Numonjonova Nargiza Ashuralievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kichik biznesni rivojlanishida investisiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari  (Andijon viloyati misolida)», 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt4827.
Ilmiy rahbar: Jo‘raxonov Muzaffar Eskandarovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat texnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, PhD.03/27.05.2020.I.66.03.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Baxriddin Juraevich,  iqtisodiyot fanlari doktori, professor;   Umronov Eldor Sodirovich iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Andijon viloyatida kichik biznesni rivojlantirishda investisiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
uslubiy yondashuvga ko‘ra “kichik biznes investisiya samaradorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni kapital qo‘yilmalar qo‘shimcha o‘zgarishi bilan yangi ish o‘rinlari hamda ishchi kuchining sohalar kesimida maqbul taqsimotiga qaratilgan ijtimoiy mezonlar hisobiga takomillashtirilgan;
kichik biznesga yo‘naltirilgan kapital hajmi, ish bilan bandlik qo‘shimcha o‘sishi va yangi ish o‘rinlarini oshirish jarayonlari o‘zaro tarkibiy elementlarini maqbul uyg‘unlashtirish hisobiga yomon [0≤〖IS〗_t^ ≤0,30], o‘rta [0,31≤〖IS〗_t^ ≤0,55], yaxshi [0,56≤〖IS〗_t^ ≤0,70], yuqori [0,71≤〖IS〗_t^ ≤1,0] oraliqlarga ko‘ra investisiya samaradorligini baholash takomillashtirilgan;
kichik biznesda asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investisiyalarning sohadagi mehnat salohiyati, infratuzilma faoliyati, YaHM ni o‘sish sur’ati hamda kichik biznesni YaHM dagi ulushi mezonlari bilan bog‘liqligi trend model [Y= 0,05534+0,01411X1+0,0484X2+0,05013X3+0,04512X4] orqali asoslangan; 
kichik biznes sohasiga jalb qilingan investisiyalar o‘sish tendensiyalarining 2030-yilga qadar  prognoz ko‘rsatkichlari oddiy, optimistik va pessimistik ssenariylar asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Kichik biznesni rivojlanishida investisiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “kichik biznes investisiya samaradorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni kapital qo‘yilmalar qo‘shimcha o‘zgarishi bilan yangi ish o‘rinlari hamda ishchi kuchining sohalar kesimida maqbul taqsimotiga qaratilgan ijtimoiy mezonlar hisobiga takomillashtirilgan. Ushbu taklif “Andijon viloyatini 2025-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi”ni tayyorlashda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 27-oktabr  06-10-33-17015-son ma’lumotnomasi, Andijon viloyati iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 8-oktyabrdagi 04/05-18-/198-son ma’lumotnomasi). Mazkur baholash usulini amaliyotga joriy etish,  Andijon viloyati bo‘yicha kichik biznesga yo‘naltirilgan investisiyalarning jami investisiyalarga nisbatan ulushini 1 foizga o‘sishi, kichik biznesning bandlardagi ulushini o‘rtacha 1,13  foizga, aholi daromadlarini o‘rtacha 7,3 birlikka oshirish imkoniyatini yaratgan;
kichik biznesga yo‘naltirilgan kapital hajmi, ish bilan bandlik qo‘shimcha o‘sishi va yangi ish o‘rinlarini oshirish jarayonlari o‘zaro tarkibiy elementlarini maqbul uyg‘unlashtirish hisobiga yomon [0≤〖IS〗_t^ ≤0,30], o‘rta [0,31≤〖IS〗_t^ ≤0,55], yaxshi [0,56≤〖IS〗_t^ ≤0,70], yuqori [0,71≤〖IS〗_t^ ≤1,0] oraliqlarga ko‘ra investisiya samaradorligini baholash takomillashtirilgan. Undan “Andijon viloyatini 2025-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi”ni tayyorlashda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 27-oktabr  06-10-33-17015-son ma’lumotnomasi, Andijon viloyati iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 8-oktyabrdagi 04/05-18-/198-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida  Andijon viloyati hokimligi tomonidan kichik biznesga yo‘naltirilgan investisiyalarning tarkibidagi o‘zgarish “yomon” darajada bo‘lgan hududlarga, jumladan,  Baliqchi, Bo‘ston, Buloqboshi, Jalaquduq, Marhamat, Paxtaobod hamda Xo‘jaobod  tumanlarida  faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes subektlariga investisiyalar oqimini oshirish uchun  keng imtiyozlar taqdim etish asoslangan;
kichik biznesda asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investisiyalarning sohadagi mehnat salohiyati, infratuzilma faoliyati, YaHM ni o‘sish sur’ati hamda kichik biznesni YaHM dagi ulushi mezonlari bilan bog‘liqligi trend model [Y = 0,05534+0,01411X1+0,0484X2+0,05013X3+0,04512X4] orqali asoslangan, undan “Andijon viloyatini 2025-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi”ni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 27-oktabr  06-10-33-17015-son ma’lumotnomasi, Andijon viloyati iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 8-oktyabrdagi 04/05-18-/198-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif asosida Andijon viloyatida kichik biznesni rivojlanishida investisiyalardan foydalanish samaradorligini oshirishga hamda viloyat bo‘yicha tahliliy materiallarni tayyorlashga erishilgan;
kichik biznes sohasiga jalb qilingan investisiyalardan samarali foydalanish hisobiga kichik biznes rivojlanishini 2030-yilga qadar prognoz parametrlaridan “Andijon viloyatini 2025-2030-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasi”ni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 27-oktabr 06-10-33-17015-son ma’lumotnomasi, Andijon viloyati iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 8-oktyabrdagi 04/05-18-/198-son ma’lumotnomasi). Kichik biznes sohasiga jalb qilingan investisiyalar o‘sish tendensiyalari asosida vaqt omiliga bog‘liq trend modelidan “Andijon viloyatining 2025-2030-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasi” istiqbol ko‘rsatkichlarini belgilashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish