Bekchanov Norbek Xudaybergan o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston  Tentyriini (Coleoptera: Tenebrionidae) tribasi qanotsiz qora tanli qo‘ng‘izlari», 03.00.06 - Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/V1251.
Ilmiy rahbar: Bekchanov Xudaybergan O‘rinovich, biologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Xorazm Ma’mun akademiyasi, PhD.02/30.07.2022.V.149.01.
Rasmiy opponentlar: Shermatov Malikjon Raxmatjonovich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Arepbaev Islambek Muratbaevich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Zoologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston hududida tarqalgan Tentyriini tribasi qanotsiz vakillarining morfologiyasi, muhitga strukturaviy adaptatsiyalari, taksonomiyasi, tur tarkibi va biogeografiyasini aniqlash, urug‘lar va turlar uchun dixotomik aniqlagich kalitlar ishlab chiqish, turlar orasida endemizm ko‘rsatgichlarini va muhofazaga muhtoj turlarni asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekistonda tarqalgan Tentyriini tribasi qanotsiz qo‘ng‘izlarining zamonaviy holati tahlil qilinib, 10 ta urug‘ga 45 ta tur aniqlangan;
ilk bor fan uchun 11 ta tur, O‘zbekiston faunasi uchun Dailognatha bogatshevi bogatshevi, Mesostena puncticollis, Microdera deserta deserta, Psammocrypyus minutus, Colposcelis humerangula, Colposcelis lopatini turlari aniqlangan; 
Ilk bor O‘zbekistonda tarqalgan Tentyriini tribasi qanotsiz qo‘ng‘izlarining morfologiyasi tahlil qilinib, belgilarning sistematik ahamiyati va taksonomik yuki inobatga olingan holda batafsil tavsifi ishlab chiqilgan;
O‘zbekistonda tarqalgan Tentyriini tribasi qanotsiz qo‘ng‘izlarining yashash muhitiga morfologik- strukturaviy moslanishlari ochib berilgan va bir qancha xususiyatlarga asoslanib 3 xil hayotiy shaklga ajratilgan;
Tentyriini tribasi qanotsiz qo‘ng‘izlarining taksonomik muammolari Xalqaro Zoologiya Nomenklaturasi komissiyasiga muvofiq hal qilingan: xususan 4 ta yangi sinonimiya kiritilgan, 2 ta turni validligi qayta tiklangan, 7 ta lektotip tayinlovi amalga oshirilgan, 1 ta urug‘ (Gnathosia Fischer von Waldheim, 1821) urg‘ochisining jinsiy yo‘llari va tashqi tuzilishiga asosan Tentyriini tribasidan Edrotini tribasiga o‘tkazilganligi asoslangan;
Ilk bor O‘zbekiston hududida tarqalgan Tentyriini tribasi qanotsiz qo‘ng‘izlarining barcha urug‘ va turlari uchun dixotomik illyustratsiyali aniqlagich kalitlar ishlab chiqilgan;
O‘zbekistonda Tentyriini tribasi qanotsiz qo‘ng‘izlari faunasining biogeografik shakllanishi va turlarning areologik xususiyatlari ochib berilgan va shunga ko‘ra ilk marotaba tribaning 7 turi O‘zbekiston endemigi ekanligi asoslangan;
O‘zbekiston hududida tarqalgan Tentyriini tribasi qanotsiz qo‘ng‘izlarining muhofazaga muhtoj turlari aniqlanib, muhofaza qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Tentyriini (Coleoptera: Tenebrionidae) tribasi qanotsiz qora tanli qo‘ng‘izlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
qora tanli qo‘ng‘izlarning Tentyriini tribasiga tegishli 6 turga mansub 24 nusxa hasharot namunalari respublikada yetakchi bo‘lgan Zoologiya instituti “Zoologiya kolleksiyasi” noyob obektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2025 yil 17 iyuldagi 4/1255-1775 - son ma’lumotnomasi). Natijada, namunalar O‘zbekiston va butun dunyo bo‘yicha hasharotlar fondini boyitgan va tur tarkibini aniqlash uchun qiyosiy tahlillar o‘tkazish, landshaftlar bo‘yicha taqsimlanishni tahlil etish hamda interfaol atlas tayyorlash imkonini bergan;
Tentyriini tribasi muhofazaga muhtoj turlarining muhofaza choralari bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 20 iyundagi 02/18-5-46- son ma’lumotnomasi). Natijada, taqdim etilgan ma’lumotlar bioxilma-xillik kadastrni yaratish va monitoringini olib borish hamda muhofazaga muhtoj turlarni saqlab qolish, tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tahlil, tegishli xulosa va tavsiyalar berish va ulardan foydalanish imkonini bergan;
fan uchun yangi bo‘lgan (Psammocryptus bogatchevi, Psammocryptus kompansevae, Colposcelis ustyurtensis, Colposcelis khudaybergani, Microdera abdullohi, Microdera uzbekistanica) Xalqaro Zoologiya Nomenklaturasi komissiyasiga muvofiq    rasmiylashtirilib xalqaro “ZooBank” bazasiga kiritilgan. Natijada, Psammocryptus bogatchevi, 76718874-7914-4A21-A47B-EE8CE13970E4; Psammocryptus kompansevae AF7D7D4B-93A8-4B01-BB63-EA88CB8405EA; Colposcelis ustyurtensis 48EEC9C8-04BD-4316-907C-62677CC49402; Colposcelis khudaybergani 3F662F90-F5D0-4B12-8D81-F55778B438A7; Microdera abdullohi A279AC86-A220-4787-89E5-D27D5FB06459; Microdera uzbekistanica 8917380B-B23E-4247-BD48-C85A0868429D; identifikatsiya  raqamlari olingan va ular xalqaro miqyosda turlarni aniqlash va filogeniyasini o‘rganish imkonini bergan.  

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish