Kuchkarov Ma’murjon Yunusovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Parenximatoz organlar jarroxligida maxalliy gemostazni qo‘llash usullarini takomillashtirish», 14.00.27 – «Xirurgiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Tib5617.
Ilmiy rahbar: Abdullajanov Baxrom Rustamjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tadjibaev Sharaf Abdurashidovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Ozarbayjon tibbiyot universiteti (Ozarbayjon).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yangi mahalliy kompozit gemostatik plyonkani ishlab chiqish va uning samaradorligini klinik baholash orqali qorin bo‘shlig‘i jarrohligida parenximatoz qon ketishini to‘xtatish natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
parenximatoz a’zolar jarrohligida qo‘llash uchun biologik jihatdan so‘riladigan polimer hosilalari (sellyuloza, viskoza va kal`siy) asosidagi bir nechta qatlamlardan bo‘lgan, ularning kombinatsiyasi implantatning mahalliy gemostatik samaradorligini ta’minlaydigan mahalliy kompozit gemostatik plyonka ishlab chiqilgan;
jigar to‘qimasining keng yuzali eksperimental shikastlanishlari sharoitida gemostatik plyonka o‘zining adgeziv xususiyatlarini yo‘qotmasligi hamda uzoq muddat davomida zich holda maxkamlanib, to‘liq va barqaror gemostazni ta’minlashi isbotlangan;
yangi mahalliy plyonkali qoplama yirik eksperimental hayvonlarda shikastlangan jigarning keng yuzasiga qo‘llanilganda applikatsiya sohasida sezilarli mahalliy gistomorfologik o‘zgarishlarni keltirib chiqarmasligi hamda jaroxat yuzasida barqaror qon to‘xtatuvchi ta’sirni ta’minlashi aniqlangan;
belgilangan fizik-kimyoviy xususiyatlar hamda talab etilgan xomashyo va materiallarning sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini inobatga olgan xolda biologik jihatdan so‘riladigan gemostatik xususiyatlarga ega polimer implantatni ishlab chiqarish uchun asosiy texnologik mezonlar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Abdominal xirurgiyada parenximatoz qon ketishini to‘xtatish natijalarini yaxshilash bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: parenximatoz a’zolar jarrohligida qo‘llash uchun biologik jihatdan so‘riladigan polimer hosilalari (sellyuloza, viskoza va kal`siy) asosidagi bir nechta qatlamlardan bo‘lgan, ularning kombinatsiyasi implantatning mahalliy gemostatik samaradorligini ta’minlaydigan mahalliy kompozit gemostatik plyonka ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023 yil 30 yanvardagi IAP 07279-sonli ixtiro uchun patenti) Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 27 yanvarda 6i-3/u-son bilan tasdiqlangan “Parenximatoz a’zolar jarrohligida mahalliy gemostatik plastinani qo‘llashning klinik-eksperimental asoslash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 2025 yil 15 yanvardagi 84-son va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialining 2025 yil 1 fevraldagi 43-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 20 iyundagi 20/06-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan plyonkali kompozit qoplama jigar parenximasining keng shikastlanish hududida yaxshi yopishqoqlik xususiyatlarini namoyon etishi va samarali gemostatik ta’sir ko‘rsatishi imkonini beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi ishlab chiqilgan mahalliy kompozit gemostatik plyonka parenximatoz organlar jarrohligida qo‘llash bilan 1 nafar bemorning shifoxonada 1 kunlik davolanishiga dori-darmon, oziq-ovqat mahsulotlari va tibbiy ashyolar uchun jami 570000 so‘m miqdoridagi davlat byudjeti mablag‘lari sarflanadi. Bir nafar bemor shifoxonada bo‘lish muddatini o‘rtacha 2 kunga qisqartirish 1140000 so‘m davlat byudjeti mablag‘lari iqtisod qilinishiga imkon beradi. Xulosa: jigar jaroxatlari bo‘lgan bemorlarning shifoxonada bo‘lish muddatini o‘rtacha 2 kunga qisqartirish hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=50) 57000000 so‘m davlat byudjeti mablag‘lari tejalishini ta’minlaydi.
