Mirzaeva Feruza Djumaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Tarkibida kobalt va nikel bo‘lgan yangi avlod ftalosianin birikmalarini sintez qilish hamda ular asosida pigmentlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T5837.
Ilmiy rahbar: Umbarov Ibragim Amonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Qiyomov Sharifjon Nozimovich, texnika fanlari doktori, kata ilmiy xodim; Jumaeva Zulxumor Ergashevna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ftal angidrid, karbamid va metal tuzlari asosida ftalosianin birikmalarini sintez qilish hamda ftalosianinli organik pigmentlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ftal angidrid, karbamid, metal tuzlari va katalizator asosida termik va fotokimyoviy barqaror, yangi tarkibli organik pigmentlar sintez qilingan;
organik ftalosianin birikmalarini sintez qililishda reaksiya tezligi va unumining katalizatorga bog‘liqligi va yangi tarkibli magniyli katalizator yordamida reaksiyaning maqbul haroratini 250℃ dan 200℃ ga pasayishi aniqlangan;
olingan tarkibida kobalt (II) va nikel (II) ionlari bo‘lgan metallorganik ftalosianin pigmentlari qo‘llanilgan polimer hamda lok bo‘yoq mahsulotlarining termik barqarorligi, antikorrozion, statik va dinamik mustahkamligining ortishi isbotlangan;
sintez qilingan tarkibida kobalt va nikel saqlagan ftalosianin birikmalar asosida yuqori rang intensivligiga ega pigmentlar tayyorlashda 90% li sulfat kislota bilan ishlov berish va 5% li natriy karbonat eritmasi bilan neytrallash yordamida GOST-6220-76 talablariga mos pigmentlar olingan;
ftal angidrid, karbamid, metal tuzlari va katalizator asosida ftalosianinli organik pigmentlar olishning iqtisodiy jihatdan samarali va ekologik toza texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tarkibida kobalt va nikel saqlovchi yangi ftalosianin pigmentlarini olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sintez qilingan kobalt ftalosianin (CoPc) va nikel ftalosianinlar (NiPc)lari bo‘lgan organik pigmentlar “MARK FORMELE IT” MChJ O‘zbekiston-Belorussiya qo‘shma korxonasida pigmentlar olishda amaliyotga joriy qilingan (“MARK FORMELE IT” MChJ O‘zbekiston-Belorussiya qo‘shma korxonasining 2025-yil 22-iyuldagi 41/4-son ma’lumotnomasi) Natijada, kobalt ftalosianin (CoPc) va nikel ftalosianin (NiPc) pigmentlari asosida PF-115 markali emalning yorqin rangli namunalarini olish imkonini bergan;
kobalt ftalosianin (CoPc) va nikel ftalosianin (NiPc) pigmentlarini olish texnologiyasi “MARK FORMELE IT” MChJ O‘zbekiston-Belorussiya qo‘shma korxonasida lok-bo‘yoq qoplamalar olishda amaliyotga joriy qilingan (“MARK FORMELE IT” MChJ O‘zbekiston-Belorussiya qo‘shma korxonasining 2025-yil -iyuldagi 41/4-son ma’lumotnomasi) Natijada, import o‘rnini bosuvchi yuqori sifatli kobalt va nikel saqlovchi ftalotsianin pigmentlarini mahalliy mahsulot sifatida qo‘llash imkonini bergan.