Djo‘raev Yorqin Xolniyozovichning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Badiiy asarlarning falsafiy-psixologik tahlili vositasida o‘quvchilarning o‘quv-biluv motivatsiyasini shakllantirish (5-7-sinf adabiyot darslari misolida)” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek adabiyoti) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8169.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Matchanov Sapa, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Ismoilov Temurbek Islomovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi adabiyot darslarida badiiy asarlarning falsafiy-psixologik tahlili vositasida o‘quvchilarning o‘quv-biluv motivatsiyasini shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
badiiy asarlarning falsafiy-psixologik tahlili vositasida o‘quvchilarning o‘quv-biluv motivatsiyasini shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlariga doir obektiv va subektiv omillar asosida aniqlashtirilgan;
badiiy asarlarning falsafiy-psixologik tahlili vositasida o‘quvchilarning o‘quv-biluv motivatsiyasini shakllantirish mexanizmi muvaffaqiyatli adabiy ta’lim dinamikasini kuzatish imkonini beruvchi o‘quv materiali bilan bog‘liqlik, badiiy asarlar mutolaasiga ongli munosabatni shakllantirish, kognitiv va kreativ ko‘nikmalarni rivojlantirish, emotsional madaniyatni tarbiyalash kabi ta’lim parametrlarining mantiqiy izchilligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning o‘quv-biluv motivatsiyasini badiiy asarlarning falsafiy-psixologik tahlili vositasida shakllantirishning metodik ta’minoti ijobiy ta’lim muhitini yaratish, aniq maqsadlar, konstruktiv g‘oyalarni taklif qilish, rang-barang topshiriqlardan foydalanish, axloqiy-estetik rivojlanishini kuzatib borish, dars manzarasini o‘zgartirish kabi tamoyillarning o‘zaro aloqasini muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
badiiy asarlarning falsafiy-psixologik tahlili vositasida o‘quvchilarning o‘quv-biluv motivatsiyasini shakllantirishda vaqt chizig‘i, fantastik qo‘shimcha, ehtiyojlar ustuni, sud, matbuot anjumani, og‘zaki formulalar, kabi dars metodlari, qisqa muddatli loyihalar, ijodiy topshiriqlarning o‘rnini aniqlash va intensiv qo‘llashga doir takliflar va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Badiiy asarlarning falsafiy-psixologik tahlili vositasida 5-7-sinf o‘quvchilarning o‘quv-biluv motivatsiyasini shakllantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
badiiy asarlarning falsafiy-psixologik tahlili vositasida o‘quvchilarning o‘quv-biluv motivatsiyasini shakllantirish mexanizmi muvaffaqiyatli adabiy ta’lim dinamikasini kuzatish imkonini beruvchi o‘quv materiali bilan bog‘liqlik, badiiy asarlar mutolaasiga ongli munosabatni shakllantirish, kognitiv va kreativ ko‘nikmalarni rivojlantirish, emotsional madaniyatni tarbiyalash kabi ta’lim parametrlarining mantiqiy izchilligini ta’minlashga doir taklif va xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazida bajarilgan “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘zbek adabiyotini o‘qitish sifatini oshirish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi 2025-yil 28-dekabrdagi 01/11-6-96-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda bilim olish va atrofidagilar muhit bilan kommunikativ aloqaga kirishishiga doir kognitiv va ijtimoiy motivatsiyalar shakllanishiga erishilgan;
o‘quvchilarning o‘quv-biluv motivatsiyasini shakllantirish mexanizmi va metodik ta’minoti muvaffaqiyatli adabiy ta’lim dinamikasini kuzatish imkonini beruvchi ta’lim parametrlarining mantiqiy izchilligini ta’minlash, adabiy ta’lim tamoyillarning o‘zaro aloqasini muvofiqlashtirishga doir taklif va xulosalardan Buxoro viloyat teleradikompaniyasi “Diyor yangiliklari” informatsion dasturining oliy ta’limga oid ruknidagi loyihada foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradikompaniyasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 20-09-214-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvning badiiy qiymatini oshirish, tomoshabinda qiziqish orttirish, kitobxonlikni rivojlantirish va badiiy asarni tahlil qilib mushohada etish, maqsadlarini belgilash bilan bog‘liq tashabbuskorlik, kabi sifatlarini shakllantirishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarning o‘quv-biluv motivatsiyasini shakllantirishda vaqt chizig‘i, fantastik qo‘shimcha, ehtiyojlar ustuni, sud, muammoli savollar, grafik tuzilma kabi foydalanilgan metodlari natijalaridan T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan A1-XT-0-92997-raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2025-yil 7-fevraldagi 50-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiy ta’lim jarayonida falsafiy-psixologik tahlilni tashkil etish mazmuni, shu asosda ta’lim subektlari faoliyatini rag‘batlantirish imkoniyatlari ortgan.