Tursunova Laziza Ikramdjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): ««Ekustim» dori vositasini standartlash va sifatini nazorat qilish usullarini ishlab chiqish», 15.00.02 – Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Far108.
Ilmiy rahbar: Sharipov Avez To‘ymurodovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Olimov Nemat Kayumovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Nishanbaev Sabir Zaripbaevich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi Markazi» DM.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy dorivor o‘simliklar majmuasi asosida olingan «Ekustim» quruq ekstrakti va kapsula dori shaklini tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun sifat me’yorlarini belgilash va standartlash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«Ekustim» quruq ekstraktining YuSSX-MS tahlili natijalari asosida 13 modda (rutin, apigenin, kvertsetin, lyuteolin, likviritin, glabridin, giperozid, izolikiritin apiozid, diosgenin, gal, xlorogen, pantoten va glisirrizin kislotalari) aniqlangan;
«Ekustim» quruq ekstrakti ICP MS usulida tahlil qilinganda tarkibida 12 xil makro- va mikroelementlar mavjudligi aniqlangan hamda ularning ichida Na, K, Ca, Mg va Zn elementlarining miqdori yuqoriroq ekanligi isbotlangan;
«Ekustim» quruq ekstrakti va uning asosidagi kapsula dori shakli tarkibidagi asosiy ta’sir etuvchi biofaol moddalar miqdorini aniqlashning yuqori samarali suyuqlik xromatografiya (apigenin, lyuteolin va glisirrizin kislotasi) hamda spektrofotometrik (lyuteolinga nisbatan flavonoidlar yig‘indisi) tahlil usullari ishlab chiqilgan;
«Ekustim» quruq ekstrakti va kapsula dori shaklining miqdoriy tahlili uchun qo‘lllanilgan yuqori samarali suyuqlik xromatografiya uslublarining yaroqliligi, o‘ziga xoslik, chiziqlilik, to‘g‘rilik hamda moslik kabi validatsion ko‘rsatkichlar bo‘yicha isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. «Ekustim» dori vositasini standartlash va sifatini nazorat qilish usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Yallig‘lanishga qarshi vosita»ga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modeliga patent olingan (FAP 02048, 27.04.2022 y.). Natijada, mahalliy dorivor o‘simliklardan olingan kapsula dori shaklidagi preparatni ishlab chiqarish imkonini bergan;
«Ekustim» quruq ektrakti uchun korxona farmakopeya maqolasi loyihasi O‘zR SSV huzuridagi «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi Markazi» Davlat muassasasiga ro‘yhatdan o‘tkazish uchun topshirilgan («Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizlik Markazi» Davlat muassasasining 2025 yil 11 noyabrdagi 41/11-20385-son xati, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Ushbu me’yoriy hujjatning tasdiqlanishi mahalliy farmatsevtik ishlab chiqaruvchi korxonaga samarali peshob haydovchi va yallig‘lanishga qarshi dori substansiyasi texnologiyasini joriy qilish imkonini beradi;
«Ekustim» kapsula shaklidagi dori vositasi uchun korxona farmakopeya maqolasi loyihasi O‘zR SSV huzuridagi «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizlik Markazi» Davlat muassasasiga ro‘yhatdan o‘tkazish uchun topshirilgan («Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizlik Markazi» Davlat muassasasining 2025 yil 11 noyabrdagi 41/11-20385-son xati, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Ushbu me’yoriy hujjatning tasdiqlanishi yuqori samaradorlikga ega mahalliy dorivor o‘simliklar asosidagi preparatlar assortimentini kengaytirish imkonini beradi.