Sattaralieva Xayotxon Botirali qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tuxumdonlar skleropolikistozi bor ayolladra ekstrakorporal urug‘lantirish natijalarini optimallashtirish», 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4396.
Ilmiy rahbar: Asrankulova Diloramxon Baxtiyarovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc. 04/07.06.2024.Tib.95.03.
Rasmiy opponentlar: Axmadjonova Gulnoza Muradovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent, Magzumova Nargiza Maxkamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tuxumdonlar skleropolikistozi mavjud ayollarni ekstrakorporal urug‘lantirish dasturida klinik-fenotipik xususiyatlarga ko‘ra shaxsga yo‘naltirilgan individual davolash dasturini ishlab chiqish hamda uni qo‘llash orqali ekstrakorporal urug‘lantirish samaradorligini oshirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tuxumdonlar skleropolikistozi mavjud ayollarda uning klinik fenotiplari (A, B, C, D) bo‘yicha klinik, gormonal va laborator ko‘rsatkichlarning o‘ziga xos xususiyatlari tizimli ravishda o‘rganilib, lyuteinlovchi gormon, uning follikul stimullovchi gormonga nisbati (LG/FSG), kortizol, antimyuller gormoni, leptin, yuqori va past  zichlikdagi lipoproteidlar hamda glyukozaga tolerantlikning buzilishi ko‘rsatkichlarining tana massa indeksi bilan uzviy bog‘liqligi aniqlangan;
tuxumdonlar skleropolikistozida LG/FSG va DGEA-S- degidroepiandrosteron sul`fat kabi laborator qiymatlarning hayz buzilishi turiga bog‘liq emasligi, tana vazni ortishi esa tuxumdon hajmi, follikulalar soni va diametrining ortishi bilan bog‘liqligi aniqlangan, bu morfo-funksional va laborator o‘zgarishlarning ekstrakorporal urug‘lantirish samaradorligini oshirishi isbotlangan;
tuxumdonlar skleropolikistozi TPKS fenotipini hisobga olgan holda flutamid, melatonin kabi endokrin modulyatorlarni kompleks qo‘llanilishi klinik ko‘rsatkichlarni yaxshilashi, ootsitlar va embrion morfo-funksional sifatini oshirishda samarali ekanligi isbotlangan;
tuxumdonlar skleropolikistozi bilan bog‘liq bepushtlikni davolashda ishlab chiqilgan shaxsga yo‘naltirilgan individual tayyorgarlik dasturi embrion implantatsiyasi chastotasini 0,40±0,12 birlikka oshirishi, klinik homiladorlik chastotasini 18,4% ga ko‘paytirishi hamda homila tushishi holatlarini 5,3% ga kamaytirishi bilan davolash samaradorligini oshirishi ilmiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tuxumdonlar skleropolikistozi bor ayolladra ekstrakorporal urug‘lantirish natijalarini optimallashtirishga qaratilgan tadqiqotning ilmiy natijalariga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: tuxumdonlar skleropolikistozi mavjud ayollarda uning klinik fenotiplari (A, B, C, D) bo‘yicha klinik, gormonal va laborator ko‘rsatkichlarning o‘ziga xos xususiyatlari tizimli ravishda o‘rganilib, lyuteinlovchi gormon, uning follikul stimullovchi gormonga nisbati (LG/FSG), kortizol, antimyuller gormoni, leptin, yuqori va past  zichlikdagi lipoproteidlar hamda glyukozaga tolerantlikning buzilishi ko‘rsatkichlarining tana massa indeksi bilan uzviy bog‘liqligi aniqlanganligi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Ekspert kengashi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan 2024 yil 26 aprel` 01-02/4-t-25-son bilan tasdiqlangan va «Polikistoz tuxumdonlar sindromida EKU muolajasiga tayyorlash dasturini takomillashtirish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik Farg‘ona shaxar tibbiyot birlashmasining 2024 yil 15 maydagi 01-08/839-son va Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon filialining 2025 yil 18 maydagi 24-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 13 noyabrdagi 19/43-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tuxumdonlar skleropolikistozi klinik fenotiplarini klinik-laborator hamda morfo-funksional ko‘rsatkichlarga bog‘liq ravishda tizimli o‘rganish bu kasallikka chalingan ayollar reproduktiv salomatligini erta baholash va bepushtlikning oldini olish imkonini yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi:  Tuxumdonlar skleropolikistozi mavjud ayollarda klinik fenotiplar (A, B, C, D) bo‘yicha