Nasrullaeva Asolat Abdumalik qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Yoshlarning oila haqidagi tasavvurlarida xavotirlanish namoyon bo‘lishining psixologik determinantlari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/P508.
Ilmiy rahbar: Abdusamatov Xasanboy Usmonjon o‘g‘li, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Karimova Vasila Mamanosirovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Ziyavitdinova Gulnora Ziyautdinovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yoshlarni oila haqidagi tasavvurlarida xavotirlanish namoyon bo‘lishining psixologik determinantlarini aniqlash asnosida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashning psixologik mexanizmlarini takomillashtirishga doir amaliy tavsiyalar ishlab shiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlarning oila haqidagi tasavvurlarida xavotirlanish namoyon bo‘lish dinamikasida oiladagi jinsiy hayotga munosabatda tuyg‘ular, kutilmalarni integral ta’siri tufayli nikohga ma’naviy tayyorgarlik o‘rta darajada shakllanishi romantik orzular va turmushdagi real rol funksiyalarining psixologik jihatdan noto‘g‘ri talqini natijasida yoshlarda haddan tashqari dabdaba, ortiqcha xarajatlar haqida o‘ylarning rivojlanishi «xavotir yadrosi» bo‘lishi isbotlangan;
yoshlar oila haqidagi tasavvurlarining gender farqlariga ko‘ra androginlik hamda maskulinlik sifatlarining qizlarda ustuvor bo‘lishi “oila va ish balansidagi” adolatsiz munosabatlar ta’sirida “oilaga moyillik va farzand ko‘rish” motivitining kamayishiga olib kelishi natijasida karera hamda oila dinamikasini ambivalent takomillashtirish xavotirlanish omili bo‘lishi aniqlangan;
yoshlarni oila qurish borasidagi subektiv xavotirlanishining jins differensiatsiyasi mavjud bo‘lmagani qayta-qayta o‘ylash va subektiv aloqalardan qochish yigitlarda ustuvor bo‘lishi natijasida “ajralishga va romantik sevgiga” munosabat yoshlarning oila haqidagi xavotirlar ierarxiyasida ustuvorlik qilishi dalillangan;
yoshlarning oila haqidagi tasavvurlarida xavotirlanish namoyon bo‘lishining psixologik determinantlariga munosabatlardan qochish, boshqa varinatlarni tasavvur qilish, ijtimoiy munosabatlarda tashabbus kamligi, romantik aloqalarga nisbatan salbiy emotsional javob sifatida namoyon bo‘lishi natijasida nikohiy tasavvurlari tizimida vujudga kelayotgan xavotirlanish, hissiy qo‘rquvlar va fobik konstruksiyalarning shakllanishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlarni oila haqidagi tasavvurlarida ijtimoiy fobiya namoyon bo‘lishining psixologik determinantlari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
yoshlarning oila haqidagi tasavvurlarida xavotirlanish namoyon bo‘lish dinamikasida oiladagi jinsiy hayotga munosabatda tuyg‘ular, kutilmalarni integral ta’siri tufayli nikohga ma’naviy tayyorgarlik o‘rta darajada shakllanishi romantik orzular va turmushdagi real rol funksiyalarining psixologik jihatdan noto‘g‘ri talqini natijasida yoshlarda haddan tashqari dabdaba, ortiqcha xarajatlar haqida o‘ylarning rivojlanishi «xavotir yadrosi» bo‘lishi isbotlanganligiga oid ilmiy natijalar “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot institutining “Oilalardagi ijtimoiy ma’naviy muhitni sogʻlomlashtirishda qaynonalar institutini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida amaliy loyiha rejasiga kiritilgan (“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 26-apreldagi №01-09/2623-sonli ma’lumotnomasi). Natijada nikohga ma’naviy tayyorgarlik darajasini oshirishga va fobiyalar korreksiyasiga oid trening dasturlari shakllantirilgan;
yoshlar oila haqidagi tasavvurlarining gender farqlariga ko‘ra androginlik hamda maskulinlik sifatlarining qizlarda ustuvor bo‘lishi “oila va ish balansidagi” adolatsiz munosabatlar ta’sirida “oilaga moyillik va farzand ko‘rish” motivitining kamayishiga olib kelishi natijasida karera hamda oila dinamikasini ambivalent takomillashtirish xavotirlanish omili bo‘lishi aniqlanganligiga oid yangiliklar “Oilalardagi ijtimoiy ma’naviy muhitni sogʻlomlashtirishda qaynonalar institutini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida amaliy loyiha rejasiga kiritilgan (“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 26-apreldagi №01-09/2623-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarning oila haqidagi tasavvurlarida ijtimoiy fobiya shakllanishiga ta’sir qiluvshi ijtimoiy-psixologik omillar klassifikatsiyalashtirilgan;
yoshlarni oila qurish borasidagi subektiv xavotirlanishining jins differensiatsiyasi mavjud bo‘lmagani qayta-qayta o‘ylash va subektiv aloqalardan qochish yigitlarda ustuvor bo‘lishi natijasida “ajralishga va romantik sevgiga” munosabat yoshlarning oila haqidagi xavotirlar ierarxiyasida ustuvorlik qilishi dalillanganligiga oid yangiliklar “Oilalardagi ijtimoiy ma’naviy muhitni sogʻlomlashtirishda qaynonalar institutini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida amaliy loyiha rejasiga kiritilgan (“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 26-apreldagi №01-09/2623-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarni oila qurish borasidagi situatsion va subektiv xavotirlanishi, ijtimoiy fobiyalarning ta’sirini kamaytiruvchi konstruktiv echimlar ishlab chiqilgan;
yoshlarning oila haqidagi tasavvurlarida xavotirlanish namoyon bo‘lishining psixologik determinantlariga munosabatlardan qochish, boshqa varinatlarni tasavvur qilish, ijtimoiy munosabatlarda tashabbus kamligi, romantik aloqalarga nisbatan salbiy emotsional javob sifatida namoyon bo‘lishi natijasida nikohiy tasavvurlari tizimida vujudga kelayotgan xavotirlanish, hissiy qo‘rquvlar va fobik konstruksiyalarning shakllanishi asoslanganligiga oid yangiliklar “Oilalardagi ijtimoiy ma’naviy muhitni sogʻlomlashtirishda qaynonalar institutini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida amaliy loyiha rejasiga kiritilgan (“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 26-apreldagi №01-09/2623-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarning oila haqidagi tasavvurlarida ijtimoiy xavotir namoyon bo‘lishining indikativ mezonlari aniqlangan.