Uralov Nuriddin Bekmuradovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Erosti suvlari tarkibidagi yodid ionini ba’zi aminlar yordamida konsentrlash va ajratish usulini ishlab chiqish», 02.00.02 - Analitik kimyo (kimyo fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/K1027.
Ilmiy rahbar: Normurodov Baxtiyor Abdullaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Turabov Nurmuxammad Turabovich, kimyo fanlari nomzodi, professor; Umirova Gulnora Abduraxmonovna, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: erosti sho‘r suvlari tarkibidagi yodid ionini konsentrlash va ajratishning arzon, tanlab ta’sir etuvchan uslublarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori minerallashgan erosti sho‘r suvlari tarkibidagi yodid ionlarini FeCl₃ yordamida harorat 25-30 ºC va muhit pH 5-6,5 oralig‘ida oksidlash jarayonnining  maqbul sharoitlari aniqlangan;
ilk bor erosti sho‘r suvlari tarkibidagi yodid ionlarini oksidlovchi ishtirokida oksidlab so‘ngra, DFA yordamida hosil bo‘lgan [DFAH]I₃ va [Fe(DFA)₄Cl₂]I tarkibli kompleks birikmalari shaklida cho‘ktirib konsentrlash usuli ishlab chiqilgan;
erosti sho‘r suvlari tarkibidagi yodid ionlarini oksidlab, difenilamin asosida kompleks hosil qilish orqali yodning konsentrlanish darajasi Xaudak suvida 86,48 % va Uchqizil suvida 90,09 % ni tashkil etishi aniqlangan;
konsentrlangan yodli komplekslardan sublimatsiya jarayoni orqali 99,12 % dan ortiq tozalikdagi kristall yodni ajratib olish usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Surxondaryo viloyati Xaudak va Uchqizil hududi erosti sho‘r suvlari tarkibidagi yodid ionlarini ba’zi aminlar yordamida konsentrlash va ajratish usulini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida: 
mineral suvlar tarkibidagi yodid ionini kompleks birikma holida ajratish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligidan foydali modelga patent olingan (FAP 2770-son patent, 2025-yil 7-iyul) Natijada mineral suvlar tarkibidagi yodid ionini oksidlovchi sifatida FeCl3 va sorbent sifatida difenilaminning spirtli eritmasi bilan kompleks birikma holida ajratish imkonini bergan;
erosti suvlari tarkibidagi yodid ionini ba’zi aminlar yordamida konsentrlash va ajratish usuli yordamida olingan yod Nova Pharm O‘zbekiston–Hindiston qo‘shma korxonasida dezinfeksiyalovchi vosita sifatida amaliyotga joriy etilgan (Nova Pharm O‘zbekiston–Hindiston qo‘shma korxonasining 2025-yil 17-sentyabrdagi 44-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ajratib olingan yuqori tozalikdagi yodni tibbiyotda dezinfeksiyalovchi vositalar sifatida qo‘llash imkonini bergan. 

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish