XADJIBAEV Farxod Abduxakimovichning

doktorlik dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: tibbiyot fanlari nomzodi.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.Tib82.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Yaxshi sifatli mexanik sariqlikni xirurgik davolashda endobiliar amaliyotlarning roli va o‘rni», 14.00.27–xirurgiya (tibbiyot fanlari).

Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Karimov Shavkat Ibragimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Rossiya Federatsiyasi Fanlar akademiyasi akademigi.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi 16.07.2013.Tib.20.01

Rasmiy opponentlar: MD, professor Kim Jae Kyu; t.f.d., professor Chjao A.V.; t.f.d., professor Devyatov A.V.

Yetakchi tashkilot: Seul milliy universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

    II. Nashr ishlari.

Ilmiy daraja talabgori tomonidan nashr ishlariga qo‘yilgan talablar to‘liq bajarilgan, jumladan:

a) O‘zbekiston Respublikasi OAKning doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalari nashr qilish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan 3 ta milliy ilmiy jurnalda 8 ta ilmiy maqola, 6 ta xorijiy ilmiy jurnalda 6 ta ilmiy maqola nashr qilingan, 2 ta patent;

b) dissertatsiya mavzusi bo‘yicha 5 ta ma’ruza tezisi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallarida e’lon qilingan (jumladan: 2012, Rossiya Federatsiyasi; 2013, Ukraina).

  III. Tadqiqotning maqsadi: kam invaziv va rekonstruktiv aralashuvlarni bosqichma-bosqich qo‘llanilishiga yondashishlarni optimallashtirish yo‘li bilan yaxshi sifatli genezga ega MS bo‘lgan bemorlarni jarrohlik davolash natijalarini yaxshilash.

    IV. Dissertatsiyaning ilmiy yangiligi:

YaSMSda kasallikning etiologik sabablari, tabiati va darajasini aniqlashda O‘ChYni nurli noinvaziv vizualizatsiya qilish zamonaviy usullari va bevosita miniinvaziv kontrastlash usullarining ma’lumot berish darajasi baholangan. Yaxshi sifatli genezga ega bo‘lgan MSning o‘ziga xos sonografik, magnit-rezonans, endoskopik, rentgen-xolangiografik semiotikasi aniqlangan;

YaSMS turli variantlarida, kam invaziv davolash-tashhislash endobiliar operatsiyalarning keng qo‘llanilishi va ochiq jarrohlik operatsiyalarining bosqichma-bosqich bajarilishga asoslangan davolash tadbirlarining algoritmi tavsiya qilingan;

birinchi marta parafateral divertikullarning o‘ziga xos klassifikatsiyasi va katta duodenal so‘rg‘ich (KDS) zonasi tuzilishining anatomik anomaliyalarida vujudga keladigan endobiliar transpapillyar operatsiyalar bajarilishining qiyinchiliklarini bartaraf qilish bo‘yicha tegishli texnik echimlar taklif qilingan;

Mirizzi sindromida pufak-xoledoxial oqma yara plastikasining yangi uslubi taklif qilingan va klinik amaliyotga tatbiq etilgan bo‘lib, u xoledox nuqsonini Pikovskiy usulida naychalashga imkon beruvchi ishonchli yotoq yaratishga imkon bergan;

biliobiliar anastomoz (BBA) va BDAning mustaxkamligini oshiruvchi va stenoz rivojlanish xavfini kamaytiruvchi tashqi metall karkas ustida ulamani shakllantiruvchi batamom yangi yondashuv ilk bor ishlab chiqilgan;

Praderi-Smitt bo‘yicha umumiy o‘t yo‘lining jigar orqali drenajlanishi uchun birinchi marta qisqa muddatlarda xolangiostoma qo‘yishga va jigar parenximasining kam darajada shikastlanishiga imkoniyat yaratadigan universal jarrohlik instrumenti ishlab chiqilgan.

   V. Dissertatsiyaning amaliyotga joriy etilgan ilmiy natijalari: o‘t yo‘llari anastomozlarini bajarishning, ichaklar anastomozlarini shakllantirishning ishlab chiqilgan yangi usullari yaratilgan laparoskopik manipulyasiyalar uchun naycha va qorin bo‘shlig‘ini naychalash uchun moslama hamda YaSMSli bemorlar diagnostikasi va davolashning algoritmi sog‘liqni saqlash tizimi amaliyotiga, jumladan RShTYoIM va uning filiallari, Toshkent tibbiyot akademiyasining klinikasi va Respublika onkologiya ilmiy markazi faoliyatiga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 12.09.2014y.dagi 91/106 raqamli xulosasi). Natijalar YaSMSdagi diagnostik xatolarni 12,4%dan 6,8%gacha kamaytirishga; kaminvaziv endobiliar amaliyotlarning samaradorligini 72,5%dan do 93,7%gacha oshirishga, o‘lim ko‘rsatkichini 0,2%gacha minimallashtirishga va operatsiyadan so‘ngi asoratlar miqdorini 12,1%dan 3,5%gacha tushirishga imkon berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish