Ikramov Shoxrux Shoir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jag‘ suyagi nuqsonlarini tiklashda osteoplastik materiallarni tanlashni asoslash (klinik-eksperimental tadqiqot)” 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3873.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Abduazim Abduvalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Shomurodov Qaxromon Erkinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Jung Yong Paeng tibbiyot fanlari doktori, professor (Koreya Respublikasi)
Yetakchi tashkilot: Tokay tibbiyot markazi (Yaponiya)
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tajriba hayvonlari hamda jag‘ atrofiyalari va nuqsonlari bo‘lgan bemorlarda osteoplastik materialni tanlashni klinik-eksperimental asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tajriba hayvonlarida sun’iy hosil qilingan bo‘shliqlarni bartaraf etishda qo‘llanishga osteoplastik materiallarni tarkibi, xususiyatlari, bo‘shliqni joylashuvi va hajmining to‘lganligi hisobiga suyak shakllanganligi tajribada asoslangan;
al’veoyar o‘siq atrofiyasida hamda sinus-liftingli operatsiyada suyak hajmini va balandligini saqlash maqsadida qo‘llanilgan osteoplastik materiallarning osteogenezga ta’siri, hajmining ortishi va natijada osteoblastlarning hosil bo‘lganligi asoslangan;
qo‘llanilgan rentgenologik va densimetrik tekshiruv natijalariga ko‘ra atrofiya o‘rnida ksenotrasplantatli osteoplastik ma’terial to‘liq tiklovchi regenerat paydo bo‘ganligi, tuzulishi, zichligi bo‘yicha atrof suyak to‘qimasiga yaqinligi va sintetik osteoplastik ma’terial tarkibidagi kollogen, dastlab dag‘al, bir necha muddatdan so‘ng suyak to‘qimasi parchalanishini oldini olish aniqlangan;
jag‘ suyagi atrofiyasi va nuqsonlarida joylashuvi va hajmidan asoslanib osteoplastik ma’teriallarni tanlashni algoritmi ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
dental implantatsiyani raqamli texnologiyalar asosida rejalashtirish va operatsiyadan keyingi asoratlar profilaktikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 24 oktyabrdagi 27-sonli xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: birinchi marta laboratoriya hayvonlari va bemorlarda jag‘ nuqsonlarini tiklashda uch xil osteoplastik material (BOSS, A-OSS, Osteon II Collagen) samaradorligi morfologik, rentgenologik va klinik ko‘rsatkichlar asosida barcha bitish bosqichlarida kompleks kliniko-eksperimental tarzda solishtirilib baholandi. Ilmiy innovatsiyalarni amaliyotga joriy etish: tadqiqot natijalari "sinus liftingda maqbul osteoplastik materiallarini qo‘llash algoritmi" (Toshkent davlat stomatologiya institutida 29.03.2025, 01-p/119-son bilan tasdiqlangan) "Eksperimentda jag‘ nuqsonlarida osteoplastik materiallarni qo‘llashni asoslash" (Toshkent davlat stomatologiya institutida 29.03.2025, 01-p/118-son bilan tasdiqlangan) bo‘yicha uslubiy tavsiyalarga kiritilib Shahar 7-son klinik shifoxonasi (20.06.2025 y., 06-0961-sonli buyruq) va Qibray tumani tibbiyot birlashmasi (28.06.2025 y., 2108-10-139-T8/2025-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: bemorning klinik holatiga mos holda optimal biomaterial tanlash imkonini beradi, bu esa jag‘ nuqsoni bo‘lgan bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va asoratlar sonini kamaytirishga xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: BOSS va A-OSS materiallaridan foydalanish davolash muddatini o‘rtacha 30% ga qisqartiradi, qayta aralashuv ehtiyojini kamaytiradi. Kliniklar bahosiga ko‘ra, bitta bemor uchun o‘rtacha iqtisodiy foyda 1000000 dan 2200000 so‘mgacha tashkil qiladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ishlatilgan osteoplastik material turiga bog‘liq ravishda osteogenez, angiogenez va biodegradatsiya dinamikasida ishonchli farqlar aniqlanib, bu holatlar har xil bitish muddatlarida (7, 14, 30, 60, 90 kun) olingan morfologik va rentgenologik ma’lumotlar bilan tasdiqlandi. Ilmiy innovatsiyalarni amaliyotga joriy etish: tadqiqot natijalari "sinus liftingda maqbul osteoplastik materiallarini qo‘llash algoritmi" (Toshkent davlat stomatologiya institutida 29.03.25, 01-p/119-son bilan tasdiqlangan) "Eksperimentda jag‘ nuqsonlarida osteoplastik materiallarni qo‘llashni asoslash" (Toshkent davlat stomatologiya institutida 29.03.25, 01-p/118-son bilan tasdiqlangan) bo‘yicha uslubiy tavsiyalarga kiritilib Shahar 7-son klinik shifoxonasi (20.06.2025 y., 06-0961-sonli buyruq) va Qibray tumani tibbiyot birlashmasi (28.06.2025 y., 2108-10-139-T8/2025-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etildi. ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: davolash natijasining oldindan bashorat qilinishi va regeneratsiya sifati oshadi, bu ayniqsa keksa bemorlarda asoratlar va qayta operatsiyalar xavfini kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: biomaterialning to‘g‘ri tanlanishi qayta KT, tahlil va shifoxonaga yotqizish xarajatlarini kamaytiradi. O‘rtacha iqtisodiy foyda bitta bemor uchun 1,5 millon so‘mgacha baholangan.