ikkinchi ilmiy yangilik: jigar to‘qimasining keng yuzali eksperimental shikastlanishlari sharoitida gemostatik plyonka o‘zining adgeziv xususiyatlarini yo‘qotmasligi hamda uzoq muddat davomida zich holda maxkamlanib, to‘liq va barqaror gemostazni ta’minlashi isbotlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 27 yanvarda 6i-3/u-son bilan tasdiqlangan “Parenximatoz a’zolar jarrohligida mahalliy gemostatik plastinani qo‘llashning klinik-eksperimental asoslash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 2025 yil 15 yanvardagi 84-son va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialining 2025 yil 1 fevraldagi 43-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 20 iyundagi 20/06-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: dastlabki klinik tadqiqot sharoitida taklif etilgan plyonkali kompozit qoplama jigar yoki taloqning jarohatlangan ish to‘qimasi yuzasida barqaror gemostazni ta’minlashi, drenajlash muddatlarini qisqartirishi, shuningdek, qon ketishining takrorlanish xavfini kamaytirishi imkonini beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: Tavsiya etilgan usuldan foydalanish asoratlarni oldini olish imkonini beradi, qo‘shimcha davolanishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi. Statsionar davolanish uchun eng kam xarajat har bir kun uchun 135000 so‘mni tashkil qilgani holda, shifoxonada qolish muddatlari qisqarishi hisobiga 1 nafar bemorga 1 kunda 285000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi. Xulosa: Tavsiya etilgan usulni qo‘llanishi hisobiga bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytiradi va kasalxonada bo‘lish vaqtini qisqartiradi hamda tadqiqot ko‘lami bo‘yicha ushbu usul qo‘llanilgan 50 nafar bemorlarda 1 kun uchun 14250000 so‘m byudjet mablag‘lari tejaladi;
uchinchi ilmiy yangilik: yangi mahalliy plyonkali qoplama yirik eksperimental hayvonlarda shikastlangan jigarning keng yuzasiga qo‘llanilganda applikatsiya sohasida sezilarli mahalliy gistomorfologik o‘zgarishlarni keltirib chiqarmasligi hamda jaroxat yuzasida barqaror qon to‘xtatuvchi ta’sirni ta’minlashi aniqlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 27 yanvarda 6i-3/u-son bilan tasdiqlangan “Parenximatoz a’zolar jarrohligida mahalliy gemostatik plastinani qo‘llashning klinik-eksperimental asoslash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 2025 yil 15 yanvardagi 84-son va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialining 2025 yil 1 fevraldagi 43-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 20 iyundagi 20/06-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan implantatdagi tarkibiy qismlarning uyg‘unligi mahalliy gemostatik vositaning barcha asosiy xususiyatlarini kuchaytirishi va dastlabki klinik sinovlar natijalari bilan birgalikda uni jarrohlik amaliyotida parenximatoz qon ketishini etarli darajada to‘xtatish uchun qo‘llashni tavsiya etish imkonini beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: jigar jarroxligi bilaan tashrix o‘tkazgan 1 nafar bemorning shifoxonada 1 kunlik davolanishiga dori-darmon uchun jami 140000 so‘m miqdoridagi davlat byudjeti mablag‘lari sarflanadi. Bir nafar bemorni shifoxonada bo‘lish muddatini o‘rtacha 2 kunga qisqartirish dori-darmon xarajatlari hisobiga 280000 so‘m davlat byudjeti mablag‘lari iqtisod qilinishiga imkon beradi. Xulosa: jigar jaroxatlari bo‘lgan bemorning shifoxonada bo‘lish muddatini o‘rtacha 2 kunga qisqartirish dori-darmon xarajatlari hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=50) 14000000 so‘m davlat byudjeti mablag‘lari tejalishini ta’minlaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: belgilangan fizik-kimyoviy xususiyatlar hamda talab etilgan xomashyo va materiallarning sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini inobatga olgan xolda biologik jihatdan so‘riladigan gemostatik xususiyatlarga ega polimer implantatni ishlab chiqarish uchun asosiy texnologik mezonlar aniqlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 27 yanvarda 6i-3/u-son bilan tasdiqlangan “Parenximatoz a’zolar jarrohligida mahalliy gemostatik plastinani qo‘llashning klinik-eksperimental asoslash” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 2025 yil 15 yanvardagi 84-son va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialining 2025 yil 1 fevraldagi 43-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 20 iyundagi 20/06-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: parenximatoz a’zolar jarrohligining turli sohalarida qo‘llash uchun yakuniy mahsulotni seriyali ishlab chiqarishi imkoniyatini ta’minlash maqsadida gemostatik xususiyatlarga ega bo‘lgan biologik eruvchan polimer implantatni ishlab chiqarish bo‘yicha texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqishga imkon beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: Ilmiy yangilikdan foydalanish asoratlarni oldini olish imkonini beradi, qo‘shimcha davolanishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi. Shifoxonada qolish muddatlari qisqarishi hisobiga bir nafar bemorga 1 kunda dori-darmon xarajatlari bilan 570000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi. Xulosa: Ilmiy yangilikdan foydalanish maxalliy gemostatik vosita ishlab chiqish imkonini beradi, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytiradi va kasalxonada bo‘lish vaqtini qisqartiradi hamda tadqiqot ko‘lami bo‘yicha ushbu usul qo‘llanilgan 50 nafar bemorlarda 1 kun uchun 28500000 so‘m byudjet mablag‘lari tejaladi.