klinik, gormonal va laborator ko‘rsatkichlarni tana massa indeksi (TMI) bilan bog‘liq holda stratifikatsiya qilishga asoslangan ushbu yondashuv iqtisodiy samaradorlikni baholash nuqtai nazaridan qiyosiy tahlil asosida o‘rganildi, bunda standart diagnostika modelida har bir bemor uchun o‘rtacha xarajat C₁=(gormonal tahlillar+metabolik testlar+qo‘shimcha tekshiruvlar)=600-700 ming so‘m, taklif etilayotgan fenotipga yo‘naltirilgan maqsadli diagnostika modelida esa C₂=300-350 ming so‘m ni tashkil etdi, iqtisodiy tejamkorlik esa ΔC=C₁-C₂=300–350 ming so‘m/bemor formulasi asosida hisoblandi, natijada n=100 bemor uchun umumiy yillik iqtisodiy samara ΣΔC=n×ΔC=30-35 mln so‘mni tashkil qiladi. Shu bilan birga fenotipga mos diagnostika orqali ortiqcha tahlillar sonini kamaytirish, noto‘g‘ri yoki samarasiz davolash holatlarini qisqartirish hamda asoratlar rivojlanish xavfini pasaytirish natijasida bilvosita xarajatlar (davolash muddatining uzayishi, qo‘shimcha dori vositalari, qayta murojaatlar) ham kamayishi kuzatilib, umumiy iqtisodiy samaradorlikni qo‘shimcha ravishda 12-15% ga orttirish imkonini beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik: tuxumdonlar skleropolikistozida LG/FSG va DGEA-S- degidroepiandrosteron sul`fat kabi laborator qiymatlarning hayz buzilishi turiga bog‘liq emasligi, tana vazni ortishi esa tuxumdon hajmi, follikulalar soni va diametrining ortishi bilan bog‘liqligi aniqlangan, bu morfo-funksional va laborator o‘zgarishlarning ekstrakorporal urug‘lantirish samaradorligini oshirishi isbotlanganligi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Ekspert kengashi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan 2024 yil 26 aprel` 01-02/4-t-25-son bilan tasdiqlangan va «Polikistoz tuxumdonlar sindromida EKU muolajasiga tayyorlash dasturini takomillashtirish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik Farg‘ona shaxar tibbiyot birlashmasining 2024 yil 15 maydagi 01-08/839-son va Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon filialining 2025 yil 18 maydagi 24-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 13 noyabrdagi 19/43-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tuxumdonlar skleropolikistozida morfo-funksional va laborator o‘zgarishlarni kompleks baholashga asoslangan diagnostik yondashuv ekstrakorporal urug‘lantirish samaradorligini oldindan prognoz qilish, ovulyasiyani stimulyasiya qilish taktikasini individuallashtirish natijasida bemorlarning ruhiy-ijtimoiy yukining pasayishi va hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: amaliyotda qo‘llaniladigan standart algoritmlarda hayz buzilishi turiga yo‘naltirilgan qo‘shimcha gormonal va laborator tekshiruvlar o‘tkazilishi har bir bemor uchun o‘rtacha 900–1000 ming so‘m to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatni talab etadi, taklif etilayotgan yondashuvda esa laborator ko‘rsatkichlarning hayz buzilishi turiga bog‘liq emasligi inobatga olinib, tashxislashning asosiy yo‘nalishi tana vazni va tuxumdonlarning morfologik parametrlarini baholashga qaratilgani sababli diagnostik xarajatlar 450–500 ming so‘mgacha kamayishi aniqlandi. Natijada har bir bemor uchun 400–500 ming so‘mgacha iqtisod qilinishi, 100 bemor hisobida esa yillik 40–50 mln so‘mgacha moliyaviy mablag‘ni tejash imkonini beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: tuxumdonlar skleropolikistozi TPKS fenotipini hisobga olgan holda flutamid, melatonin kabi endokrin modulyatorlarni kompleks qo‘llanilishi klinik ko‘rsatkichlarni yaxshilashi, ootsitlar va embrion morfo-funksional sifatini oshirishda samarali ekanligi isbotlanganligi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Ekspert kengashi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan 2024 yil 26 aprel` 01-02/4-t-25-son bilan tasdiqlangan va «Polikistoz tuxumdonlar sindromida EKU muolajasiga tayyorlash dasturini takomillashtirish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik Farg‘ona shaxar tibbiyot birlashmasining 2024 yil 15 maydagi 01-08/839-son va Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon filialining 2025 yil 18 maydagi 