Abdunazarov Shohruh Akrom o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Jismoniy shaxslarni kreditlash jarayonini raqamlashtirish va sun’iy intellektni joriy etish asosida takomillashtirish metodologiyasi», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Iqt6289.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy daraja va unvoni: Abduraxmanov Kalandar Xodjaevich, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01
Rasmiy opponentlar: Xamidulin Mixail Borisovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xasanov Durbek Nishanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Raxmonov Dilshod Alidjonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Xalqaro Nordik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: raqamlashtirish sharoitida jismoniy shaxslarni kreditlash jarayonini takomillashtirish, zamonaviy moliyaviy texnologiyalarni joriy etish asosida metodologiya va kredit tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-nazariy va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklarining korporativ mijozi bo‘lgan korxonalarda ishlovchi jismoniy shaxslarga iste’mol kreditlarini 0,5–2,0 %ga arzonlashtirilgan holda berish metodologiyasi ilmiy jihatdan asoslab berilib, ish haqi doimiy va bank orqali rasmiylashtirilgan holda to‘lanadigan mijozlar uchun xavf darajasi past deb baholanishiga ko‘ra imtiyozli shartlar taklif etilgan;
kredit tashkilotlari xavfsizligini ta’minlash va mijozlar uchun engillashtirilgan shartlarda kredit olish imkonini kengaytirishda kredit oluvchi jismoniy shaxs tomonidan ko‘chmas mulk obekti bank huzuridagi affilirlangan sug‘urta kompaniyasi orqali sug‘urta qilinishiga ko‘ra garov sifatidagi mulk qiymatining 90,0% miqdorida kredit ajratishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
jismoniy shaxslarning kreditga layoqatliligini kompozit «raqamli iz» indikatorlari asosida sun’iy intellekt (SI) yordamida baholash va onlayn platformalar orqali avtomatik mikrokredit ajratish ilmiy asoslandi, shu asosda e-KYC (elektron mijozni bilish), bashoratiy tahlil, tabiiy tilni qayta ishlash, chat-botlari va biznes-qoidalarni boshqarish tizimini (BRMS) uyg‘unlashtiruvchi mualliflik “Raqamli Skoring – Mikrokreditlash Integratsiya Modeli” (RS–MIM) taklif etilgan;
kreditlashga Predictive analytics texnologiyalari va NLP asosidagi chat-botlarni joriy etish sharoitida mijozlar bilan avtomatlashtirilgan muloqot va ma’lumot yig‘ish tizimini tashkil qilishda jismoniy shaxslarga berilgan kreditlar bo‘yicha muddatida to‘lanmagan kreditlar ulushini kamaytirish imkoniyatlari asoslab berilgan;
jismoniy shaxsning ijobiy kredit tarixi va oylik ish haqi amaldagi mamlakat o‘rtacha ish haqidan ikki barobar yuqori bo‘lgan hollarda, ularga ipoteka va avtokreditlar ajratishda oldindan to‘lov talabini bekor qilish asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamlashtirish sharoitida kredit tashkilotlarining jismoniy shaxslarni kreditlash jarayonini takomillashtirish metodologiyasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tijorat banklarining korporativ mijozi bo‘lgan korxonalarda ishlovchi jismoniy shaxslarga iste’mol kreditlarini 0,5–2,0 %ga arzonlashtirilgan holda berish metodologiyasi ilmiy jihatdan asoslab berilib, ish haqi doimiy va bank orqali rasmiylashtirilgan holda to‘lanadigan mijozlar uchun xavf darajasi past deb baholanishiga ko‘ra imtiyozli shartlar bo‘yicha taklif AT «Xalq banki»ning «O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki tizimida jismoniy shaxslarga kreditlar ajratish to‘g‘risida»gi tartibini ishlab chiqishda foydalanilgan (AT «Xalq banki»ning 2024-yil 24-sentyabrdagi 24-23/5076-sonli ma’lumotnomasi). Taklif bankning kredit portfeli tarkibida jismoniy shaxslarga beriladigan kreditlar hajmi 2024-yil 1-iyul holatiga 32,0% tashkil etib, o‘tgan hisobot davriga nisbatan 4,5%ga ortishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
kredit tashkilotlari xavfsizligini ta’minlash va mijozlar uchun engillashtirilgan shartlarda kredit olish imkonini kengaytirishda kredit oluvchi jismoniy shaxs tomonidan ko‘chmas mulk obekti bank huzuridagi affilirlangan sug‘urta kompaniyasi orqali sug‘urta qilinishiga ko‘ra garov sifatidagi mulk qiymatining 90,0% miqdorida kredit ajratishning maqsadga muvofiqligi taklifi AT «Xalq banki» «Xalq banki kreditlash tartibi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (AT «Xalq banki»ning 2024-yil 24-sentyabrdagi 24-23/5076-sonli ma’lumotnomasi). Taklif mijozlar uchun engillashtirilgan shartlarda kredit olish imkonini kengaytirish va AT «Xalq banki» kreditlari yordamida yaratilgan yangi ish joylari 2024-yil 1-iyul holatiga o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,0%ga o‘sishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
jismoniy shaxslarning kreditga layoqatliligini kompozit «raqamli iz» indikatorlari asosida sun’iy intellekt (SI) yordamida baholash va onlayn platformalar orqali avtomatik mikrokredit ajratish ilmiy asoslandi, shu asosda e-KYC (elektron mijozni bilish), bashoratiy tahlil, tabiiy tilni qayta ishlash, chat-botlari va biznes-qoidalarni boshqarish tizimini (BRMS) uyg‘unlashtiruvchi mualliflik “Raqamli Skoring – Mikrokreditlash Integratsiya Modeli” (RS–MIM) takliflar AT «Xalq banki»ning «O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki tizimida jismoniy shaxslarga kreditlar ajratish to‘g‘risida»gi tartibiga tegishli qo‘shimchalar kiritish asosida foydalanilgan (AT «Xalq banki»ning 2024-yil 24-sentyabrdagi 24-23/5076-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bankning jismoniy shaxslarga 2024-yilning o‘tgan olti oyida bergan uzoq muddatli kreditlari summasi 15 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning aynan shu davrida berilgan kreditlar hajmidan 23,0% ortishga erishilgan;
kreditlashga Predictive analytics texnologiyalari va NLP asosidagi chat-botlarni joriy etish sharoitida mijozlar bilan avtomatlashtirilgan muloqot va ma’lumot yig‘ish tizimini tashkil qilishda jismoniy shaxslarga berilgan kreditlar bo‘yicha muddatida to‘lanmagan kreditlar ulushini kamay-tirish imkoniyatlari bo‘yicha takliflar AT «Xalq banki»ning «O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki tizimida jismoniy shaxslarga kreditlar ajratish to‘g‘risida»gi tartibiga tegishli qo‘shimchalar kiritish asosida foydalanilgan (AT “Xalq banki”ning 2024-yil 24-sentyabrdagi 24-23/5076-sonli ma’lumotnomasi). Taklif xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, arizalarni ko‘rib chiqish tezligini oshirish hamda jismoniy shaxslarga berilgan kreditlar bo‘yicha muddatida to‘lanmagan kreditlar ulushini 2024-yil 1-iyul holatiga o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,1%ga kamaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
jismoniy shaxsning ijobiy kredit tarixi va oylik ish haqi amaldagi mamlakat o‘rtacha ish haqidan ikki barobar yuqori bo‘lgan hollarda, ularga ipoteka va avtokreditlar ajratishda oldindan to‘lov talabini bekor qilish taklifi AT «Xalq banki»ning faoliyatiga joriy qilingan (AT «Xalq banki»ning 2024-yil 24-sentyabrdagi 24-23/5076-sonli ma’lumotnomasi). Taklif tijorat banklari va qarz oluvchilarning o‘zaro ishonchni oshirishga, kredit mahsulotlariga kirish imkoniyatini kengaytirishga hamda bankning operatsion xarajatlarini 2024-yil 1-iyulda o‘tgan hisobot davrining shu davriga nisbatan 12,0% kamayishiga va mijozlarning bank xizmatlaridan qoniqish ko‘rsatkichini 1,5 marotabaga oshrishga muayyan darajada xizmat qilgan.