 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2021.2. PhD/Tar907
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Koshanov Baxitbay Abdikerimovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti DSc.03/06.04.2024.Tar.20.05
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi, unvoni:
Davletov Sanjarbek Rajabovich, tarix fanlari doktori, professor.
Bekimbetov Baxadir Mirzabaevich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Etakshi tashkilot: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asr ikkinchi yarmi – XXI asr birinchi choragida Qoraqalpog‘iston davlat arboblarining respublika siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotidagi faoliyati tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: XX asrning ikkinchi yarmidan sovet davlatining kadrlar siyosati asosan Qoraqalpog‘istonda sovet-partiya tizimi manfaatlariga xizmat qiladigan kadrlarni tayyorlashdan iborat bo‘lib, bir-birini mantiqan takrorlab turadigan soxta shiorlar, partiya qarorlari o‘lka ehtiyojlaridan ko‘ra ma’muriy-buyruqbozlik zanjirini to‘ldirishga xizmat qilgan kadrlar siyosatining nazariy asoslarini tashkil etganligi aniqlangan;
1950-yillardagi kadrlar masalasida partiyaning biryoqlamalik siyosati natijasida xo‘jalik organlarining partiyaviy organlar bilan almashtirilishi va boshqaruv organlari bilan quyi bo‘g‘indagi ishlab chiqarish bo‘linmalari o‘rtasidagi munosabatlarning sun’iy ravishda tartibga solinishi, xalq xo‘jaligini yuritishda boshqaruv samaradorligini pasayishiga olib kelgan erkinlik tamoyillarining buzilishi va subektivlikning kuchayishi bilan birga kechganligi dalillangan;
1970-1980-yillarda hududni boshqarish uchun Markazdan kadrlar jo‘natish siyosati, milliy rahbarlarning madaniy-texnik saviyasi, turmush darajasini “oshirish” tajribasi natijasida yuzaga kelgan xatoliklar, kadrlarning ongiga marksizm-leninizm g‘oyalari orqali “ishlov” berilishi ortidan mahalliy aholi tarixiy xotirasini zaiflashtirilganligi asoslangan.
Mustaqillikning dastlabki davrida davlat apparati tizimida mafkuraviy omilning roli sezilarli darajada pasayshi natijasida rahbar kadrlarni tanlash bo‘yicha o‘zgarishlar amalga oshirilgan bo‘lsa-da, ko‘pincha amaldagi eski amaldorlarning bir lavozimdan ikkinchisiga o‘tkazilishi, yosh salohiyatli kadrlarning etishmasligi respublikaning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotida turg‘unlik holatini keltirib chiqarganligi ochib berilgan.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati XX asr ikkinchi yarmi – XXI asr birinchi choragida Qoraqalpog‘iston davlat arboblarining respublika siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotidagi faoliyatiga doir ma’lumotlar umumlashtirilgan holdagi tahlili asosida yangicha qarashlar ilgari surilganligi bilan belgilanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati Qoraqalpog‘iton davlat univrsitetida XX asr ikkinchi yarmi – XXI asr birinchi choragida Qoraqalpog‘iston davlat arboblarining respublika siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotidagi faoliyati tarixiga doir maxsus kurslarni ishlab chiqishda, Qoraqalpog‘iston tarixi va madaniyati davlat muzeyida XX asr tarixiy shaxslari eksponatlarini boyitish orqali orasida davlat arboblarining o‘rnini yoritishda foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat: quyidagilardan iborat:
Qoraqalpog‘istonning XX - XXI asrning birinchi choragidagi rahbar kadrlar siyosatini ko‘rib chiqish asnosida mazkur sohani qaytadan isloh qilish, hayotning barcha masalalari va vazifalarni hal etish, yurtning istiqbolini ko‘tarish uchun, boshqarish va ishlab chiqarishning barcha bo‘g‘inlarida malakali, komil, etuk mutaxassis kadrlar etishtirish borasida taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Qoraqalpog‘iston tarixining o‘rganilayotgan davri tarixidagi yuqori malakali mahalliy kadrlarni tayyorlash borasida uzoq yillik tarixiy tajribalarni tahlil qilish asosida kadrlar tayyorlash milliy dasturini takomillashtirish yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi: Qoraqalpog‘iston davlat arboblarining respublika siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotidagi faoliyati tarixi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
XX asrning ikkinchi yarmidan sovet davlatining kadrlar siyosati asosan Qoraqalpog‘istonda mamlakat, partiya manfaatlariga xizmat qiladigan kadrlarni tayyorlashdan iborat bo‘lib, bir-birini mantiqan takrorlab turadigan soxta shiorlar, partiya qarorlari kadrlar siyosatining nazariy asoslarini tashkil etganligi haqida ma’lumotlardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyidagi eksponatlarni boyitishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyining 2025-yil 21-yanvardagi 16-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi muzeyga tashrif buyuruvchilarga tarixiy, madaniy merosni targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etgan;
1950-yillardagi kadrlar masalasida partiyaning biryoqlamalik siyosati natijasida xo‘jalik organlarining partiyaviy organlar bilan almashtirilishi va boshqaruv organlari bilan quyi bo‘g‘indagi ishlab chiqarish bo‘linmalari o‘rtasidagi munosabatlarning mayda tartibga solinishi, xalq xo‘jaligini yuritishda boshqaruvning erkinlik tamoyillari va subektivlikning kuchayishi bilan birga kechganligi borasidagi natijalardan Respublika ma’anaviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston bo‘limining “Yangi O‘zbekiston - ma’rifatli jamiyat” shiori ostidagi “Ma’naviyat festivali” doirasidagi tadbirlami targ‘ib etishda belgilangan vazifalami bajarishda foydalanilgan (Respublika ma’anaviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2025-yil 23-yanvardagi 01-13/07-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha ishlarni ilmiy asosda tashkil qilishga xizmat qilgan;
1970-1980-yillarda hududni boshqarish uchun Markazdan kadrlar jo‘natish siyosati, milliy rahbarlarning madaniy-texnik saviyasini, turmush darajasini “oshirish” tajribasi natijasida yuzaga kelgan xatoliklar, kadrlarning ongiga marksizm-leninizm g‘oyalari orqali “ishlov” berilishi ortidan mahalliy aholi tarixiy xotirasini zaiflashtirilganligi borasidagi natijalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha va 2024-yilda amalga oshirish rejalashtirilgan “Yo‘l xarita”larini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi 07-06/5-01/94-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi 2024-yilda amalga oshirilgan “Ma’naviyat festivali” doirasida o‘tkazilgan tadbirlarning mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
Mustaqillikning dastlabki davrida davlat apparati faoliyatida mafkuraviy omilning roli sezilarli darajada pasayshi natijasida rahbar kadrlarni tanlash tizimida o‘zgarishlar amalga oshirilgan bo‘lsa-da, ko‘pincha amaldagi eski amaldorlarning bir lavozimdan ikkinchisiga o‘tkazilishi respublikaning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotida turg‘unlik holatini keltirib chiqarganligiga oid ilmiy natijalardan «Qoraqalpog‘iston» Radiokanalidagi “Miyras” eshittirishi ssenariysini tuzishda qo‘llanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining 2025-yil 3-fevraldagi 05-22/63-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda, ularda milliy iftixor tuyg‘ularini shakllantirish va rivojlantirishda, milliy o‘zlikni anglashda ulkan ahamiyat kasb etgan.