uchinchi ilmiy yangilik: aniqlanishicha BOSS materiali eng yuqori osteogen faollikka ega bo‘lib, etilgan plastinkasimon suyak to‘qimasi va qon tomir tarmog‘ining erta shakllanishini rag‘batlantiradi, shuningdek, operatsiyadan keyingi yallig‘lanish reaksiyasini minimallashtiradi. Ilmiy innovatsiyalarni amaliyotga joriy etish: tadqiqot natijalari "sinus liftingda maqbul osteoplastik materiallarini qo‘llash algoritmi" (Toshkent davlat stomatologiya institutida 29.03.25, 01-p/119-son bilan tasdiqlangan) "Eksperimentda jag‘ nuqsonlarida osteoplastik materiallarni qo‘llashni asoslash" (Toshkent davlat stomatologiya institutida 29.03.25, 01-p/118-son bilan tasdiqlangan) bo‘yicha uslubiy tavsiyalarga kiritilib Shahar 7-son klinik shifoxonasi (20.06.2025 y., 06-0961-sonli buyruq) va Qibray tumani tibbiyot birlashmasi (28.06.2025 y., 2108-10-139-T8/2025-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: funksiyaning tez tiklanishi va og‘riqning kamayishi bemorlarning mehnatga layoqatsizlik davrini qisqartirishga xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: xirurgik stomatologiya kafedrasi ma’lumotlariga ko‘ra, BOSS materiali reabilitatsiya muddatini 20-25% ga qisqartirib, bitta bemor uchun o‘rtacha 900000 so‘mgacha iqtisodiy foyda beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: aniqlanishicha, A-OSS materiali transplantat hajmining eng yuqori barqarorligini namoyon etadi va nuqson geometriyasining uzoq muddatli saqlanishini hamda ishonchli integratsiyani ta’minlaydi.Osteon II Collagen esa yuqori darajadagi vaskulyarizatsiya bilan ajralib turadi, biroq yangi hosil bo‘lgan suyak to‘qimasi zichligi boshqa materiallarga nisbatan pastroq. Ilmiy innovatsiyalarni amaliyotga joriy etish: tadqiqot natijalari "sinus-liftingda maqbul osteoplastik materiallar ini qo‘llash algoritmi" (Toshkent davlat stomatologiya institutida 29.03.25, 01-p/119-son bilan tasdiqlangan) "Eksperimentda jag ’ nuqsonlarida osteoplastik materiallarni qo‘llashni asoslash" (Toshkent davlat stomatologiya institutida 29.03.25, 01-p/118-son bilan tasdiqlangan) bo‘yicha uslubiy tavsiyalarga kiritilib Shahar 7-son klinik shifoxonasi (20.06.2025 y., 06-0961-sonli buyruq) va Qibray tumani tibbiyot birlashmasi (28.06.2025 y., 2108-10-139-T8/2025-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etildi. ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: bemorning yoshi, hamroh kasalliklari va nuqson murakkabligiga qarab ustuvorlik - barqarorlik, angiogenez yoki suyak zichligi - asosida biomaterial tanlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: materialning ratsional tanlovi muvaffaqiyasiz operatsiyalar soni va qayta plastika ehtiyojini kamaytiradi. To‘g‘ri tanlovda bitta bemor uchun o‘rtacha 1 millon so‘mgacha iqtisodiy samaradorlik ta’minlanadi.