Kosimbetova Dilbar Sagindikovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “1917-1941-yillarda Qoraqalpog‘istonda til siyosati (Qoraqalpoq tili misolida)”  07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Koshanov Baxitbay Abdikerimovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti DSc.03/06.04.2024.Tar.20.05
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi, unvoni: 
Davletov Sanjarbek Rajabovich, tarix fanlari doktori, professor; Larisa Urazova Karamovna, tarix fanlari  nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Etakshi tashkilot: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti. 
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘istonda 1917-1941 yillarda til siyosati tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: milliy respublikalarda lotin yozuviga o‘tish ko‘pchilik turkiyzabon milliy ziyolilar tomonidan, shu jumladan, Qoraqalpog‘istonda ham qo‘llab-quvvatlanganligi, buning natijasida tilning tovush va leksik tarkibini hisobga olgan holda qoraqalpoq alifbosi va imlosi yaratilganligi isbotlangan;
arab grafikasidan lotin yozuviga o‘tish natijasida aholining katta qismi yangi hokimiyat manfaatlariga javob beradigan savodxonlik va ma’rifatni oshirish imkoniyatiga ega bo‘lganligi, shu bilan birga xalqning ko‘p asrlik adabiy va madaniy merosidan foydalanish imkoniyati cheklanishi, keyinchalik yo‘qolib ketishiga olib kelganligi aniqlangan;
sovet hokimiyatining til siyosati ko‘p millatli davlat xalqlarining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotini tartibga solish va unifikatsiya qilish orqali markazdan qochma kuchlarni kuchaytirishga qaratilganligi, bu esa turkiy tilli musulmonlarni parchalash va dinga qarshi kurash maqsadining bir qismi ekanligi asoslangan;
Qoraqalpoq Yangi lotin alifboga o‘tgan davrdan 1939-1940 yillargacha asosan qoraqalpoq tili bo‘yicha yangi materiallarni to‘plash, respublika maktablari uchun o‘quv qo‘llanmalar tuzish, alifbo va imlo qoidalarini takomillashtirish, hamda tabiiy va ijtimoiy fanlarning ayrim sohalari bo‘yicha ilmiy-texnik atamalarni ishlab chiqishdangina iborat bo‘lib, til siyosati milliy xususiyatlarni inobatga olmasdan faqatgina fan va texnika ehtiyojlari qondirishga qaratilganligi ko‘rsatib berilgan;
Qoraqalpoq tili yozuvining majburiy kirill alifbosiga o‘tkazilishi uning imlo qoidalarida ko‘plab ziddiyatlarni keltirib chiqarib, yozma nutq madaniyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, to‘g‘ri yozish qoidalarini o‘rganishga to‘sqinlik qilganligi hamda va bosma nashrlarda orfografik turfalikni yuzaga keltirganligi ochib berilgan.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati tadqiqot ishida aniqlangan va keltirilgan materiallar hamda xulosalardan Qoraqalpog‘istonning sovet hokimiyati o‘rnatilishi davri tarixiga oid qarashlar va yangicha yondashuvlarni ishlab chiqishda foydalanish mumkin.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati xalq ta’limi tarixini har tomonlama o‘rganish bo‘yicha oliy o‘quv yurtlari uchun darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda, shuningdek, Qoraqalpog‘iston oliy ta’lim muassasalarining tarix fakultetlarida milliy pedagogika tarixi va tarix muammolari bo‘yicha maxsus kurslarni ishlab chiqishda foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi: 1917-1941-yillarda Qoraqalpog‘istonda sovet hokimiyatining til siyosati tarixi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, xulosalar va amaliy takliflar quyidagicha amalga oshirildi:
milliy respublikalarda lotin yozuviga o‘tish ko‘pchilik turkiyzabon milliy ziyolilar tomonidan, shu jumladan, Qoraqalpog‘istonda ham qo‘llab-quvvatlanganligi, buning natijasida tilning tovush va leksik tarkibini hisobga olgan holda qoraqalpoq alifbosi va imlosi yaratilganligi kabi natijalardan "Qoraqalpog‘iston" telekanalining "Assalomu alaykum, Qoraqalpog‘iston!" ko‘rsatuvida aprobatsiyadan o‘tkazilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi "Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokanali" davlat muassasasining 2025-yil 25-yanvardagi 05-22/41-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda milliy g‘urur tuyg‘usini shakllantirish va rivojlantirish, milliy o‘zligini anglashda muhim ahamiyat kasb etgan.
arab grafikasidan lotin yozuviga o‘tish natijasida aholining katta qismi yangi hokimiyat manfaatlariga javob beradigan savodxonlik va ma’rifatni oshirish imkoniyatiga ega bo‘lganligi, shu bilan birga xalqning ko‘p asrlik adabiy va madaniy merosidan foydalanish imkoniyati cheklanishi, keyinchalik yo‘qolib ketishiga olib kelganligi bo‘yicha natijalardan ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda davlat tilini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamentining 2025-yil 15-yanvardagi 11-06/5-01/42-son ma’lumotnomasi). Til sohasidagi islohotlarni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olishga xizmat qilgan.
Qoraqalpoq yangi lotin alifboga o‘tgan davrdan 1939-1940 yillargacha asosan qoraqalpoq tili bo‘yicha yangi materiallarni to‘plash, respublika maktablari uchun o‘quv qo‘llanmalar tuzish, alifbo va imlo qoidalarini takomillashtirish, hamda tabiiy va ijtimoiy fanlarning ayrim sohalari bo‘yicha ilmiy-texnik atamalarni ishlab chiqishdangina iborat bo‘lib, til siyosati milliy xususiyatlarni inobatga olmasdan faqatgina fan va texnika ehtiyojlari qondirishga qaratilganligi haqidagi natijalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyida ba’zi ko‘rgazmalar uchun matnlar tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2025-yil 14-yanvardagi 4-04/67-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning qo‘llanilishi tashrif buyuruvchilarning madaniy tiklanish va qoraqalpoq xalqining ma’naviy merosini haqida to‘laroq ma’lumotlar olishlariga xizmat qilgan.
Qoraqalpoq tili yozuvining majburiy kirill alifbosiga o‘tkazilishi uning imlo qoidalarida ko‘plab ziddiyatlarni keltirib chiqarib, yozma nutq madaniyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, to‘g‘ri yozish qoidalarini o‘rganishga to‘sqinlik qilganligi hamda va bosma nashrlarda orfografik turfalikni yuzaga keltirganligi haqidagi tadqiqot natijalaridan ekskursiya materiallari matnlarini tayyorlash jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniy meros boshqarmasining 2025-yil 24-yanvardagi 01-03/04-49-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari xalqimiz madaniy merosini asrab-avaylash borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish