Karimov Xojakbar Maxamadjon o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sanoat tarmoqlarida innovatsion infratuzilmalarning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish (To‘qimachilik sanoati misolida)” 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5324.
Ilmiy rahbar: Nurimbetov Ravshan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot  universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.07.2022.I.16.05
Rasmiy opponentlar: Muratova Shohista Nigmatullaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Allaeva Gulchehra Jalgasovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoati instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi to‘qimachilik sanoatida innovatsion infratuzilmalarning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘qimachilik korxonalarida ishlab chiqarish jarayoniga innovatsiyalarni joriy qilishning klaster-infratuzilmaviy tashkiliy modeli innovatsion infratuzilma subektlari (texnoparklar, loyiha markazlari, inkubatorlar, venchur fondlar va ilmiy-tadqiqot institutlari) o‘rtasida bilim transferi va texnologiya diffuziyasi asosida shakllanadigan ko‘p funksiyali hamkorlik tizimini yo‘lga qo‘yish asosida takomillashtirilgan;
O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalarida tayyor mahsulotlar eksport hajmiga ta’sir etuvchi omillarning ko‘p o‘zgaruvchili ekonometrik modeli asosida 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
to‘qimachilik sanoatida innovatsion infratuzilmalar faoliyatini moliyaviy, rezidentlar faoliyati, ichki boshqaruv jarayonlari va inson kapitali mezonlari kesimida ko‘p omilli baholash sanoat tarmog‘i xususiyatlarini yaqqolroq ifodalovchi ko‘rsatkichlar yordamida takomillashtirilgan;
Andijon, Navoiy, Nukus, Samarqand, Sirdaryo Yoshlar texnoparklari asosiy faoliyat ko‘rsatkichlari asosida iqtisodiy samaradorlikning “yuqori” (2,25-3,00), “o‘rtadan yuqori” 
(1,75-2,24),  “o‘rta” (1,25-1,74), “quyi” (0-1,24) chegara diapazonlariga ko‘ra guruhlash orqali ularning to‘qimachilik korxonalariga ta’sir etish darajasi asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
To‘qimachilik sanoatida innovatsion infratuzilmalarning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida: 
to‘qimachilik korxonalarida ishlab chiqarish jarayoniga innovatsiyalarni joriy qilishning klaster-infratuzilmaviy tashkiliy modeli innovatsion infratuzilma subektlari (texnoparklar, loyiha markazlari, inkubatorlar, venchur fondlar va ilmiy-tadqiqot institutlari) o‘rtasida bilim transferi va texnologiya diffuziyasi asosida shakllanadigan ko‘p funksiyali hamkorlik tizimini yo‘lga qo‘yish asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan texnoparklarga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 16-sentyabrdagi 02/17-3620-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Engil sanoatni rivojlantirish agentligining 2025-yil 8-noyabrdagi 01-28-son ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida innovatsion infratuzilmalar turlarining tavsifi, vazifa va funksiyalarining belgilanishi orqali to‘qimachilik sohasida texnoparklar tomonidan ishlab chiqilgan startap loyihalar soni 15% ga ortib va ularning amaliyotga joriy qilish muddati o‘rta hisobda 15-20% ga qisqargan;
O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalarida tayyor mahsulotlar eksport hajmiga ta’sir etuvchi omillarning ko‘p o‘zgaruvchili ekonometrik modeli asosida 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan korxonalarda innovatsiyalarni joriy qilishga oid ko‘rsatkichlarni rejalashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Engil sanoatni rivojlantirish agentligining 2025-yil 8-noyabrdagi 01-28-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2030-yilgacha innovatsion rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda 75 ta tashkil etiladigan innovatsion infratuzilmalar hisobiga yuqori texnologiyali mahsulotlar eksportining ulushi 6% ga oshish prognozi belgilangan;
to‘qimachilik sanoatida innovatsion infratuzilmalar faoliyatini moliyaviy, rezidentlar faoliyati, ichki boshqaruv jarayonlari va inson kapitali mezonlari kesimida ko‘p omilli baholash sanoat tarmog‘i xususiyatlarini yaqqolroq ifodalovchi ko‘rsatkichlar yordamida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan innovatsion infratuzilmalar faoliyatini baholashda hamda strategik yo‘nalishlarini belgilashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Engil sanoatni rivojlantirish agentligining 2025-yil 8-noyabrdagi 01-28-son, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 16-sentyabrdagi 02/17-3620-son hamda “Andijon Yoshlar texnoparki” davlat muassasasining 2025-yil 24-iyuldagi 5-son ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi normallashtirilgan integratsion baholash natijalariga ko‘ra texnoparklar faoliyati ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha qayta tuzish va resurslarni optimal taqsimlash orqali innovatsion loyihalarning tijoratlashuvini 1,5 barobarga tezlashtirish imkonini bergan;
Andijon, Navoiy, Nukus, Samarqand, Sirdaryo Yoshlar texnoparklari asosiy faoliyat ko‘rsatkichlari asosida iqtisodiy samaradorlikning “yuqori” (2,25-3,00), “o‘rtadan yuqori” 
(1,75-2,24),  “o‘rta” (1,25-1,74), “quyi” (0-1,24) chegara diapazonlariga ko‘ra guruhlash orqali ularning to‘qimachilik korxonalariga ta’sir etish darajasini asoslash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Yoshlar texnoparklari reytingini yuritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 16-sentyabrdagi 02/17-3620-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida innovatsion infratuzilmalar faoliyatini baholash va ularning reytingini tuzish orqali tarmoq korxonalariga, xususan to‘qimachilik korxonalariga ta’sirini baholash imkonini berib, mazkur faoliyatni kompleks rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi qabul qilinishi natijasida innovatsion loyihalar soni 1,3 barobarga ortgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish