Ibadullaeva Shaxnoza Ilxamovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumot.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tasviriy san’at darslarida ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”. 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tasviriy san’at).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5035
Ilmiy rahbar: Mamurova Dilfuza Islamovna, pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi va IK raqami: Buxoro davlat universiteti PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04
Rasmiy opponentlar: Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Gulyamov Komiljon Maxmudovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Urgench davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tasviriy san’at darslarida ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“ijodiy tafakkur, ijodiy qobiliyat”ning implisitligini ta’minlash nostandart mashqlar vositasida diagnostika qilish zamonaviy ta’lim paradigmalari (“ob’ekt—ob’ekt”, “ob’ekt—sub’ekt”) yordamida amaliy ko‘nikmalarni takomillashtirish asosida aniqlashtirilgan;
o‘quvchilar ijodiy qobiliyatini rivojlantirish konsepsiyasi asosida kognitiv—amaliy, motivatsion—refleksiv, kreativ—moslashuv ko‘nikmalarini shakllantirish indikatorlari 4 K modeli vositasida rivojlantirish mexanizmlari takomillashtirilgan;
ijodiy qobiliyatni rivojlantirish modeli tashkiliy—tuzilmaviy, mazmunli metodik, natijaviy—baholash komponentlari yakka, guruhli, jamoaviy ishlash jarayonida tarkib toptirishga yo‘naltirish orqali takomillashtirilgan;
kreativ fikrlash ko‘nikmalarini shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim asosida rivojlantirish texnologiyasi didaktik bilimlar tizimida o‘qitish jarayonini tashkil etish tadqiqotchilik jarayoniga integratsiyalash bilan uzviy bog‘liqligini dinamik taʼminlash hamda diagnostik bazani tizimli qo‘llash orqali metodik ta’minoti boyitilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tasviriy san’at darslarida o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalaridan:
“ijodiy tafakkur, ijodiy qobiliyat”ning implisitligini ta’minlash nostandart mashqlar vositasida diagnostika qilish zamonaviy ta’lim paradigmalari (“ob’ekt—ob’ekt”, “ob’ekt—sub’ekt”) yordamida amaliy ko‘nikmalarni takomillashtirishga doir tavsiyalar “Tasviriy san’at tarixi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023 yil 27 martdagi 68—559—sonli guvohnomasi). Natijada, tasviriy san’at darslari metodikasi takomillashtirilgan;
o‘quvchilar ijodiy qobiliyatini rivojlantirish konsepsiyasi asosida kognitiv—amaliy, motivatsion—refleksiv, kreativ—moslashuv ko‘nikmalarini shakllantirish indikatorlari 4 K modeli vositasida rivojlantirish mexanizmlari haqidagi ilmiy—nazariy qarashlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining № SAP 2538 sonli sanoat namunasiga berilgan patent mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining № SAP 2538 sonli sanoat namunasiga berilgan patent). Natijada, o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishda sezilarli natijalarga erishilgan;
ijodiy qobiliyatni rivojlantirish modeli tashkiliy—tuzilmaviy, mazmunli metodik, natijaviy—baholash komponentlari yakka, guruhli, jamoaviy ishlash jarayonida tarkib toptirishga doir tavsiyalardan Buxoro Xalqaro universitetida bajarilgan Yo-A-1-9 raqamli “Aholining turli qatlamlariga psixologik xizmat ko‘rsatish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Buxoro Xalqaro universitetining 2025-yil 13-noyabrdagi 01-195-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning iqtidorlilik darajasini individual yondashuv asosida baholash belgilandi.
kreativ fikrlash ko‘nikmalarini shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim asosida rivojlantirish texnologiyasi didaktik bilimlar tizimida o‘qitish jarayonini tashkil etish tadqiqotchilik jarayoniga integratsiyalash bilan uzviy bog‘liqligini dinamik taʼminlash hamda diagnostik bazani tizimli qo‘llash orqali metodik ta’minotga ga doir ilmiy xulosalardan “BuxoroTV” telekanalining “Assalom Buxoro”, “Najot bilimda” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (2025-yil 28-noyabrdagi “BuxoroTV” telekanalining 01-09-266-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sinfdagi barcha bolalarda, shuningdek, nogironligi bo‘lgan o‘quvchilar uchun ham iqtidorlilik darajasi rivojlandi.