Sobirova Zilolaxon Mamxudovnaning
filologiya fanlari doktori (DSc)  dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “Neyropsixolingvistika: nazariy asoslari hamda amaliy tatbiqi” 10.00.11¬ – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Fil779  
Ilmiy maslahatchi: Akbarova Zuxro Akmaljonovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc 03/30.2019.Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori,  dotsent Madrahimov Ilxomjon Sobirovich, filologiya fanlari doktori, professor Dragoy Olga Viktorovna, filologiya fanlari doktori, professor Yarashova Nasiba Jumaevna . 
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universitetini .
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Neyropsixolingvistik yondashuvlar asosida o‘zbek tilidagi til birliklarining neyropsixolingvistik xususiyatlarini aniqlash va bu orqali lingvistik hamda neyropsixologik sohalarning integratsiyasi asosida amaliy tashxislash metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tilshunoslikda neyropsixolingvistika yo‘nalishining nazariy-metodologik asoslari aniqlanib, til va miya o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik lingvistik va neyrofiziologik yondashuvlar asosida ilmiy nuqtayi nazardan asoslangan; til birliklari inson tafakkurining ichki neyrostrukturaviy mexanizmlari bilan uzviy bog‘liqlikda shakllanishi, uni qayta ishlash va idrok qilishda miyaning funksional zonalari faol ishtirok etishi o‘zbek tili asosida isbotlangan;
neyropsixolingvistik atamalar tizimlashtirilib, ular milliy kontekstda me’yorlashtirilgan va qo‘llanishda bir xillikka keltirilgan;  neyropsixolingvistik terminlar tavsifi  ishlab chiqilgan, ularning tahliliy yondashuvlar va klinik-eksperimental tadqiqotlarda qo‘llanilishi tahlil qilingan; milliy ilm-fan tizimida neyropsixolingvistik tushunchalar mustahkam nazariy asosda bayon etildi hamda ularning amaliyotda qo‘llanilishiga zamin yaratilgan; 
til birliklarining neyropsixolingvistik xususiyatini  tavsiflash asosida ularning fonologik va semantik, sintaktik xususiyatlari hamda miyaning tilga oid kognitiv komponentlari bilan bog‘liqligi eksperimental asosda aniqlangan, xususan, bolalarda og‘zaki va yozma nutqni idrok etish va qayta ishlashda yuzaga keladigan lingvistik omillar va ularning buzilish mexanizmlari nazariy asosda dalillangan;
        neyropsixolingvistik metodlar tizimi ishlab chiqilib, ular lingvistik tahlil vositasi sifatida empirik asosda sinovdan o‘tkazilgan; ayniqsa, “DonoQiz-Uz” milliy neyropsixolingvistik tashxislash testi asosida til tizimining neyropsixologik komponentlari real vaqt rejimida kuzatilib, miya faoliyati bilan bog‘liq til jarayonlari modellashtirilgan; milliy neyropsixolingvistik tashxislash metodikasi yaratilgan bo‘lib, u fonologik, semantik va dekodlash jarayonlaridagi individual farqlarni aniqlash imkoni tasdiqlangan; 
bu metodika orqali til funksiyalarini erta bosqichda baholash, nutq buzilishlarini aniqlash va reabilitatsiya strategiyalarini taklif qilish imkoniyati vujudga keltirilgan; bolalar nutqini neyropsixolingvistik nuqtayi nazardan tahlil qilish asosida test sinovlari ishlab chiqilgan va tajriba-sinovdan o‘tkazilgan; “DonoQiz-Uz” milliy neyropsixolingvistik tashxislash testining psixometrik ko‘rsatkichlari statistik metodlar yordamida isbotlangan, uning bilingval bolalar orasidagi semantik anglash, dekodlash darajasini aniqlashdagi sezuvchanligi va aniqligi ishonchli ko‘rsatkichlar bilan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tilshunoslikda neyropsixolingvistika yo‘nalishining nazariy-metodologik asoslari aniqlanganligi, til va ong o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik lingvistik va neyrofiziologik yondashuvlar asosida ilmiy nuqtayi nazardan asoslanganligi; til birliklari inson tafakkurining ichki neyrostrukturaviy mexanizmlari bilan uzviy bog‘liqlikda shakllanishi, uni qayta ishlash va idrok qilishda miyaning funksional zonalari faol ishtirok etishi o‘zbek tili asosida isbotlanganligi, xususan o‘zbek tilida o‘qishni baholash uchun yaratilgan neyropsixolingvistik  “DonoQiz-Uz” milliy neyropsixolingvistik tashxislash testi natijalari asosidagi tavsiyalar,  2023-2024-yillarda Rossiyaning Milliy tadqiqot universiteti “Oliy iqtisodiyot maktabi” Til va miya markazida bajarilgan “Kattalar va bolalarda nuqt buzilishining neyroanatomik asoslari” mavzusidagi EGISU-123021300281-3 raqamli ilmiy-amaliy loyihani uslubiy asosi sifatida joriy etilgan (Milliy tadqiqot universiteti “Oliy iqtisodiyot maktabi” Til va miya markaziining 2025-yil 9-iyuldagi 1-/4-son ma’lumotnomasi). Natijada til birliklari inson tafakkurining ichki neyrostrukturaviy mexanizmlari bilan uzviy bog‘liqlikda shakllanishi, uni qayta ishlash va idrok qilishda miyaning funksional zonalari faol ishtirok etishi o‘zbek tili asosida isbotlangan;
neyropsixolingvistik atamalar tizimlashtirilib, ular milliy kontekstda me’yorlashtirilgan va qo‘llanishda bir xillikka keltirilgan; neyropsixolingvistik terminlar tavsifi  ishlab chiqilgan, ularning tahliliy yondashuvlar va klinik-eksperimental tadqiqotlarda qo‘llanilishiga doir xulosalardan 2021-2023 -yillarda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida amalga oshirilgan “O‘zbek milliy raqs sanʼatini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimediya mahsulotlari (elektron lug‘atlar) to‘plamini yaratish” mavzusidagi FZ-2019081663 raqamli ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2025-yil 17-iyundagi 1-04/264-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-nazariy manbalari boyitilib, lug‘atlarning mukammallashuviga erishilgan; 
til birliklarining neyropsixolingvistik xususiyatini tavsiflash asosida ularning semantik, sintaktik va fonologik xususiyatlari hamda miyaning tilga oid kognitiv komponentlari bilan bog‘liqligi eksperimental asosda aniqlangani; xususan, bolalarda og‘zaki va yozma nutqni idrok etish va qayta ishlashda yuzaga keladigan lingvistik xususiyatlar va ularning buzilish mexanizmlariga doir xulosalardan   2022-2024-yillarda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida amalga oshirilgan “Musiqa va sanʼat o‘quv muassasalari uchun “Bolalar raqslari” fanidan interaktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalar yaratish” mavzusidagi F3-2019081773-raqamli fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan. (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2025-yil 17-iyundagi 1-04/263-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya xulosalari loyiha doirasida yaratilgan o‘quv-metodik qo‘llanmalarning mukammallashuviga xizmat qilgan;
neyropsixolingvistik metodlar tizimi ishlab chiqilib, ular lingvistik tahlil vositasi sifatida empirik asosda sinovdan o‘tkazilganligi; ayniqsa, “DonoQiz-Uz” testi asosida til tizimining neyropsixologik komponentlari real vaqt rejimida kuzatilib, miya faoliyati bilan bog‘liq til jarayonlari modellashtirilganligiga doir xulosa tavsiyalardan 2022-2024 yillarda Farg‘ona davlat universitetida bajarilgan “English Access microscholarship program” mavzusidagi xalqaro loyihani bajarishda foydalanilgan. (Farg‘ona davlat universitetining 2025-yil 3-iyuldagi 04/6210-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning nazariy asosini mustahkamlashga erishildi;
milliy neyropsixolingvistik tashxislash metodikasi yaratilgan bo‘lib, unda fonologik, semantik va dekodlash jarayonlaridagi individual farqlarni aniqlashga doir xulosalaridan 2022-2023-yillarga Farg‘ona davlat universitetida bajarilgan AL-FDU2022307-010 raqamli “Lingvistik tahrir va tarjimashunoslik” ilmiy-tadqiqot markazida “Antiplagiat” dasturini amaliyotga joriy etishda, ilmiy-amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan. (Farg‘ona davlat universitetining 2025-yil 15-iyuldagi 04/6496-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu metodikaning ilmiy va amaliy jihatdan samarali ekanligi isbotlandi;
bolalar nutqini neyropsixolingvistik nuqtayi nazardan tahlil qilish asosida test sinovlari ishlab chiqilganligi va tajriba-sinovdan o‘tkazilganligi; “DonoQiz-Uz” testining psixometrik ko‘rsatkichlari statistik metodlar yordamida isbotlanganligi, uning bilingval bolalar orasidagi semantik anglash, dekodlash darajasini aniqlashdagi sezuvchanligi va aniqligining ishonchli ko‘rsatkichlari haqidagi xulosalardan 2024-2025-yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 17-iyundagi 26-36-1011-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur eshittirishlar yurtdoshlarimiz, xususan yosh avlod orasida neyropsixolingvistik metodlar haqidagi bilimlarning oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish