Sabitova Tadjixonning
pedagogika fanlari doktori (DSc) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Yangi O‘zbekiston Oliy ta’lim tizimida folklor asarlarini o‘qitishning dasturiy ta’minotini takomillashtirish metodologiyasi”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8763.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Matchonov Safo, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmonova Muqaddas Qahramanovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Jumanazarov Umrzoq Abdurazzakovich, filologiya fanlari doktori, professor; Xodjaniyazov Sardor Umarovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim tizimida folklor asarlarini o‘qitishning dasturiy ta’minotini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
folklor asarlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitishning dasturiy ta’minotini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari qahramon obrazlarini shaxsiy tajribaga mos qayta yaratish va tasavvur, xissiy qabul estetik madaniy jihatlarini interaktiv formatda asar mazmunidagi obraz va timsollarning ma’no qatlamini idrok etish asosida aniqlashtirilgan;
oliy ta’lim tizimida folklor asarlarini zamonaviy texnologiyalar asosida o‘qitishni dasturiy ta’minotini takomillashtirish modeli madaniy idrok va estetik tafakkurni obrazli fikrlash, madaniy merosni interiorizasiya va multiformaiy ta’lim muhitida faol idrok etish imiapiya va obrazli fikrlashni folklor qahramonlarining hissiy dunyosiga kirish tajribasini shaxsiy anglash takomillashtirilgan;
folklor asarlarini gender hamda multimedia texnologiyalari vositasida o‘qitish metodikasini interaktiv platformalar vositasida individual o‘rganish ijodiy interirstasiyalash, assosiativ xaritalar obrazli tafakkurni va badiiy fikrlash darajasi kognitiv fikr va tasavvur kengligini mazmunini yangi ma’naviy asosida takomillashtirilgan;
folklor asarlarini o‘qitishning dasturiy ta’minotini takomillashtirish metodologiyasining samaradorlini adabiy tayyorgarligi folklor namunalarini estetik idrok etish va lingvomadaniy ko‘nikmalarini til ma’no qatlamlarini milliy ma’naviy merosni ifodalarini til vositasida interiorizasiya qilish asosida takomillashtirilgan;
folklor asarlarini o‘qitish jarayonida talabalarning adabiy tayyorgarligini takomillashtirishni samaradorligi bilimlilik darajasi badiiy tafakkur faolligi va ijodiy ifoda ko‘nikmalarini badiiy g‘oyani mustaqil talqin qilish, folklor mazmunini shaxsiy xissiyot va tasavvur orqali qayta yaratish, yangi shaklda ifoda etish asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
folklor asarlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitishning dasturiy ta’minotini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari qahramon obrazlarini shaxsiy tajribaga mos qayta yaratish va tasavvur, xissiy qabul estetik madaniy jihatlarini interaktiv formatda asar mazmunidagi obraz va timsollarning ma’no qatlamini idrok etish asosida aniqlashtirilgan taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024 yil uchun chora-tadbirlar dasturining III-yo‘nalishida belgilangan «Milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom mafkura, yangi ma’naviy makon, ma’rifatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar»ning 17-bandi “Ilmiy-metodologik jihatdan asoslangan, tarixiy tajriba va zamonaviy tahlillar hamda yuksak maqsadlarni o‘zida mujassamlashtirgan «Kuchli ma’naviyat bilan Yangi O‘zbekiston sari» nomli yangi ilmiy-ommabop qo‘llanmaning konsepsiyasini ishlab chiqish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 25-dekabrdagi 10/241-son dalolatnomasi). Natijada, Yangi O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida folklor asarlarini o‘qitishning dasturiy ta’minotini takomillashtirish metodologiyasini ommalashtirishga xizmat qilgan.
oliy ta’lim tizimida folklor asarlarini zamonaviy texnologiyalar asosida o‘qitishni dasturiy ta’minotini rivojlantirish modellarini takomillashtirish modeli madaniy idrok va estetik tafakkurni obrazli fikrlash, madaniy merosni interiorizasiya va multiformaiy ta’lim muhitida faol idrok etish imiapiya va obrazli fikrlashni folklor qahramonlarining hissiy dunyosiga kirish tajribasini shaxsiy anglash bo‘yicha tavsiyalar oliy ta’lim muassasalarining 5111200-O‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishlari uchun yaratilgan “O‘zbek folklori” nomli darslik mazmuniga singdirilgan. (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 13-maydagi 166-sonli buyrug‘iga asosan 166-231-son guvohnoma). Natijada, folklor asarlarining janriy xususiyatlari tahlili vositasida talabalarning dunyoqarashi va tafakkurini rivojlantirishga xizmat qilgan;
folklor asarlarini gender hamda multimedia texnologiyalari vositasida o‘qitish metodikasini interaktiv platformalar vositasida individual o‘rganish ijodiy interirstasiyalash, assosiativ xaritalar obrazli tafakkurni va badiiy fikrlash darajasi kognitiv fikr va tasavvur kengligini mazmunini yangi ma’naviy asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Mahalla» telekanali «Minbar» ko‘rsatuvi ssenariylarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «Mahalla» teleradio kanali davlat muassasasining 2024-yil 24-dekabrdagi 01-15-765-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, «Mahalla» telekanali ko‘rsatuvlari orqali xalq etnografik dasturlarining ommalashishiga xizmat qilgan.
folklor asarlarini o‘qitishning dasturiy ta’minotini takomillashtirish metodologiyasining samaradorlini adabiy tayyorgarligi folklor namunalarini estetik idrok etish va lingvomadaniy ko‘nikmalarini til ma’no qatlamlarini milliy ma’naviy merosni ifodalarini til vositasida interiorizasiya qilish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “O‘zbek folklori” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-sonli buyrug‘iga asosida nashr tavsiyanomasi). Natijada, talabalarda xalqning boy inteluktual merosi va umumbashariy qadriyatlar, o‘tmish merosini ham nazariy ham amaliy natijalarini his qildirishga xizmat qilgan.