Axmadiev Edvard Erikovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Preeklampsiyaning erta tashxisi va rivojlanishida biokimyoviy va doppler markerlarining samaradorligini o‘rganish» 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1. PhD/Tib5284
Ilmiy raxbar: Asatova Munira Miryusupovna tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/30.11.2023.Tib.114.01.
Rasmiy opponentlar: Tuksanova Dilbar Ismatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kurbanov Baxodir Boburovich tibbiyot fanlari doktori.  
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot universiteti.  
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: preeklampsiyaning yuzaga chiqishi va uning rivojlanishini baholashda ayrim biokimyoviy va biofizik markerlarning o‘ziga xosligi va sezgirligini o‘rganishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor klinik xavf omillari mavjud bo‘lgan homilador ayollarda angiogen omillar (sFlt-1, PlGF), D vitamini (25(OH)D) va bachadon arteriyalarining dopplerometrik ko‘rsatkichlarini birgalikda qo‘llaganda sFlt-1/PlGF nisbatining ortishi, preeklampsiya xavfini erta aniqlashning prognostik mezoni ekanligi isbotlangan;
ilk bor homiladorlik fiziologik kechayotgan ayollarda homiladorlikning erta muddatlarida PlGF, sFlt-1 va ularning nisbati (sFlt-1/PlGF) uchun referens diapazonlar hamda chegaraviy qiymatlar ko‘rsatkichlari ikki martadan ortiq oshganda preeklampsiya rivojlanish ehtimoli ishonchli darajada ortishi aniqlangan;
ilk bor sFlt-1, PlGF va D vitamini (25(OH)D) darajalari bilan bachadon arteriyalarining dopplerometrik ko‘rsatkichlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi isbotlangan;
ilk bor angiogenik biomarkerlar, D vitamini darajasi va homiladorlikning erta muddatlarida tekshirilgan bachadon arteriyalarining dopplerometriya parametrlaridan foydalanish preeklampsiyani prognozlash modelida sezgirlik va o‘ziga xoslikni 86 % gacha oshirib berishi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Preeklampsiyani bashorat qilish va uning progresslashuvini baholashda ayrim biokimyoviy va biofizik markerlarning o‘ziga xosligi va sezgirligini o‘rganish natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor klinik xavf omillari mavjud bo‘lgan homilador ayollarda angiogen omillar (sFlt-1, PlGF), D vitamini (25(OH)D) va bachadon arteriyalarining dopplerometrik ko‘rsatkichlarini birgalikda qo‘llaganda sFlt-1/PlGF nisbatining ortishi, preeklampsiya xavfini erta aniqlashning prognostik mezoni ekanligi isbotlangan bo‘yicha takliflar Respublika ona va bola salomatligi ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ilmiy Kengashi tomonidan 3 dekabr 2024 yil 14 son bilan tasdiqlangan “Preeklampsiya rivojlanishi va avj olishining erta tashxislash tamoyillari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif 12.02.2025 yildagi 8-son buyruq bilan Respublika ona va bola salomatligi ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon filialiga va 21.02.2025 yildagi 120-son buyruq bilan Samarqand filiallarining klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: fiziologik homiladorlikda angiogen va antiangiogen biomarkerlarning normativ darajalarini belgilash — erta differensial diagnostika hamda asoratlarni bashorat qilish imkonini beradi. Bu orqali giperdiagnostika va ortiqcha tibbiy aralashuvlar xavfi kamayadi. Iqtisodiy samaradorligi: biomarkerlarning ishonchli normativ ko‘rsatkichlarini shakllantirish xavf guruhlarida laborator diagnostikadan oqilona foydalanish imkonini yaratadi. Bu esa ortiqcha tekshiruvlar va keraksiz kasalxonaga yotqizilishning oldini olish, asosli klinik monitoring tufayli har bir bemor uchun o‘rtacha 1000000 so‘mgacha xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi. Xulosa: fiziologik homiladorlikda PlGF, sFlt-1 va ularning nisbati bo‘yicha normativ darajalarni aniqlash — preeklampsiyani erta bashorat qilish bo‘yicha standartlashtirilgan tizimni joriy etish va homiladorlikni samarali olib borish uchun ob’ektiv asos bo‘ladi;
ikkinchi ilmiy yangilik ilk bor homiladorlik fiziologik kechayotgan ayollarda homiladorlikning erta muddatlarida PlGF, sFlt-1 va ularning nisbati (sFlt-1/PlGF) uchun referens diapazonlar hamda chegaraviy qiymatlar ko‘rsatkichlari ikki martadan ortiq oshganda preeklampsiya rivojlanish ehtimoli ishonchli darajada ortishi aniqlangan bo‘yicha takliflar Respublika ona va bola salomatligi ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ilmiy Kengashi tomonidan 3 dekabr 2024 yil 14 son bilan tasdiqlangan “Preeklampsiya rivojlanishi va avj olishining erta tashxisot tamoyillari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif 12.02.2025 yildagi 8-son buyruq bilan Respublika ona va bola salomatligi ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon filialiga va 21.02.2025 yildagi 120-son buyruq bilan Samarqand filiallarining klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: biokimyoviy va dopplerometrik markerlar yordamida preeklampsiya xavfini o‘z vaqtida aniqlash homiladorlikdagi og‘ir asoratlar, erta tug‘ruqlar, perinatal kasallanish va ona o‘limi holatlarini kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: PlGF, sFlt-1 va D vitaminini aniqlash bo‘yicha biomarkerlar to‘plamining taxminiy bahosi 1180000 so‘mni tashkil etadi. Og‘ir preeklampsiya bilan bog‘liq holatda bir kunlik kasalxonaga yotqizishning o‘rtacha narxi 2,5 million so‘mdan oshadi, bunda dori-darmon bilan davolash va chaqaloqni intensiv kuzatish xarajatlari hisobga olinmagan. Tavsiya etilgan prognostik yondashuvni qo‘llash og‘ir holatlarni kamaytirish, asossiz kasalxonaga yotqizish va erta tug‘ilishlarning oldini olish imkonini beradi. Bu esa 1300000 so‘mgacha bir bemor uchun tejamkorlikni ta’minlaydi. Xulosa: preeklampsiya xavfiga ega bo‘lgan ayollarda homiladorlikning erta bosqichida PlGF, sFlt-1, D vitamini darajalari va bachadon arteriyalarining dopplerometriyasini kompleks baholash etarlidir. Normadan chetlashuvlar aniqlanganda profilaktik davolashni o‘z vaqtida boshlash va dinamik kuzatuvni tashkil qilish mumkin. Bu esa sog‘liqni saqlash tizimiga bo‘lgan yukni kamaytiradi va akusherlik yordamining samaradorligini oshiradi;
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor sFlt-1, PlGF va D vitamini (25(OH)D) darajalari bilan bachadon arteriyalarining dopplerometrik ko‘rsatkichlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi isbotlangan bo‘yicha takliflar Respublika ona va bola salomatligi ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ilmiy Kengashi tomonidan 3 dekabr 2024 yil 14 son bilan tasdiqlangan “Preeklampsiya rivojlanishi va avj olishining erta tashxisot tamoyillari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif 12.02.2025 yildagi 8-son buyruq bilan Respublika ona va bola salomatligi ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon filialiga va 21.02.2025 yildagi 120-son buyruq bilan Samarqand filiallarining klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: laborator va instrumental ma’lumotlarni yagona diagnostik modelda integratsiya qilish orqali yuqori xavf guruhiga kiruvchi homiladorlarni aniqroq ajratish, o‘z vaqtida profilaktika tadbirlarini boshlash va shunday qilib og‘ir shakldagi preeklampsiya, erta tug‘ruqlar va perinatal asoratlar sonini kamaytirish mumkin bo‘ldi. Iqtisodiy samaradorligi: biokimyoviy va dopplerometrik skriningni birlashtirish takroriy qimmatbaho testlar va gospitalizatsiya ehtiyojini kamaytiradi. Intensiv terapiya va noo‘rin kuzatuv tadbirlariga ketadigan xarajatlarni qisqartirish orqali bir nafar bemor uchun iqtisodiy samara 1300000 so‘mgacha etadi. Xulosa: aniqlangan korrelyasion bog‘liqliklar biomarkerlar va qon tomir ko‘rsatkichlarini birgalikda baholashning klinik ahamiyatini tasdiqlaydi. Bu esa bachadon-platsentar qon aylanish buzilishi va preeklampsiyani erta bashorat qilish imkonini beradi va shaxsiylashtirilgan homiladorlikni olib borish protokollarini joriy etish uchun imkoniyat yaratgan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor angiogenik biomarkerlar, D vitamini darajasi va homiladorlikning erta muddatlarida tekshirilgan bachadon arteriyalarining dopplerometriya parametrlaridan foydalanish preeklampsiyani prognozlash modelida sezgirlik va o‘ziga xoslikni 86 % gacha oshirib berishi isbotlangan bo‘yicha takliflar Respublika ona va bola salomatligi ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ilmiy Kengashi tomonidan 3 dekabr 2024 yil 14 son bilan tasdiqlangan “Preeklampsiya rivojlanishi va avj olishining erta tashxisot tamoyillari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif 12.02.2025 yildagi 8-son buyruq bilan Respublika ona va bola salomatligi ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon filialiga va 21.02.2025 yildagi 120-son buyruq bilan Samarqand filiallarining klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: diagnostika aniqligining oshishi orqali noto‘g‘ri ijobiy xulosalar va ortiqcha tibbiy aralashuvlar soni kamayib, homiladorlikni olib borishda ratsional yondashuv ta’minlanadi, ona va bola uchun asoratlar xavfi kamayadi. Iqtisodiy samaradorligi: xavfni baholashning kompleks modeli orqali takroriy tekshiruvlar, kasalxonaga yotqizishlar va dori-darmon terapiyasiga ketadigan xarajatlar kamayadi. Iqtisodiy foyda bir nafar bemor uchun o‘rtacha 1300000 so‘mgacha bo‘lgan miqdorni tashkil qiladi, ayniqsa sog‘liqni saqlash tizimi resurslari cheklangan sharoitda. Xulosa: biomarkerlar, dopplerometriya va klinik-anamnestik ma’lumotlarni birgalikda qo‘llash orqali preeklampsiyani bashorat qilish samaradorligi tasdiqlangan va bu akusherlik amaliyotida ko‘p komponentli diagnostik algoritmlarni joriy etish zarurligini asoslab bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish