Umarova Shaxnoza Maxmudjanovnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ona tili fanini integrativ yondashuv asosida o‘qitishda milliy gururni rivojlantirish metodikasi (Ona tili va tarbiya fanlari 1-5 sinflar misolida)”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8804.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent amaliy fanlar universiteti.
Ilmiy rahbar: Axmedova Maloxat Ergashevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Matchonov Safo Murodovich, pedagogika fanlari doktori, professor; To‘raboeva Muqaddas Yoqubjonovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilarga ona tili fanini integrativ yondashuv asosida o‘qitish asosida milliy gururni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Ona tili fanini Tarbiya fani bilan integrativ yondashuv asosida o‘qitishning nazariy-metodologik asoslari tizimlashtirilib, milliy g‘ururni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari, mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik faoliyat yo‘nalishlari, fanlararo aloqadorlikni ta’minlovchi didaktik imkoniyatlar hamda turli nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirish yo‘llari tarbiyaviylik tamoyili asosida takomillashtirilgan; 
integrativ ta’lim jarayonining didaktik imkoniyatlari va pedagogik xususiyatlari o‘quvchilarda milliy g‘ururni shakllantirishda mantiqiy fikrlashni rivojlantirish, faxrlanish va milliy iftixor tuyg‘ularini uyg‘otishning sabab-oqibat bog‘liqligi asoslangan hamda ushbu jarayonni samarali tashkil etishga xizmat qiluvchi rivojlantirish mexanizmi takomillashtirilgan;
Ona tili va tarbiya fanlari integratsiyasi orqali milliy g‘ururni rivojlantirishning ilmiy asoslangan modeli o‘quvchilarda milliy g‘ururni shakllantirish motivatsion, kreativ, aksialogik va innovatsion yondashuvlar asosida reproduktiv hamda pragmatik mashq va topshiriqlar, interaktiv metodlar va texnologik omillar orqali ilmiy asoslangan;
integrativ yondashuv asosida ona tili fanini o‘qitishda milliy g‘ururni tarbiyaviy ahamiyatga ega badiiy va publisistik matnlar asosida metodik rivojlantirish yo‘llari fanlararo aloqadorlik, mantiqiy fikrlashga o‘rgatish, o‘quvchilarda faxrlanish va iftixor tuyg‘usini uyg‘otishga xizmat qiluvchi audiovizual materiallar hamda interfaol metodlardan foydalanish imkoniyatlarining samaradorligini baholash mezonlari asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tadqiqotning ona tili fanini integrativ yondashuv asosida o‘qitishda milliy g‘ururni rivojlantirish metodikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
milliy g‘ururni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari, mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik faoliyat yo‘nalishlari, fanlararo aloqadorlikni ta’minlovchi didaktik imkoniyatlar hamda turli nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirish yo‘llari tarbiyaviylik tamoyili asosida takomillashtirilgan ilmiy xulosa va tavsiyalar Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida amalga oshirilgan PZ-202004165 “Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki va yozma nutqiy kompetensiyalarini rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish” nomli amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 19-dekabr, 04/1-4203-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda milliy iftixor va g‘urur tuyg‘ularini rivojlantirishga xizmat qiluvchi zamonaviy-motivatsion, kreativ va innovatsion metodik usullar orqali milliy qadriyatlarga asoslangan o‘qitish dasturini takomillashtirishga imkon bergan.
integrativ ta’lim jarayonining didaktik imkoniyatlari va pedagogik xususiyatlari o‘quvchilarda milliy g‘ururni shakllantirishda mantiqiy fikrlashni rivojlantirish, faxrlanish va milliy iftixor tuyg‘ularini uyg‘otishning sabab-oqibat bog‘liqligi asoslangan hamda ushbu jarayonni samarali tashkil etishga xizmat qiluvchi rivojlantirish mexanizmi takomillashtirishga oid tavsiyalar ta’lim amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika Ta’lim markazining 2024-yil 18-dekabr, 01–11/6–1087-son ma’lumotnomasi). Natijada, ona tili fanini integrativ yondashuv asosida o‘qitishda milliy g‘ururni rivojlantirishga xizmat qiluvchi imitatsion mashqlar (variativ, mobil, intensiv) orqali ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.
integrativ yondashuv asosida ona tili fanini o‘qitishda milliy g‘ururni tarbiyaviy ahamiyatga ega badiiy va publisistik matnlar asosida metodik rivojlantirish yo‘llari fanlararo aloqadorlik, mantiqiy fikrlashga o‘rgatish, o‘quvchilarda faxrlanish va iftixor tuyg‘usini uyg‘otishga xizmat qiluvchi audiovizual materiallar hamda interfaol metodlardan foydalanish imkoniyatlarining samaradorligini baholash mezonlariga oid ilmiy-metodik takliflar “Milliy tarbiya asoslari” darsligi mazmuniga singdidrilgan. (Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-son buyrug‘i asosida 218-546 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, tarbiya fani ta’lim mazmuniga integrativ yondashuv asosida o‘quvchilarda mantiqiy tafakkur va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish