Nazirjonova Shoxnozaxon Sobirovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Quyosh fotoelektr stansiyalari va   yarimo‘tkazgichlar fizikasiga oid mavzularni o‘qitishning interfaol metodlarini ishlab chiqish (Quyosh energetikasi fani misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika fanlari) ixtisosligi bo‘yichada falsafa doktori (PhD)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7100
         Ilmiy rahbar: Kasimaxunova Anarxan Mamasadikovna, texnika fanlari doktori, professor.
    Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat texnika instituti.
    IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.11.2022.FM/T.66.04 raqamli Ilmiy kengash.
    Rasmiy opponentlar:
1.    Muslimov Sherzod Narzulla o‘g‘li – pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti “Muhandislik va kompyuter grafikasi” kafedrasi professori.
2.    Dadamirzaev Muhammadjon G‘ulomqodirovich – fizika-matematika fanlari doktori, professor, Namangan davlat texnika universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: texnika oliygohlarida quyosh fotoelektr stansiyalari va yarimo‘tkazgichlar fizikasiga oid mavzularni o‘qitish tizimi va usullarini modernizatsiya qilishga qaratilgan interfaol metodlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
talabalarning quyosh fotoelektr stansiyalari va yarimo‘tkazgichlar fizikasi bo‘yicha kompetensiyasini shakllantirish jarayonida muqobil energiya manbai bo‘lgan quyosh elektr stansiyalariga asoslangan o‘qitishning mavjud muammolari tahlil qilindi. Ularni bartaraf etish maqsadida interfaol metodlar uyg‘unligiga tayangan holda kompetensiya darajasini baholashning mezon va ko‘rsatkichlari ishlab chiqildi hamda talabalarning mustaqil o‘qish, interfaol mashg‘ulotlarda ishtirok etish va onlayn platformalardan foydalanish malakalari integrativ yondashuv asosida takomillashtirildi;
quyosh fotoelektr stansiyalari va yarimo‘tkazgichlar fizikasining fanlararo integratsiyasini takomillashtirish hamda ishlab chiqarish bilan integratsiyani kuchaytirishga asoslangan pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish orqali quyosh fotoelektr stansiyalari va yarimo‘tkazgichlar fizikasiga oid bilimlarni o‘qitishda talabalarning ijodiy, mantiqiy hamda mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlanishini ta’minlovchi faol o‘quv muhitini joriy etilishi ilmiy asoslangan;
talabalarda bir vaqtning o‘zida kognitiv (bilim va tushunchalar), emotsional (his-tuyg‘u va qadrlash), amaliy (hayotiy faoliyatda qo‘llash) jihatlarni rivojlantiradigan fotoelektr energiya o‘zgartirgichlarni ishlash prinsiplarini mukammal bayon etuvchi “O‘tkazuvchanlik zonasi”,  “'Mantiqiy zanjir”, “Tasavvuring tasvirla”, “Elektron suzish usuli”, “Rostlan-jamlan”, “Simmetrik shoxchalar” nomli interfaol metodlar ishlab chiqilib o‘quv jarayoni va ishlab chiqarishni integratsiyalashtirishni o‘z ichiga oluvchi metodika taklif etilgan;
quyosh fotoelektr stansiyalari va yarimo‘tkazgichlar fizikasiga oid talabalarning o‘quv–bilish faoliyatini takomillashtirishga asoslangan interaktiv vazifalar orqali talabalarda doimiy tahlil va kuzatuv olib borish ta’lim jarayonining turli bosqichlarida olingan natijalarni aks ta’sir bilan baholab borish, fotoelektr energiya o‘zgartirgichlarni kuzatish hamda zaruriy tuzatishlar kiritish imkoniyatini beruvchi ta’lim jarayoni metodik modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy ta’lim sharoitida quyosh fotoelektr stansiyalari va yarimo‘tkazgichlar fizikasini o‘qitishda samarali metodlarni ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
talabalarning quyosh fotoelektr stansiyalari va yarimo‘tkazgichlar fizikasiga oid kompetensiyasini muqobil energiya manbai bo‘lgan quyosh elektr stansiyalari hamda o‘qitishning interfaol metodlari uygʻunligiga tayangan holda kompetensiya darajasini baholashning mezon va koʻrsatkichlari talabalarning mustaqil oʻqish, interfaol mashgʻulotlar va onlayn platformalardan foydalanish malakalari integrativ yondashuvga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tadqiqot natijalari 2023–2025-yillarda O‘zbekiston, Portugaliya, Ispaniya va Italiya universitetlari hamkorligida ishlab chiqilgan 101128871-ERASMUS-EDU-2023-CBHE raqamli DEBSEUz loyihasi doirasida yaratilgan “O‘zbekistonda quyosh energetikasi bo‘yicha bakalavrlar uchun maqsadli ta’lim dasturini ishlab chiqish” xalqaro loyihasi asosida 60712100 – Qayta tiklanuvchi energiya manbalari (Quyosh energiyasi muhandisligi) ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejasiga kiritilgan(O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Farg‘ona politexnika institutining 2025 yil 22 fevraldagi 01-543-son ma’lumotnomasi). Natijalardan “Muqobil energiya manbalari”, “Quyosh energetikasi” hamda “Quyosh elementlari, fotoelektrik batareyalar va ularning komponentlarini tayyorlash texnologiyasi” fanlari uchun darslik, o‘quv qo‘llanma va uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqishda foydalanilgan;
