Isroilova Ruhshona Sunnatovnaning fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumot 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): “Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish metodikasi (Ona tili – o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi fani misolida)” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Ped1069.
Ilmiy maslahatchi: Eshonqulova Surayyo Isomiddinovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09. raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash 
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori, professor Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor Maxmudova Dilfuza Melievna, filologiya fanlari doktori, dotsent Safarov Firuz Sulaymonovich.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak o‘qituvchilarning ijodiy qobiliyatini oshirish, refleksiv, tadqiqotchilik, ijtimoiy faollik, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik shartlari, tayyorgarlik darajalari raqamli ta’lim texnologiyalari va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning mashg‘ulotlarni loyihalashga oid kreativ faolligini oshirish va kompetentligini rivojlantirish texnologiyasi raqamli ta’lim platformalarini mutaxassislik fanlar ta’limiga adaptiv yo‘naltirishning tashkiliy-tuzilmaviy modelini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning metodik tuzilmasiga mazmunli, jarayonli, tashkiliy, integrativ komponentlari amaliy yo‘naltirilgan loyihaviy ta’lim sharoitida Flipped Classroom, aralash ta’lim texnologiyasi va giperbog‘lanishli raqamli o‘quv vositalari bilan qayta aloqasi natijaviyligini bevosita ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida “Ona tili-o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi” fani mashg‘ulotlarini o‘quv-tashkiliy tuzilmasi onlayn mantiqiy fikrlashini rivojlantirishga va vebga moslashtirilgan o‘quv vositalarni innovatsion faoliyatiga, ona tili va uni o‘qitish savodxonligiga doir topshiriqlarga moslash orqali bo‘lajak o‘qituvchilarda o‘z-o‘zini shakllantirish kompetentligini amaliy yo‘naltirilgan didaktik omillari raqamli yondashuvga ko‘ra takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning mustaqil ta’limini tashkil etish tuzilmasini texnologik komponenti “Ona tili-o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi” fanini o‘qitishga doir to‘rt bosqichli raqamli ta’lim texnologiyasini qo‘llash tamoyillari motivatsion, ijodiy, kognitiv, tadqiqotchilik yoshdashuvi  asosida takomillashtirilgan.
IV, Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
oliy ta’lim muassasalarining “Boshlang‘ich ta’lim” ta’lim yo‘nalish talabalari uchun “Pedagogik mahorat”, “Ona tili o‘qitish metodikasi”  va “Ona tili – o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi” nomli darsliklari hamda  “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishda raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish nazariyasi va amaliyoti” nomli monografiya ishlab chiqilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishga mo‘ljallangan ta’lim platformasi ishlab chiqilgan va unda didaktik o‘quv vositalar shakllantirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning ijodiy qobiliyatini oshirishga mo‘ljallangan “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanidan elektron qo‘llanma” va “Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fanidan elektron qo‘llanma” nomli didaktik  ta’minot ishlab chiqilgan va o‘quv jarayoniga joriy etilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning mutaxassislik fanlardan mashg‘ulotlarni raqamli ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etish metodikasi ishlab chiqilgan va o‘quv jarayoniga tadbiq qilingan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning mustaqil ta’limini tashkil etish tuzilmasi ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish metodikasiga doir tadqiqot natijalari asosida:
oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak o‘qituvchilarning ijodiy qobiliyatini oshirish, refleksiv, tadqiqotchilik, ijtimoiy faollik, kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishning pedagogik shartlari, tayyorgarlik darajalari raqamli ta’lim texnologiyalari va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida aniqlashtirish hamda bo‘lajak o‘qituvchilarning mashg‘ulotlarni loyihalashga oid kreativ faolligini oshirish va kompetentligini rivojlantirish texnologiyasi raqamli ta’lim platformalarini mutaxassislik fanlar ta’limiga adaptiv yo‘naltirishning tashkiliy-tuzilmaviy modelini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Pedagogik mahorat” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 429-son buyrug‘i 429-668 raqamli guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishni metodik tuzilmasiga mazmunli, jarayonli, tashkiliy, integrativ komponentlari amaliy yo‘naltirilgan loyihaviy ta’lim sharoitida Flipped Classroom, aralash ta’lim texnologiyasi va giperbog‘lanishli raqamli o‘quv vositalar bilan qayta aloqasi natijaviyligini bevosita ta’minlash orqali takomillashtirishga oid takliflar “Ona tili o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son buyrug‘i 68-753 raqamli guvohnomasi). Bu takliflar asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning mutaxassislik fanlardan mashg‘ulotlarni tashkil etish metodikasini takomillashtirishga erishilgan;
oliy ta’lim muassasalarida “Ona tili-o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi” fani mashg‘ulotlarini o‘quv-tashkiliy tuzilmasi onlayn mantiqiy fikrlashini rivojlantirishga va vebga moslashtirilgan o‘quv vositalarning innovatsion faoliyatiga, ona tili va uni o‘qitish savodxonligiga doir topshiriqlarga moslash orqali bo‘lajak o‘qituvchilarda o‘z-o‘zini shakllantirish kompetentligini amaliy yo‘naltirilgan didaktik omillari raqamli yondashuvga ko‘ra takomillashtirishga oid takliflar “Ona tili - o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-son buyrug‘i 717959 raqamli guvohnomasi). Ushbu takliflar “Ona tili-o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi” fani mashg‘ulotlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning mustaqil ta’limini tashkil etish tuzilmasini texnologik komponenti “Ona tili-o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi” fanini o‘qitishga doir to‘rt bosqichli raqamli ta’lim texnologiyasini qo‘llash tamoyillari motivatsion, ijodiy, kognitiv, tadqiqotchilik yondashuvi  asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2020042022-raqamli “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” nomli amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 11-sentyabrdagi 01/04-6517 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning mustaqil ta’limini takomillashtirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish