Jabbarova Dilshoda Zokirjon qizining  falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Individual yondashuv asosida  iqtidorli  o‘quvchilar  ijodkorligini rivojlantirish texnologiyalari (fan to‘garaklari misolida)”, 13.00.02  Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2025.1.PhD/Ped2371 
Ilmiy rahbar: Muminova Dilafro‘z Akbaralievna pedagogika fanlari doktori, professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Pedagogika fanlari doktori(DSc), professor Xujamberdieva Shahnoza Ko‘paysinovna,  Pedagogika fanlari doktori, professor Kazieva Turg‘unoy Tursunbaevna
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Individual yondashuv asosida  iqtidorli o‘quvchilar ijodkorligini rivojlantirish texnologiyasini  takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Individual yondashuv asosida  iqtidorli o‘quvchilar ijodkorligini rivojlantirishning bosqichlari (tayyorgarlik, ijodiy-izlanishli, ijodiy-amaliy va yakuniy) va tarkibiy tuzilmasi aniqlanib, didaktik shart-sharoitlarni modernizatsiyalashga ustuvorlik berish orqali ijtimoiy-pedagogik zaruriyat ekanligi asosli, malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi takomillashtirilgan; 
iqtidorli o‘quvchilar ijodkorligiga ta’sir etuvchi omillar, pedagogik imkoniyatlarni namoyon bo‘lishi ta’lim muhitida diagnostika qilish mezonlari, taksonomik koʻrsatkichlari va belgilangan maqsadga moslik darajalari ilmiy asoslangan; 
Individual yondashuv asosida  iqtidorli o‘quvchilar ijodkorligini rivojlantirish modeli ijodiy-pedagogik texnologiyalarni modifikatsion loyihalash va produktogenlik darajasi intensifikatsiyasi ekstensivligi va intensivligi pedagogik kontekstda tashkiliy-pedagogik muhitni barqaror rivojlantirish asosida takomillashtirilgan; 
iqtidorli o‘quvchilar ijodkorligini rivojlantirishning o‘quv-uslubiy ta’minoti (ijodkorlikka doir muammoli vaziyat, echimlar banki) ko‘ra metodik ta’minlashning uzviylik va uzlyuksizlikka asoslangan nazariy va amaliy faoliyat uyg‘unligi asosida amaliy- metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Individual yondashuv asosida  iqtidorli  o‘quvchilar  ijodkorligini rivojlantirish texnologiyasi tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida: 
individual yondashuv asosida iqtidorli o‘quvchilar ijodkorligini rivojlantirishning pedagogik komponentlari (baholash mezonlari va aniqlash indikatorlari, o‘quvchi kompetentlik darajasi, o‘qituvchining innovatsion faoliyati) hamda ta’lim sifatiga ta’sir qiluvchi omillar (ta’lim mazmuni, ob’ekt va sub’ekt munosabati, texnologik, ijtimoiy, iqtisodiy) davlat ta’lim standartlari va buyurtmachilar talablarini integratsiyalash asosida aniqlashtirishga doir ilmiy metodik taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan 
A-OT-202-461 raqamli “Umumta’lim muassasalarida moliyaviy savodxonlik asoslari va qimmatli qog‘ozlar bozorini o‘rganish bo‘yicha multimediya texnologiyalariga asoslangan o‘quv kursi platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 10-iyundagi 04/11-7253-sonli ma’lumotnomasi). Natijada individual yondashuv asosida  iqtidorli o‘quvchilar ijodkorligini samaradorligini oshirishga erishilgan;
individual yondashuv asosida iqtidorli o‘quvchilar ijodkorligini rivojlantirishda ta’lim turlarining o‘zaro bog‘liq tarkibiy bo‘limlari (gorizontal, vertikal) va o‘ziga xos integral belgilari (ijro, nazorat, natija)dan iborat ta’lim sifatini oshirishga mo‘ljallangan innovatsion yondashuv tuzilmasini modellashtirish tamoyillari (uzviylik, normativlik, ilmiylik, izchillik, universallik)  asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalari “Pedagogik atamalar“ nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-sonli buyrug‘i, №391311-raqamli guvohnomasi). Natijada individual yondashuv asosida  iqtidorli o‘quvchilar ijodkorligini rivojlantirishda o‘quv  qo‘llanma mazmuniga pedagogik-innovatsion atamalarni kiritish asosida takomillashtirilgan;
individual yondashuv asosida iqtidorli o‘quvchilar ijodkorligini rivojlantirish tamoyillari (muvofiqlik, tizimlilik, barqarorlik, sinergetik, moslashuvchanlik)ga asoslangan tezkor aloqa, hududiy yaxlitlik hamda 
“Ijodkorlar” to‘garagining imkoniyatlari (metodik, didaktik, texnologik, motivatsion)ga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif-tavsiyalar, xulosalar va ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2025-yil mart va avgust oylaridagi “Millat va ma’naviyat”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim va taraqqiyot” ko‘rsatuvlari dasturlarini samarali tashkil etishda, ularning dastur va ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi“ davlat muassasasining 2025-yil 26-avgustdagi № 05-09-1366-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuvlar dastur va ssenariylari mazmunan boyib, individual yondashuv asosida  iqtidorli o‘quvchilar ijodkorligini o‘zaro muloqot jarayonlarida nazariy va amaliy ko‘nikmalarining shakllanishi hamda rivojlanishiga asos bo‘lgan;
individual yondashuv asosida  iqtidorli o‘quvchilar ijodkorligini rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyojni mahalliy sharoitga mos, tizimlararo manfaatdorlik tamoyillari (maqsad umumiyligi, manfaatlar xususiyligi)ga ko‘ra ta’minlashning uzviylik va uzlyuksizlikka asoslangan nazariy va amaliy faoliyat uyg‘unligi asosida amaliy-metodik tavsiyalari shlab chiqilgan bo‘lib, (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi respublika ta’lim markazining 2025-yil.27 iyundagi 01/11-6-412-son raqamli ma’lumotnomasi). Natijada individual yondashuv asosida  iqtidorli o‘quvchilar ijodkorligini rivojlantirish mazmuni takomillashtirilgan Natijada tadqiqot asosida iqtidorli o‘quvchilar kompetentlik darajasining oshishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish