Abduraxmatova Kamola Murodjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Qurilishni nazorat qilish va amalga oshirishda korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish”, “12.00.12 – Korrupsiya muammolari (yuridik fanlar)”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Yu997
Ilmiy rahbar: Aminjonova Matluba Ahmedovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, DSc.31/31.12.2020.Yu.67.01.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor Tillaboev Mirzatilla Alisherovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori Mamanov Sardorjon Sobir o‘g‘li.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Davlat yuridik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi qurilishni nazorat qilish va amalga oshirishda korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-nazariy xulosalar, amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
loyiha tashkiloti tomonidan buyurtmachiga qurilish-montaj ishlari davomida loyihaga muvofiq beriladigan majburiy ko‘rsatmalarni to‘liq bajarmaslik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishi to‘g‘risidagi taklif ilmiy asoslantirilgan;
ob’ektlarni qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining ruxsatnomasisiz qurish uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishi to‘g‘risidagi taklif ilmiy asoslangan;
qurilishi tugallangan binolar va inshootlardan foydalanishga doir ruxsatnoma berish hamda ularni foydalanishga qabul qilish qoidalarini buzish uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi to‘g‘risidagi taklif ilmiy jihatdan asoslantirilgan;
qurilishi tugallangan binolar va inshootlardan foydalanishga doir ruxsatnoma berish hamda ularni foydalanishga qabul qilish qoidalarini buzish va ob’ektlarni qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyalarining ruxsatnomasisiz qurish odam o‘lishiga yoxud boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi to‘g‘risidagi taklif ilmiy jihatdan asoslantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot asosida olingan natijalar quyidagilarda o‘z ifodasini topgan:
loyiha tashkiloti tomonidan buyurtmachiga qurilish-montaj ishlari davomida loyihaga muvofiq beriladigan majburiy ko‘rsatmalarni to‘liq bajarmaslik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishi to‘g‘risidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 99-moddasi 3-qismini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasining 2025 yil 03 iyundagi 04/7-10-6-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi qurilishdagi korrupsiyaviy xatti-harakatlar, xususan sifatsiz materiallar qo‘llash, noqonuniy kelishuvlar, loyiha hujjatlari va shaharsozlik qonunlariga rioya qilmaslik holatlarini oldini olish orqali binolar va inshootlar sifati va xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilgan.
ob’ektlarni qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining ruxsatnomasisiz qurish uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishi to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 99-moddasi 9-qismiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasining 03.06.2025 yildagi 04/7-10-6-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi qurilishga ruxsatnoma olish jarayonida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaviy xatti-harakatlar, xususan pora, noqonuniy (ruxsatsiz) qurilishlar bo‘yicha kelishuvlar va ko‘z yumish holatlarining oldini olish orqali shaharsozlik qonunlariga qat’iy rioya qilinishi hamda davlat nazorati samaradorligini ta’minlashga xizmat qilgan.
qurilishi tugallangan binolar va inshootlardan foydalanishga doir ruxsatnoma berish hamda ularni foydalanishga qabul qilish qoidalarini buzish uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2293-moddasining 1-qismini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasining 03.06.2025 yildagi 04/7-10-5-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilishdagi korrupsiyaviy xatti-harakatlar hamda qurilishi tugallanmagan ob’ektlardan noqonuniy foydalanishga yo‘l qo‘yilishini oldini olish va davlat nazorati samaradorligini ta’minlashga xizmat qilgan.
qurilishi tugallangan binolar va inshootlardan foydalanishga doir ruxsatnoma berish hamda ularni foydalanishga qabul qilish qoidalarini buzish va ob’ektlarni qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyalarining ruxsatnomasisiz qurish odam o‘lishiga yoxud boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2293-moddasining 6-qismini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasining 03.06.2025 yildagi 04/7-10-5-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi qurilishda huquqiy nazorat va javobgarlikni kuchaytirish, ob’ektni foydalanishga ruxsat berishdagi korrupsiyaviy xatti-harakatlar va qonun buzilishlariga qarshi qat’iy choralarni ta’minlash, binolar sifati, inson hayoti hamda salomatligini huquqiy jihatdan ta’minlashga xizmat qiladi.