24-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 13 noyabrdagi 19/43-son xulosasi). Iqtisodiy samaradorligi: TPKS fenotipini hisobga olgan holda Flutamid va Melatoninni qo‘shimcha qo‘llashga asoslangan terapevtik yondashuvning iqtisodiy samaradorligi dori vositalarining tannarxiga asoslangan xarajatlar tahlili orqali baholandi, bunda standart protokolda qo‘llaniladigan qo‘shimcha gormon preparatlari va takroriy stimulyasiya kurslarining o‘rtacha tannarxi Cₛ=Σ(Pᵢ×Qᵢ)≈4,8-5,2 mln so‘m/bemor ni tashkil etgan bo‘lsa, Flutamid va Melatonin qo‘shimchasi bilan boyitilgan fenotipga yo‘naltirilgan terapiyada dori vositalarining jami tannarxi Cₙ=(PF×QF+PM×QM+ΣPbazaviy)≈3,6-3,9 mln so‘m/bemor gacha kamaygan, shu asosda to‘g‘ridan-to‘g‘ri dori xarajatlari bo‘yicha iqtisodiy samara ΔCd=Cₛ-Cₙ≈1,2-1,5 mln so‘m/bemor formulasi bilan hisoblandi. Qo‘shimcha ravishda, dori vositalarining klinik samaradorligi oshishi hisobiga davolash davomiyligi qisqarishi (T↓) va takroriy kurslar ehtiyojining kamayishi (N↓) hisobga olinganda umumiy iqtisodiy samara E=ΔCd×N+(T↓×Ckunlik) ko‘rinishida ifodalanib, n=100 bemor uchun yillik to‘g‘ridan-to‘g‘ri dori xarajatlari bo‘yicha iqtisod 120-150 mln so‘mni tashkil qiladi. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tuxumdonlar skleropolikistozi bilan bog‘liq bepushtlikni davolashda ishlab chiqilgan shaxsga yo‘naltirilgan individual tayyorgarlik dasturi embrion implantatsiyasi chastotasini 0,40±0,12 birlikka oshirishi, klinik homiladorlik chastotasini 18,4% ga ko‘paytirishi hamda homila tushishi holatlarini 5,3% ga kamaytirishi bilan davolash samaradorligini oshirishi ilmiy jihatdan asoslanganligi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Ekspert kengashi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan 2024 yil 26 aprel` 01-02/4-t-25-son bilan tasdiqlangan va «Polikistoz tuxumdonlar sindromida EKU muolajasiga tayyorlash dasturini takomillashtirish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik Farg‘ona shaxar tibbiyot birlashmasining 2024 yil 15 maydagi 01-08/839-son va Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon filialining 2025 yil 18 maydagi 24-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 13 noyabrdagi 19/43-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan shaxsga yo‘naltirilgan individual tayyorgarlik dasturini qo‘llash TPKS bilan og‘rigan ayollarda reproduktiv funksiyaning tiklanishiga, tabiiy homiladorlik holatlari ulushining oshishiga hamda yordamchi reproduktiv texnologiyalarga, xususan ekstrakorporal urug‘lantirishga bo‘lgan ehtiyojning kamayishiga olib keldi. Iqtisodiy samaradorligi: standart davolash taktikasida bitta qo‘shimcha EKU sikli va unga tayyorgarlik bilan bog‘liq o‘rtacha xarajat C₁=12-15 mln so‘m ni tashkil etadi. Individual tayyorgarlik dasturi qo‘llanilishi natijasida klinik homiladorlikka birinchi urinishda erishilgan holatlar ulushi ortishi sababli kamida bir marotaba takroriy EKU siklini o‘tkazish zaruratining oldi olindi. Tadqiqot ko‘lami doirasida takroriy EKUdan saqlanib qolingan holatlar soni n=25 ni tashkil etgaligi xisobga olinganda iqtisodiy  samara quyidagi formula asosida hisoblandi: ΣE₁=C₁×n=15 mln×25=375 mln so‘m. Qo‘shimcha ravishda, homila tushishi holatlarining 5,3% ga kamayishi natijasida statsionar davolash, qo‘shimcha diagnostika, medikamentoz terapiya va reabilitatsiya bilan bog‘liq xarajatlar qisqardi. Bir holatga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha qo‘shimcha xarajat C₂≈2,0-2,5 mln so‘m deb qabul qilinganda va oldi olingan holatlar soni n=10 ni tashkil etganini hisobga olsak, qo‘shimcha iqtisodiy samara: ΣE₂=C₂×m≈2,5 mln×10=25 mln so‘m ni tashkil etadi. Shu tariqa, umumiy iqtisodiy samara quyidagi ifoda bilan aniqlandi: ΣE=ΣE₁+ΣE₂=375 mln+25 mln=400 mln so‘m. Olingan natijalar ishlab chiqilgan shaxsga yo‘naltirilgan individual tayyorgarlik dasturini klinik amaliyotga joriy etish reproduktiv davolash samaradorligini oshirish bilan bir qatorda sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini sezilarli darajada optimallashtirish imkonini beradi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish