Gapparova Dildara Baxtiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifrlari (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda raqamlashtirish va avtomatlashtirish davrida iste’dodlarni boshqarish”, 08.00.13–Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/I733
Ilmiy rahbar: Karimov Farxod Po‘latovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universiteti, DSc.22/30.12.2019.I.85.01
Rasmiy opponentlar: Muradova Husniya Muhiddinovna,
iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Raxmanbaeva Roza Abduraxmanovna,
iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat bosqaruvi akademiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi:
O‘zbekistonda raqamlashtirish va avtomatlashtirish davrida iqtidorlarni boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra, Tornatskiy va Fleysherning “texnologik, tashkiliy va tashqi omillari” asosida iqtidorlarni samarali boshqarishning yangi modeli ishlab chiqilib, bunda tashkilotlardagi informatsion texnologiyalar (IT) infratuzilma, kadrlar bo‘limi xodimlarining IT salohiyati va top-menejment qo‘llab-quvvatlashining iste'dodlarni boshqarish samaradorligiga ta'siri raqamlarda tasdiqlandi;
O‘zbekistondagi kichik korxonalar iste’dodni jalb qilish, rivojlantirish va ushlab qolishda yirik tashkilotlarga nisbatan samarador ekani statistik dalillar bilan asoslanib, korxona hajmi va iste’dodlarni boshqarish natijalari o‘rtasida teskari proporsionallik aniqlandi (p-value=0,006; b=-0,161). Yirik va kichik korxonalarda iste’dodlarni samarali boshqarish strategiyalari bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqarildi;
Hofstedening “uzoq muddatli orientatsiya” mezoni texnologik omillar va iste’dodlarni boshqarish samaradorligi o‘rtasidagi bog‘liqlikka moderatsion ta’sir ko‘rsatishi aniqlanib, O‘zbekiston sharoitida iste’dodlarni samarali boshqarish va rivojlantirish jarayoni tashkilotlarning uzoq muddatli strategik yo‘nalganligi bilan bog‘liqligi asoslandi.
inson resurslari axborot tizimlari (HRIS) “texnologik-tashkiliy-tashqi omillar” va iste’dodlarni boshqarish samaradorligi o‘rtasida vositachi (mediator) sifatida ahamiyat kasb etishi ilmiy asoslandi, hamda inson resurslari texnologiyalarini O‘zbekistonda joriy etish va takomillashtirish bo‘yicha 2025-2030 yillar uchun y’ol xaritasi ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Raqamlashtirish va rabotlashtirish davrida iqtidorlarni boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra, Tornatskiy va Fleysherning “texnologik, tashkiliy va tashqi omillari” asosida iqtidorlarni samarali boshqarishning yangi modeli ishlab chiqilib, bunda tashkilotlardagi IT infratuzilma, kadrlar bo‘limi xodimlarining IT salohiyati va top-menejment qo‘llab-quvvatlashining iste'dodlarni boshqarish samaradorligiga ta'siri raqamlarda tasdiqlanishi “Angelsey Food” XK MChJ tomonidan Korzinka supermarketlar tarmog‘ida iste’dodlarni rivojlantrish strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Angelsey Food” XK MChJning 2025-yil 7-martdagi 732-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i maxsus texnik ta’minot va kadrlarning IT- salohiyatini rivojlantirishga ustuvor ahamiyat berishi, hamda yuqori rahbariyatning mustahkam ko‘magi kompaniyaning iqtidorli kadrlarni yollashi, rivojlantirishi va ushlab qolishidagi samaradorligini sezilarli darajada oshirdi. Kompaniya xodimlari ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun maxsus mentorlik dasturlari, hamda onlayn va oflayn o‘quv seminarlari tashkil etildi va 2024-yil 18-oktyabrda kompaniya HR bo‘yicha innovatsion amaliyotlari uchun respublika Emploer Brand Award & Summit 2024 (EMBRAS) da “Talent Development” (Iste’dodlarni rivojlantirish) mukofotiga sazovor bo‘lishiga erishilgan;
O‘zbekistondagi kichik korxonalar iste’dodni jalb qilish, rivojlantirish va ushlab qolishda yirik tashkilotlarga nisbatan samarador ekani statistik dalillar bilan asoslanib, korxona hajmi va iste’dodlarni boshqarish natijalari o‘rtasida teskari proporsionallik aniqlanganligi (p-value=0,006; b=-0.161), hamda yirik va kichik korxonalarda iste’dodlarni samarali boshqarish strategiyalari bo‘yicha amaliy tavsiyalarni qo‘llagan holda “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i eng yirik ish beruvchi kompaniyalardan biri sifatida innovatsion texnologiyalarni joriy etish va kompaniyada ishlashning asosiy afzalliklarini namoyish etish orqali istedodli xodimlarni ishga jalb qilishning yangi strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. (“Angelsey Food” XK MChJning 2025-yil 7-martdagi 732-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2023-yilda “Ishimiz yanada yaxshiroq!” loyihasi orqali istedodli kadrlarni jalb qilish va ularni kompaniyaning ichki treyning markazi orqali o‘qitib, ishga tayyorlash imkoniyati yaratildi va bu yangilik yirik reklama kompaniyasida targib qilindi. Loyiha ishga tushirilganidan so‘ng kompaniyaning ish izlovchilar oqimi besh baravarga ko‘paydi va nomzodlar anketalarining umumiy soni 35 mingga etdi. 3 oy ichida 1 640 nafar yangi istedodli xodimlar “Korzinka” supermarketlar tarmog‘ida ishga olinishiga erishildi;
Hofstedening “Uzoq muddatli orientatsiya” mezoni texnologik omillar va iste’dodlarni boshqarish samaradorligi o‘rtasidagi bog‘liqlikka moderatsion ta’sir ko‘rsatishi aniqlanib, O‘zbekiston sharoitida iste’dodlarni samarali boshqarish va rivojlantirish jarayoni tashkilotlarning uzoq muddatli strategik yo‘nalganligi bilan bog‘liqligi asoslanishi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining uzoq muddatli maqsadlarini belgilashda, asosiy e’tiborni xodimlarning strategik va texnologik bilimlarini oshirishga qaratilishiga sabab bo‘ldi. Natijada Palata doirasida kelajak uchun barqaror o‘sishga ko‘maklashuvchi iste’dodlarni boshqarish bo‘yicha yangi strategiya joriy etildi (O‘zbekiston Savdo-Sanoat Palatasining 2025-yil 17-martdagi 02-07-27-3029-son ma’lumotnomasi). Ma’lumotlarga asoslangan ushbu yondashuv uzoq muddatli maqsadlarga erishish, xususan, xodimlarning malakasini oshirish va tashkilotning doimiy rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan. 2024-yilda 50 nafar iqtidorli kadrlar bir qator xorijiy davlatlar, jumladan, Germaniya, Chexiya, Turkiya, Koreya, Pokiston kabi mamlakatlarga xorijiy tajriba orttirish uchun jo‘natildi;
inson resurslari axborot tizimlari (HRIS) "texnologik-tashkiliy-tashqi omillar” va iste’dodlarni boshqarish samaradorligi o‘rtasida vositachi (mediator) sifatida ahamiyat kasb etishi ilmiy asoslandi, hamda O‘zbekistonda inson resurslari texnologiyalarini joriy etish va takomillashtirish bo‘yicha 2025-2030 yillar uchun y’ol xaritasi ishlab chiqilishi “Korzinka” supermarketlar tarmog‘ida "Raqamlashtirilgan professional o‘sish” tizimini joriy etishda foydalanildi (“Angelsey Food” XK MChJning 2025-yil 7-martdagi 732-son ma’lumotnomasi). Natijada, “SAP SuccessFactors” elektron platformasi asosida kompaniya xodimlarining xizmat pog‘onalarida o‘sishining shaffofligi oshdi. Xodimlar soni yil davomida sezilarli darajada 27% ga oshdi va 2025-yil fevral holatiga ko‘ra, “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i tizimida 12,7 mingdan ortiq kishi ish bilan ta’minlandi.