Asqaralieva Muxtasar Azizjon qizining
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Umumta’lim maktablarida aksiologik yondashuv asosida mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish metodikasi”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7410.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti
Ilmiy rahbar: Xodjamqulov Umid Negmatovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Xurvalieva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktori, professor;  Mardonov Shukurullo Qo‘ldoshevich, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi aksiologik yondashuv asosida mashg‘ulotlar samaradorligini oshirishning didaktik va metodik ta’minotini takomillshtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
umumta’lim maktablarida aksiologik yondashuv asosida mashg‘ulotlar samaradorligini oshirishning pedagogik imkoniyatlari qadriyatlarga ko‘ra, shaxsning emotsional va axloqiy rivojlanishdagi ichki motivatsiya va hayotiy pozisiyani namoyon qilish omillari vositasida aniqlashtirishga erishilgan; 
o‘quvchilarini aksiologik yondashuv asosida o‘qitish mazmuni milliy qadriyatlarga xos bo‘lgan insonparvarlik, vatanparvarlik, bag‘rikenglik xislatlarini rivojlantirishga pedagogik ta’sir ko‘rsatish muammoli vazifalarga echim topishni loyihalash usullari asosida takomillashtirilgan; 
umumta’lim maktablarida “Tarbiya” mashg‘ulotlarining samaradorligini aniqlash maqsadida empatik munosabatlarni rivojlantirish, simbiotik muloqotni shakllantirish va his–tuyg‘ularni tartibga solishga yo‘naltirilgan metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
aksiologik yondashuv asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar samaradorligini baholashning diagnostik-metodik mexanizmi ishlab chiqilgan bo‘lib, bu o‘quvchilarning aksiologik kompetensiyasini, his–tuyg‘ularni tartibga solish darajasini va simbiotik muloqotga kirishish ko‘nikmalarini tizimli aniqlash usullari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Aksiologik yondashuvlar asosida tarbiya darslarini tashkil etish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
aksiologik yondashuvning mazmuni, ilmiy-metodologik asoslari,  tarkibi va meʼyoriy talablarini ortimallashtirish, hayotiy vaziyatlar bilan solishtirish, diagnostik rrognozlash hamda dunyo ta’lim makonida kuzatilayotgan konsertual jarayonlarni ilmiy-pedagogik modellashtirish asosida takomillashtirilgan aksiologik yondashuv asosida tarbiya darslarini tashkil etishning redagogik imkoniyatlariga doir amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DMda uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli dasturlar ssenariysini tayyorlashda foydalanildi. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali 04-36-950-son 21-avgust 2024-yil sonli ma’lumotnomasi)  Natijada, yoshlar tarbiyasi, tarbiya darslarini aksiologik yondashuvlar asosida shakllantirishning adartivligini hamda integratsion ta’minot dasturlarini samaradorligini oshirishga xizmat qilgan; 
zamonaviy moderator, fasilitator, tyutor, mentor kabi redagogik faoliyat shakllari hamda nazariy bilimlarga muvofiq hayotiy keyslarni dars va darsdan tashqari jarayonlarni samarali tashkil etishning motivatsion, kognitiv, oreratsion-texnologik bosqichlariga vertikal integratsiyalash asosida takomillashtirilgan aksiologik yondashuv asosida tarbiya darslarini tashkil etishning funksional  modeli bo‘yicha taklif va tavsiyalar Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida bajarilgan II-721101717 raqamli “Xizmat ko‘rsatish obektlari milliy nomlari interaktiv elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada  foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi 2024-yil 25-sentyabr 1431-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tarbiya darslarini aksiologik yondashuvlarni asosida tashkil etishning metodik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan hamda mamlakatimiz qadriyatlari va madaniyatini yaqindan o‘rganishga xizmat qilgan; 
tarbiya darslarini tashkil etishning samarali texnologiyalarini vizual kontentlar va hayotiy vaziyatlarni muammoli, rivojlantiruvchi, loyiha ishi, kouch suhbat kabi metodik tavsiyalar tizimi hamda shaxsga yo‘naltirilgan faoliyat orqali amalga oshirishda variativ, mobil, intensiv imitatsion mashqlarni integratsion ta’lim muhitiga adartivlashtirish asosida ishlab chiqilgan tarbiya darslarini tashkil etishning samarali  usullariga oid ishlanmalar, ilmiy-metodik tavsiyalari va takliflaridan Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani 20-sonli umumta’lim maktabi, Samarqand viloyati Samarqand shahri 41-sonli umumta’lim maktabi va Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani 54-sonli umumta’lim maktablarida amaliy qo‘llanildi  (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’limi vazirligi huzuridagi respublika ta’lim markazi 2024-yil 26-sentyabrdagi 01/11-11-719-sonli ma’lumotnomasi). Natijada,  tarbiya darslarida  ijtimoiy-ta’limiy loyihalarni dars va darsdan tashqari jarayonlarni samarali tashkil etishning redagogik bosqichlarini aniqlashtirishga hamda o‘quvchilarda insoniy fazilatlar, axloqiy qarashlar va shaxsiy qadriyatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan amaliy-metodik tizimini takomillashtirishga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish