Darmanov Muxtor Muhammadovichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida
fan doktori (DSc) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Genom texnologiyalari asosida tola sifati va hosildorligi yuqori bo‘lgan yangi g‘o‘za navlarini yaratish», 03.00.14 – Genomika, proteomika va bioinformatika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/V254.
Ilmiy maslahatchi: Buriev Zabardast Tojiboevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Genomika va bioinformatika markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSc 02/30.12.2019.B.53.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentliigining seleksiya yutug‘iga patenti: “Ravnaq-2” g‘o‘za navi (NAP 00229), “Baraka” g‘o‘za navi (NAP 00268), “Saxovat” g‘o‘za navi (NAP 00269),
II. Tadqiqotning maqsadi tola sifati (uzunligi, pishiqligi, mayinligi) yaxshilangan, hosildorligi yuqori va turli tuproq iqlim sharoitlariga mos bo‘lgan g‘o‘za navalrini yaratish va keng maydonlarda joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotining ilmiy yangiligi:
ilk bor o‘rta tolali g‘o‘za germoplazmasi noyob namunalaridan tola sifat belgilariga birikkan maqsadli LD-blok/QTLlarini mahalliy navlarga o‘tkazish uchun oddiy va bekkross duragaylash orqali BC5F2-5 duragay kombinatsiyalar yaratilgan;
MAS texnologiyasi asosida yaratilgan, tola sifat belgilariga genetik birikkan QTL allellarini tutgan, bekkross duragay kombinatsiyalarida o‘tkazilgan allellarning genotipik va fenotipik irsiylanishi asoslangan;
tadqiqotda tanlab olingan ota-ona shakllari o‘rtasida o‘zaro duragaylash orqali olingan F1 duragaylari BC5 avlodgacha bekkross chatishtirilgan va molekulyar-genotipik tahlillar asosida maqsadli QTL lari mavjud bo‘lgan liniyalar olingan;
genom texnologiylari asosida olingan bekkross duragay kombinatsiyalar tola sifat belgilari onalik sifatida foydalanilgan (resipient) navlarga nisbatan yuqori ekanligi statistik tahlillar asosida isbotlangan;
zamonaviy genom texnologiyalarining MAS usulini qo‘llash orqali, tola sifat belgilariga genetik birikkan BNL1604 va NAU2277 DNK markerlari yordamida olingan g‘o‘za navlarining tola pishiqligi va uzunligi belgilari yahshilanganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Genom texnologiyalari asosida tola sifati va hosildorligi yuqori bo‘lgan yangi g‘o‘za navlarini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
g‘o‘zaning “Ravnaq-2” navi 2025-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 750 ga, Jizzax viloyatida 408 ga, Qashqadaryo viloyatida 8650 ga, Samarqand viloyatida 343 gektar, Sirdarya vilotatida 112 ga va Xorazm viloyatida 100 ga maydonlarda ekilib, jami 12 ming gektarga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 28 noyabrdagi 05/04-04-840-son ma’lumotnomasi). Natijada, gektaridan o‘rtacha 40-45 sentner hosil olish imkonini bergan;
g‘o‘zaning yangi “Baraka” navi Jizzax viloyati uchun istiqbolli navlar qatoriga kiritilib, Zafarobod va Do‘stlik tumanlaridagi fermer xo‘jaliklarida 1500 ga maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazining 2025 yil 28 noyabrdagi 05/04-04-840-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘zaning yangi “Baraka” navi urug‘liklarini ko‘paytirish imkonini bergan;
g‘o‘zaning yangi “Saxovat” navi 2024 yilda Jizzax viloyati fermer xo‘jaliklarining 55 gektar maydonlarida joriy qilingan (O‘zbekiston fermerlar kengashining 2025 yil 20 noyabrdagi 01/02-0419-son maʼlumotnomasi). Natijada, Jizzax viloyati fermer xo‘jaliklarida iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkonini bergan.