Siddiqova Sevinch Qurol qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Cucumis melo polisaxaridlarining tuzilishi va xossalari», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2025.4.PhD/K1060.
Ilmiy rahbar: Maulyanov Salixjan Alimjanovich kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.05.01.
Rasmiy opponentlar: Aripova Salimaxon, kimyo fanlari doktori, professor; Turg‘unboev Shavkatjon, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston hududida keng tarqalgan Cucumis melo L. moddalarini olish, ularning tuzilishi va xossalarini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mahalliy xomashyo Cucumis melo 3 xil navi po‘stlog‘idan polisaxaridlar ajratib olingan va ularning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari hamda monosaxarid tarkibi aniqlangan; 
ilk bor mahalliy xomashyo Cucumis melo suvda eruvchan polisaxaridlari (SEPS-3) ni qisman gidroliz qilish bilan uning tuzilishi gomogen, (→4)-α-Glcp-(1→) chiziqli tuzilishga ega bo‘lgan glyukan (GK-2) ekanligi aniqlangan;
Cucumis melo pektin moddasi (PM-3) ni fermentativ gidroliz qilish bilan pektin makromolekulasining asosiy zanjiri poli-D-galakturonan va yon zanjirda glyukoza hamda galaktoza qoldiqlaridan iborat ekanligi isbotlangan;
ilk bor Cucumis melo polisaxaridlarining antimikrob va prebiotik faolliklari hamda pektin asosida ayrim birlamchi aminlar bilan olingan Shiff asoslarining antimikrob faolliklari va zaharlilik darajasi (LD50) aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Cucumis melo polisaxaridlarini ajratib olish va tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Cucumis melo po‘stlog‘i polisaxaridlarining kimyoviy tuzilishi va biologik faolligi natijalaridan “Mahalliy hududdagi yuksak o‘simlik polisaxaridlari va oqsillarining xossalari tuzilishi va biologik faolligi” mavzusidagi bazaviy fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zRFAning 2025 yil 13 fevraldagi 4/2155-382-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ajratib olingan polisaxaridlarning murakkab kimyoviy tuzilishi, yuqori biologik faolligi hamda ichak mikrobiotasini rag‘batlantiruvchi prebiotik va patogen mikroorganizmlarga nisbatan antimikrob xususiyatlari aniqlanishi ushbu o‘simlikdan funksional oziq-ovqat, farmatsevtika va biotexnologiya yo‘nalishlari uchun istiqbolli prebiotik va antimikrob faollikka ega polisaxaridlar manbaasi sifatida foydalanish imkonini bergan;
Cucumis melo po‘stlog‘ining kimyoviy tarkibini o‘rganish natijalaridan “Bioorganik kimyo” nomli o‘quv qo‘llanma tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19 iyuldagi 233-sonli buyrug‘i, 233-0166-sonli guvohnoma). Natijada, biologik faol komponentlarning strukturaviy va funksional xususiyatlari haqidagi ilmiy ma’lumotlarning o‘quv jarayoniga integratsiya qilinishi talabalarning nazariy bilimlarini chuqurlashtirish, amaliy tahlil ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini mustahkamlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish