Azizova Dilobarxon Abdujalil qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy o‘zbek nasrida manfaatli nikoh motivi: variantlashuv omillari va variantlari”, 10.00.07 – Adabiyot nazariyasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fil4508
Ilmiy maslahatchi: Sheralieva Mashhura Ikromjonovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc 02/30.12.2019 Fil.46.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raqulov Uzoq Haydarovich, filologiya fanlari doktori, Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU professori; Qo‘chqorova Marhabo Xudoyberganovna, filologiya fanlari doktori, professor, O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti yetakchi ilmiy xodimi
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi manfaatli nikoh motivining zamonaviy o‘zbek nasridagi variantlari va variantlashuv omillarini o‘rganish hamda manfaatli nikoh motivlar kompleksi strukturasini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
manfaatli nikoh motivining motivlar kompleksi ekani aniqlangan, uning ham o‘rganilayotgan adabiy davr, ham muayyan badiiy asar syujetidagi maqomi belgilangan;
GAP modeli asosida manfaatli nikoh motivi variantlaridagi semantik siljishlar ochib berilgan;
manfaatli nikoh motivining genezisi ochiqlangan, uning Jozef Kempbell tasnifidagi “sinovlar yo‘li”, “ma’buda bilan uchrashuv”, “vasvasa” arxetipik motivlari bilan mustahkam aloqada ekani asoslangan;
manfaatli nikoh motivlar kompleksining invariant va variant halqalari chegarasi belgilangan, uning ijodkor badiiy maqsadi doirasida variatsiyalanishi isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy o‘zbek nasrida manfaatli nikoh motivi: variantlashuv omillari va variantlari” mavzusida olib borilgan tadqiqotlar asosida olingan natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
Manfaatli nikoh motivining motivlar kompleksi ekani, badiiy asar syujetida mazkur motiv maqomi, shuningdek syujet motivi va uning funksiyalari ilk bor zamonaviy o‘zbek nasridagi romanlar misolida tadqiq etilgan, syujet motiviga doir xorij va o‘zbek olimlarining ilmiy-nazariy xulosalari umumlashtirilgan o‘rinlardan Andijon davlat universitetida bajarilgan A–OT-2021-57 raqamli “Cho‘lpon hayoti va ijodiy merosi manbalarining elektron platformasini va mobil ilovasini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan. (Andijon davlat universitetining 2025-yil 2-maydagi 04-1713 son ma’lumotnomasi). Natijada platforma yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan, foydalanuvchilarga qulaylik yaratilgan;
Manfaatli nikoh motivining arxetipik motivlar bilan aloqasi, motivlar kompleksining genezisiga doir fikr va xulosalardan turkiy xalqlar adabiyotshunosligida mifopoetik yondashuvning faollashuvi omillarini o‘rganishda Turkiya Respublikasi Karabuk universiteti Chingiz Aytmatov Adabiyot fakulteti Turk dunyosi amaliy va tadqiqot markazi mudirligi Özbekçe ve Özbek edebiyatı derslerinde, Edebiyat Fakültesi Türk Dili ve Edebiyatı Bölümünde TED730 Türk Dünyası, TRE229 Çağdaş Türk Lehçeleri 1, TRE331 Çağdaş Türk Dünyası Edebiyatı 1, TRE332 Çağdaş Türk Dünyası Edebiyatı II, TED734 Türkistan Milli Uyanış Edebiyatı darslarida foydalanilgan (Karabuk universitetining 2025-yil 7-apreldagi E-66681389-302.08.01-424193-son ma’lumotnomasi). Natijada darslar ilmiy-nazariy fikrlar bilan boyigan;
Syujet motivi va uning funksiyalari ilk bor zamonaviy o‘zbek nasridagi romanlar misolida tadqiq etilgani, yana manfaatli nikoh motivlar kompleksining invariant va variant halqalari chegarasi va uning ijodkor badiiy maqsadi doirasida variatsiyalanishi xususidagi fikr-xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi ijodiy to‘garaklar faoliyatida, ijodkor yoshlar bilan uchrashuvlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2025-yil 6-maydagi 01-03/208-son ma’lumotnomasi). Ilmiy xulosalar yosh ijodkorlarning zamonaviy o‘zbek nasri namunalarini teranroq anglashi va badiiy-estetik didini o‘stirishga yordam bergan.