Umirov Xurshid Islomovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Byudjet daromadlarini shakllantirishda mol-mulk solig‘ini undirish mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4137. 
Ilmiy rahbar: Qiyosov Sherzod Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kunarov Ruslan Rustamovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: byudjet daromadlarini shakllantirishda mol-mulk solig‘ining ahamiyatini oshirishning ilmiy muammolarini hal qilish va O‘zbekiston Respublikasida mol-mulkni soliqqa tortish tizimini isloh qilish bo‘yicha uslubiy vositalar va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yuridik shaxslarning mol-mulki hisoblangan binolar uchun soliq  solinadigan baza sifatida har bir kvadrat metrga mutlaq qiymatda eng kam miqdorlarni belgilash taklif etilgan; 
energiya tejovchi va muqobil energiya manbalaridan foydalanishni rag‘batlantiruvchi imtiyozlar natijasida mahalliy byudjetlar yo‘qotishlarini qoplash maqsadida mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish asosida soliq bazasini va soliq stavkalarini belgilash asoslangan;  
soliq solinadigan bazani indeksatsiyalash va bir kvadrat metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatdan kelib chiqib aniqlash tartibi saqlab qolingan holda yuridik shaxslar mol-mulk solig‘i stavkasini pasaytirib borish asoslangan;
yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i va jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i stavkalarini inflyasiya darajasida indeksatsiya qilib borish asosida mahalliy byudjet daromadlari va soliq yuki barqarorligini ta’minlash taklif etilgan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Byudjet daromadlarini shakllantirishda mol-mulk solig‘ining ahamiyatini oshirish masalalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i miqdorini aniqlashda binolar uchun soliq solinadigan baza 1 kvadrat metr uchun mutlaq qiymatda belgilangan quyidagi eng kam miqdorlardan (Toshkent shahrida - 3 mln so‘m (ilgari 2,5 mln so‘m edi), Nukus va viloyat markazlarida - 2 mln so‘m (1,5 mln so‘m), boshqa shaharlar va qishloq joylarda - 1,2 mln so‘m (1 mln so‘m))dan past bo‘lmasligiga oid taklifi “Soliq va byudjet siyosatining 2024 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-891-sonli O‘zbekiston Respublikasining Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan va amaldagi Soliq sodeksining 412-moddasining 1-bandida keltirilgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025 yil 17 iyundagi 41-7-13271-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi bilan 2024 yil davomida bu toifaga mansub soliq to‘lovchilarning yuridik shaxslar mol-mulk solig‘ining bazasi 12,8 foizga oshdi; 
energiya tejovchi va muqobil energiya manbalaridan foydalanishni rag‘batlantirish maqsadida mol-mulk solig‘idan imtiyozlar berish tadbirlari orqali mahalliy byudjetlar yo‘qotishlarini qoplash manbalarini qidirib topish, soliq solish maqsadida mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish va mol-mulk solig‘i stavkalarini shu asosda qayta ko‘rib chiqishga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan 26 iyun 2024 yilda ishlab chiqilgan “2025-2027 yillarga mo‘ljallangan Fiskal Strategiya”ning “o‘rta muddatli davr uchun soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari”da inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025 yil 17 iyundagi 41-7-13271-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi natijasida 2025-2026 yillar davomida soliq solish maqsadida mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash uslubiyoti va uning mezonlari ishlab chiqilishi hamda 2027 yildan ushbu tizimni  bosqichma-bosqich joriy etish va mol-mulk solig‘i stavkalarini shu asosda qayta ko‘rib chiqilishi natijasida mahalliy byudjetlar o‘z daromadlari bazasining 15,6 foizga o‘sishi, yuridik shaxslar mol-mulkidan olinadigan soliq bazasining 13,7 foizga, jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘i bazasining esa 11,2 foizga kengayishi tahmin qilinmoqda; 
yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i bo‘yicha soliq solinadigan bazani indeksatsiyani inobatga olgan holda aniqlanadigan, 1 kv.metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatdan kelib chiqib aniqlash tartibini saqlab qolish va kelgusida soliq bazasi imkoniyatlarini baholab borishga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “2023-2025 yillarga  mo‘ljallangan Fiskal Strategiya”da inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025 yil 17 iyundagi 41-7-13271-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2023 yildan boshlab yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i stavkasini bosqichma-bosqich pasaytirish amaliyotiga o‘tilishi kelgusi o‘rta muddatli davrda fiskal siyosat makroiqtisodiy va fiskal barqarorlikni ta’minlashga, investisiyaviy jozibadorlikni oshirish, uzoq muddatli inklyuziv iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratildi va 2023 yil yakuni bo‘yicha 81,3 mlrd so‘m, 2024 yil yakuni bo‘yicha esa 109,8 mlrd so‘m mablag‘ soliq to‘lovchilar ixtiyorida qolishi ta’minlandi;
 yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i va jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i stavkalarini inflyasiya darajasida indeksasiya qilib borishga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan 26 iyun 2024 yilda ishlab chiqilgan “2025-2027 yillarga mo‘ljallangan Fiskal Strategiya”ning “o‘rta muddatli davr uchun soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari”ning “Atrof muhitni asrashni rag‘batlantirish maqsadida resurs solig‘i stavkalarini qayta ko‘rib chiqish” bandi da inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025 yil 17 iyundagi 41-7-13271-sonli ma’lumotnomasi).  Mazkur taklifning inobatga olinishi natijasida 2025 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasining 10-sonli «Ko‘chmas mulk qiymatini baholash» yagona milliy standartiga inflyasiya omilining e’tiborga olinishi xaqidagi o‘zgartirish kiritildi va yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i va jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i stavkalarini inflyasiya darajasida indeksasiya  qilib borish tartibining soliq amaliyotiga joriy etilishi natijasida mahalliy byudjetlar daromad bazalarida mazkur soliqdan tushumlar ishtirokini ta’minlashda 2025 yilda 8 %, 2026 va 2027 yillarda esa yiliga 6 %dan qo‘shimcha rezerv yaratiladigan bo‘ldi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish