Yakubov Zohidjon Baxtiyor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Buxoro Shashmaqomining Savt va Mo‘g‘ulcha sho‘balari”, 17.00.02 – Musiqa san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/San141.
Ilmiy rahbar: Ibrohimov Oqilxon Akbarovich, san’atshunoslik fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: San’atshunoslik instituti, DSc.02/30.12.2019.San.51.01.
Rasmiy opponentlar: Azimova Arzu Nishanovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor; Mulladjanov Davlat Mavlonovich, san’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Shashmaqom turkumidagi Savt va Mo‘g‘ulcha sho‘balarining ichki hamda tashqi aloqalarini, ya’ni ularning Shashmaqom ashula bo‘limi birinchi guruh sho‘balari hamda Farg‘ona-Toshkent mahalliy uslubiga, xususan, Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llariga aloqadorlik jihatlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Shashmaqom turkumidagi Savt va Mo‘g‘ulcha sho‘balarini Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llariga nazira sifatida bastalash an’anasi asosan besh qismdan iborat bo‘lgan turkum tuzilishi: savt/mo‘g‘ulcha, talqincha, qashqarcha, soqiynoma, ufar hamda shu nomdagi doyra usullarining qo‘llanilishi kabi jihatlar vositasida vujudga kelgani dalillangan;
Savt va Mo‘g‘ulcha sho‘balarining paydo bo‘lishi, ularning tuzilishida qat’iy hamda barqaror bo‘lgan Shashmaqom ashula bo‘limining Saraxbor, Talqin, Nasr ashula yo‘llari bilan bir qatorda, Farg‘ona-Toshkent mahalliy uslubi (maqom yo‘llari)ning nisbatan erkinroqligi, tuzilishi jihatidan tarqoqlik xususiyatiga egaligi, xalqchilligi sababli Savt va Mo‘g‘ulchalarga asos bo‘lganligi isbotlangan;
Shashmaqomdagi Savt va Mo‘g‘ulcha turkumlari orasidan Savti Sabo, Savti Chorgoh, Mo‘g‘ulchai Buzruk, Mo‘g‘ulchai Navo, Mo‘g‘ulchai Dugoh kabilar ashula bo‘limining birinchi guruh sho‘balariga, Savti Sarvinoz, Savti Kalon, Soqiynomai Mo‘g‘ulchai Segoh kabilar esa, Farg‘ona-Toshkent mahalliy uslubiga mansub bo‘lgan Abdurahmonbegi, Qalandar, Nasri Segoh kabi ashula yo‘llari hamda cholg‘u kuylariga nazira sifatida bastalangani asoslangan;
Buxoro Shashmaqomining yangi nota namunalari, xususan, A.Boboxonov chop ettirgan nota to‘plamida Savt hamda Mo‘g‘ulcha sho‘balari paydo bo‘lishining Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llariga aloqadorligi Savti Girya, Mo‘g‘ulchai Navo (Karimqulbegi) kabi sho‘balar orqali isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buxoro Shashmaqomining Savt va Mo‘g‘ulcha sho‘balari tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Shashmaqom turkumidagi Savt va Mo‘g‘ulcha sho‘balarini Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llariga nazira sifatida bastalash an’anasi asosan besh qismdan iborat bo‘lgan turkum tuzilishi, savt, mo‘g‘ulcha, talqincha, qashqarcha, soqiynoma, ufar nomli doyra usullarining qo‘llanilishi kabi jihatlar vositasida vujudga kelgani hamda Savt va Mo‘g‘ulcha sho‘balarining paydo bo‘lishi, ularning tuzilishida Shashmaqom ashula bo‘limining Saraxbor, Talqin, Nasr ashula yo‘llari bilan bir qatorda, Farg‘ona-Toshkent mahalliy uslubi, xususan, Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llarining bevosita aloqadorligi xususidagi xulosalardan O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining 2024-yil 8-iyuldagi 01-04/46-133-son ma’lumotnomasi). Natijada, Savt va Mo‘g‘ulchalar tuzilishi yuzasidan yangicha qarashlarning keltirilishi soha mutaxassislari, ijrochilar tomonidan yangi ma’lumotlar bilan ta’minlashga xizmat qilgan;
Shashmaqomdagi Savt va Mo‘g‘ulcha turkumlari orasidan Savti Sabo, Savti Chorgoh, Mo‘g‘ulchai Buzruk, Mo‘g‘ulchai Navo, Mo‘g‘ulchai Dugoh kabilar ashula bo‘limining birinchi guruh sho‘balariga, Savti Sarvinoz, Savti Kalon, Soqiynomai Mo‘g‘ulchai Segoh kabilar esa, Farg‘ona-Toshkent mahalliy uslubiga mansub bo‘lgan Abdurahmonbegi, Qalandar, Nasri Segoh kabi ashula yo‘llari hamda cholg‘u kuylariga nazira sifatida bastalangani, Buxoro Shashmaqomining yangi nota namunalari, xususan, A.Boboxonov chop ettirgan nota to‘plamida Savt hamda Mo‘g‘ulcha sho‘balari paydo bo‘lishining Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llariga aloqadorligi Savti Girya, Mo‘g‘ulchai Navo (Karimqulbegi) kabi sho‘balar orqali namoyon bo‘lishiga doir xulosalardan “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti fonotekasi – infratuzilma va salohiyatni yaratish bo‘yicha uch tomonlama loyiha (D-UZ-A)” nomli Xalqaro ilmiy-amaliy loyihada qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik institutining 2025-yil 15-oktyabrdagi 180/01-son ma’lumotnomasi). Natijalar Buxoro Shashmaqomining Savt va Mo‘g‘ulcha sho‘balari hamda Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llarining o‘zaro bog‘liqlik jihatlarini aniqlashga xizmat qilgan.