quyosh fotoelektr stansiyalari va yarimo‘tkazgichlar fizikasining fanlararo integratsiyasini takomillashtirish hamda ishlab chiqarish bilan integratsiyani kuchaytirishga asoslangan pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish orqali quyosh fotoelektr stansiyalari va yarimo‘tkazgichlar fizikasiga oid bilimlarni o‘qitishda talabalarning ijodiy, mantiqiy hamda mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlanishini ta’minlovchi faol o‘quv muhitini joriy etilishi ilmiy asoslangan pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish orqali quyosh fotoelektr stansiyalari va yarimo‘tkazgichlar  fizikasiga oid bilimlami o‘qitishda talabalaming ijodiy, mantiqiy hamda mustaqil fikrlash qobiliyatlari takomillashtirishga oid takliflari “60710600   -“Elektr energetikasi” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan “Muqobil  energiya manbalari” fanining o‘quv dasturi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respubllkasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi oliy ta’limni  rivojlantirish   tadqiqotlari markazining 2024 yil 14 noyabrdagi 02/01-01-116 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada elektr energetikasi yo‘nalishi talabalarining quyosh fotoelektr stansiyalari va yarimo‘tkazgichlar fizikasiga oid o‘quv qurollarining tasnifi, o‘quv dasturiy ta’minot, pedagogik dasturiy vositalar, tizimlar, muhitlar va ularning maqsadlari, vositalar va manbalar mavzulariga oid interfaol didaktik ta’minoti(o‘quv qo‘llanma) ishlab chiqilgan va talabalarning kasbiy kompetentligi takomillashuvini mezon va ko‘rsatkichlar asosida baholash imkoni oshirilgan;
talabalarda bir vaqtning o‘zida kognitiv (bilim va tushunchalar), emotsional (his-tuyg‘u va qadrlash), amaliy (hayotiy faoliyatda qo‘llash) jihatlarni rivojlantiradigan fotoelektr energiya o‘zgartirgichlarni ishlash prinsiplarini mukammal bayon etuvchi “Zonalar nazariyasi”,  “'Mantiqiy zanjir”, “Tasavvuring tasvirla”, “Elektron suzish usuli”, “Rostlan-jamlan”, “Simmetrik shoxchalar” nomli interfaol metodlar ishlab chiqilib o‘quv jarayoni va ishlab chiqarishni integratsiyalashtirishni o‘z ichiga oluvchi metodikadan talabalarga dars mashg'ulotlarini olib borishda foydalanilgan (Toshkent davlat texnika universitetining 2024 yil 18 yanvardagi dalolatnomasi). Natijada yangi ishlab chiqilgan “Zonalar nazariyasi”,  “'Mantiqiy zanjir”, “Tasavvuring tasvirla”, “Elektron suzish usuli”, “Rostlan-jamlan”, “Simmetrik shoxchalar” deb nomlangan interfaol metodlar hamda AKT ning MATLAB, AUTO CAD dasturiy vositalaridan unumli foydalanish talabalarning quyosh fotoelektrik stanansiyalari, jihozlari, yarimo‘tkazgich materiallar, yarimo‘tkazgich materiallardagi fizik jarayonlarning sodir bo‘lishi to‘g‘risidagi bilimlarini kengaytirgan, mavzularni o‘zlashtirish darajasi va tajribalarni egallash kompetensiyalarini orttirgan. O‘quv dasturlari va o‘quv  metodik majmua o‘quv jarayonida samarali qo‘llanilib, talabalarning o‘zini o‘zi  baholay olishi, olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmalarini   shakllantirishga  sezilarli darajada yordam bergan;
quyosh fotoelektr stansiyalari va yarimo‘tkazgichlar fizikasiga oid talabalarning o‘quv–bilish faoliyatini takomillashtirishga asoslangan interaktiv vazifalar orqali talabalarda doimiy 
tahlil va kuzatuv olib borish ta’lim jarayonining turli bosqichlarida olingan natijalarni aks ta’sir bilan baholab borish, fotoelektr energiya o‘zgartirgichlarni kuzatish hamda zaruriy tuzatishlar kiritish imkoniyatini berivchi ta’lim jarayoni metodik modelidan 2025–2026-yillarda “Elektr energiyasidan yuqori darajadagi taqsimlanadigan energiya manbalaridan barqaror foydalanish va boshqarish uchun asosiy texnologiyalar va muhandislik jarayonlarini qo‘llash” mavzusidagi Janubiy Xitoy texnologiya universiteti va Xitoy Xalq Respublikasi Shenzhjen shahrining Shenzhen elektr energetika kompaniyasi hamkorligida ishlab chiqilgan AL – 8724052948-R2 raqamli xalqaro ilmiy loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Farg‘ona politexnika institutining 2025 yil 24 fevraldagi 01-555-son ma’lumotnomasi). Natijada quyosh inshootining barqaror ishlashini ta’minlash masalalarini hal etishda ishtirok etish va nazariy hamda tajriba-sinov ishlari natijalari asosida energetika ixtisosligi talabalariga yarimo‘tkazgichli energiya o‘zgartirgichlar hajmida sodir bo‘ladigan fizik jarayonlarni samarali rivojlantirish uchun o‘qitishning yangi usullarini ishlab chiqish, ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlarni joriy etish, muqobil energiya manbalari bo‘yicha kadrlar tayyorlash sifati va samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish