Farmonov Feruz Farhod o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Lazer nurlantirish ishtirokida Wet-Blue charm yarim mahsuloti texnologik jarayonini intensivlashtirish”, 05.06.03-Teri, mo‘yna, poyabzal va teri-galantereya buyumlari texnologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5413.
Ilmiy rahbar: Qodirov To‘lqin Jumaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti, PhD.03/29.10.2021.T.101.03
Rasmiy opponentlar: Djuraev Abdujalil Mannopovich. Toshkent to’qimachilik va engil sanoat instituti professori, texnika fanlari doktori (DSc), Samieva Gulnoz Olimovna. Buxoro davlat texnika universiteti dotsenti, texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), (ixtisoslik shifri 05.06.03) Ilmiy kengash a’zosi;
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi:  amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Yangi innovatsion texnologiya asosida, ya’ni lazer nurlari ishtirokida oshlangan va oshlanmagan teri xom ashyolariga ishlov berish, Wet-Blue charm yarim mahsuloti texnologik jarayonlarini intensivlashtirib, ishlab chiqarish unumdorligini va tayyor mahsulot sifatini oshirish
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
lazer nurlari bilan ishlov berilgan terilarning termik barqarorligi hamda yuqori mustahkamlik tavsiflarining chegaraviy qiymatlari termogravimetrik va diffirensial termik tahlillar orqali aniqlangan;
lazer nurining teri to’qimasiga ta’sir etadigan to’lqin uzunligi, zichligi va energiyasi tajribaviy usullar orqali aniqlangan va mazkur parametlar asosida 
Wet-Blue qo’y charm yarim mahsulotiga ishlov berishning texnologik sxemasi ishlab chiqilgan;
lazerli nurlantirish natijasida teri to’qimasi strukturasining o’zgarishi va kollagen tolalar tutamlarga ajralib, strukturaning yumshashi, hamda reagentlarga nisbatan teri to’qimasining kimyoviy modifikatsiyalarsiz reaksion qobiliyatining oshishi spektroskopik tahlil va elektron mikroskopiya asosida aniqlangan;
lazer nurlari ta’sirida teri to’qimasining kimyoviy faolligi oshishi natijasida xrom komplekslari bilan kuchli bog‘lanishlar sodir bo’lishi, oshlash jarayonining davomiyligining qisqarishi hamda xrom oshlovchi sarfining kamayishi infra-qizil spektroskopik indentifikatsiya va gidrotermik destruksiya tahlillari orqali asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Lazer nurlari orqali teri to‘qimasiga ishlov berish, oshlash texnologik jarayoni intensivlashtirish hamda yuqori sifat va fizik-maxanik ko‘rsatkichlariga ega modifikatsiyalangan Wet-Blue charm yarim mahsulotini ishlab chiqarish bo‘yicha olingan ilmiy-amaliy natijalar asosida:
-teri xomashyolariga lazer nurlari orqali ishlov berish jarayoni “O‘zcharmsanoat” uyushmasining tasarrufidagi “Global avangard technology” MChJ va “Kara deri” MChJ korxonalarida joriy etilgan (“O‘zcharmsanoat” uyushmasining 22-iyul 2025yil 01-2094-sonli ma’lumotnomasi). Natijada fizik-mexanik va gigienik xossalari yaxshilangan Wet-Blue charm yarim mahsuloti ishlab chiqarilgan; 
- Wet-Blue charm yarim mahsuloti ishlab chiarishda intensivlashtirilgan oshlash texnologik jarayoni “O‘zcharmsanoat” uyushmasining tasarrufidagi 
“Global avangard technology” MChJ va “Kara deri” MChJ korxonalarida joriy etilgan (“O‘zcharmsanoat” uyushmasining 22-iyul 2025yil 01-2094-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Wet-Blue charm yarim mahsulotini oshlash uchun sarf bo‘ladigan xrom oshlovchi miqdori 33 % ga hamda jarayonining davomiyligi 7-8  soatdan 4-5 soatgacha qisqarishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish