Datkaev  Umidjon Karimjon o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarda o‘quv faoliyatiga adaptatsiy jarayonida emotsianal zo‘riqishlarining psixologik xususiyatlari (harbiy ta’lim tizimi misolida)”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/P1099. 
Ilmiy rahbar: Akramov Mirmuxsin  Rustamovich, psixologiya fanlari doktori (DSc) professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti,  PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Xaydarov Islom Maxmutali o‘g‘li, psixologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: harbiy ta’lim tizimida tahsil oluvchi talabalar o‘quv faoliyati adaptatsiya jarayonida emotsional zo‘riqishlarning psixologik xususiyatlarini o‘rganish hamda korreksion imkoniyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kursantlarning harbiy ta’lim muhitida uchraydigan stressogen vaziyatlarga adaptiv-psixologik kompetentlilikka ko‘ra kognitiv moslashuvchanlik, irodaviy nazorat, psixologik chidamliligi, yangi sharoitga tezkor adaptatsiya darajasi va emotsional o‘zini boshqarish ko‘nikmalarining shakllanishi natijasida stressni boshqarish strategiyalari psixologik moslashuv va hissiy qayta tiklanish qobiliyati orqali yuzaga kelishi dalillangan;
kursantlarning harbiy o‘quv faoliyati davomida yuzaga keladigan emotsional zo‘riqishlari natijasida adaptiv bo‘lmagan psixologik reaksiyalarga ko‘ra tormozlanish, konfliktga moyillik, o‘quv faoliyatida funksional zo‘riqish, eskapizm tendensiyasi, emotsional diskomfort va dezadaptatsiya indikatorlarining ta’siriga ko‘ra ta’limga moslashishning psixologik omillari emotsional fonning intensivligi asosida  dalillangan;  
kursantlarning harbiy o‘quv faoliyatiga moslashish jarayonida emotsional holatlari monitoringi o‘quv faoliyati doirasida o‘zini nazorat qilish, o‘zini va boshqalarni qabul qilish darajasi, ichki nazorat lokusi, emotsional komfort, konformlik hamda kauzusli vaziyatlarda xulqni boshqarish ko‘nikmalarining shakllanishiga olib kelganligi tufayli stressga nisbatan barqarorlik, emotsional muvozanatni saqlash va konstruktiv xulq strategiyalarini Self-menejment ko‘nikmalari orqali tanlashga bog‘liq moslashuvning ijobiy dinamikasi dalillangan;
kursantlarning emotsional zo‘riqishlari rivojlanishiga ta’sir qiluvchi adaptiv boshqaruv mexanizmlariga ko‘ra individual (qo‘zg‘aluvchanlik, harakatchanlik, stressga chidamlilik), ijtimoiy (o‘qituvchi va rahbarlarning kommunikativ-psixologik pozisiyasi) hamda tashkiliy (harbiy intizom, rejim, reglament) omillarning o‘zaro integratsiyasi tufayli harbiy o‘quv faoliyatiga moslashish jarayonini emotsional intellekt orqali optimallashtiruvchi model ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Harbiy ta’lim tizimi kursantlari o‘quv faoliyati adaptatsiya jarayonida emotsional zo‘riqishlarning psixologik jihatlari mavzusidagi olib borilgan tadqiqot natijalari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
kursantlarning harbiy ta’lim muhitida duch keladigan stressogen vaziyatlarga chidamlilik, yangi sharoitga tez moslashish shakllanishi natijasida, ularda stressni boshqarish hamda moslashuv jarayonini engillashtirish singari psixologik determinantlar isbotlanganligiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-maydagi PM-352-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 19-maydagi PM-352-a-son ma’lumotnomasi). Natijada,  stressni boshqarish, ijtimoiy moslashuvni oshirish va ruhiy barqarorlikni shakllantirish bo‘yicha texnikalar va mashg‘ulotlarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
kursantlar harbiy o‘quv faoliyatida emotsional zo‘riqishlar yuzaga kelishi natijasida, ularda tormozlanish, konfliktga moyillik, o‘quv faoliyati doirasida zo‘riqish, eskapizm (muammolardan qochish), emotsional diskomfort hamda dezadaptatsiya xususiyatlarining dinamikasi dalillanganligiga oid natijalar oid ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-maydagi PM-352-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 19-maydagi PM-352-a-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida moslashuv jarayonida emotsional zo‘riqishlarni keltirib chiqaruvchi sabablar, ularning rivojlanish dinamikasi va oqibatlarini aniqlashga xizmat qilgan; 
harbiy o‘quv faoliyatiga moslashish jarayonida emotsional holatlar hamda o‘quv faoliyati doirasida o‘zini nazorat qilish, o‘zini va boshqalarni qabul qilish, ichki nazorat, emotsional komfort, konformlik, ekstremal vaziyatlarda o‘zini nazorat qilish natijasida, kursantlarda pozitiv emotsional holatlar asoslanganligiga doir natijalar oid ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-maydagi PM-352-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 19-maydagi PM-352-a-son ma’lumotnomasi). Natijada kursantlar o‘quv faoliyati adaptatsiya jarayonida emotsional zo‘riqishga xos xususiyatlar bilan bog‘liq amaliy natijalarni boyitilishiga erishilgan;
kursantlarning emotsional zo‘riqishlari rivojlanishiga ta’sir qiluvchi individual (qo‘zg‘aluvchanlik, harakatchanlik, stressga chidamlilik), ijtimoiy (o‘qituvchilar va rahbarlarning munosabati) va tashkiliy (harbiy intizom, rejim) omillarning integratsiyalashuvi natijasida, harbiy o‘quv faoliyatiga moslashish hamda emotsional zo‘riqishlarni oldini oluvchi psixologik model ishlab chiqilganligiga doir natijalar oid ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-maydagi PM-352-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 19-maydagi PM-352-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, kursantlar uchun individual va guruhga qaratilgan profilaktika choralari asosida harbiy xizmat sharoitlariga mos psixologik qo‘llab-quvvatlash dasturlarini joriy etishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish