Hojieva Nasiba Bahodirovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fani asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” 13.00.02 –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi(pedagogika)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8369
Ilmiy rahbar: Axmedov Murodjon Ubaydullaevich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti,
PhD. 03/30.12.2019.Ped.72.04
Rasmiy opponentlar: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti “Pedagogika talim” kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori Xalqaro pedagogik ta’lim fanlar akademiyasining akademigi Xol Jumaevich Xudayqulov; Buxoro davlat universiteti professori, pedagogika fanlari doktori Izbullaeva Gulchehra Valerevna
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fani mazmunini xalqaro standartlar asosida boyitish orqali bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlarini aniqlashtirish, mazkur jarayon samaradorligini oshirishga doir ilmiy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy kompetenlik darajasi raqamli ta'lim muhitida kasbiy va shaxsiy traektoriyani loyihalashga asoslangan metakompetensiyalarni multidissiplinar uyg'unlashtirishga qaratilgan muloqot, hamkorlik, konfliktlarni hal qilish ko‘nikmalari dinamikasini uzlyuksiz kuzatish asosida aniqlashtirilgan;
boʻlajak oʻqituvchilarning ijtimoiy kompetensiyasini aniqlash mezonlari sun'iy intellekt texnologiyasidan foydalanishga yo‘naltirilgan monitoring qilish orqali “individual feedback” berish tizimini yaratishga yo‘naltirillgan “O‘qituvchining ijtimoiy olami: Kompetensiyalarni rivojlantirish strategiyalari” dasturida ishlash faoliyat dinamikasini baholash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish modeli ijtimoiy javobgarlikka asoslangan kasbiy mahorat darajasini kompleks ravishda rivojlantirishga qaratilgan rolli oʻyinlar, simulatsiyalar yordamida real hayot vaziyatlarini modellashtirish va ularni hal qilishga yordam beruvchi shaxsiy traektoriyani loyihalashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchining ijtimoiy kompetenligini rivojlantirish mazmuni ta’lim transformatsiyasidagi ijtimoiylashuv jarayonini bosqichma-bosqich tasvirlovchi ierarxik tuzilmaga ijodiy yondashuvli texnologiyalarni (sotsiogen va psixogen omillar, ijtimoiy-psixologik muhitni sog‘lomlashtirish, pozitiv muloqot va hamkorlik madaniyatini shakllantirishni ta’minlovchi) kiritish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fani asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy kompetenlik darajasi raqamli ta'lim muhitida kasbiy va shaxsiy traektoriyani loyihalashga asoslangan metakompetensiyalarni multidissiplinar uyg'unlashtirishga qaratilgan muloqot, hamkorlik, konfliktlarni hal qilish ko‘nikmalari dinamikasini uzlyuksiz kuzatish asosida aniqlashtirilgan tavsiyalardan “Umumta’lim maktablarining 5-6 sinf adabiyot darslarida IT-texnologiyalarini qo‘llash metodikasi” (2024-2025-yy.) mavzusidagi olima ayollar innovatsion loyihani amalga oshirish jarayonida foydalanilgan. (Qori Niyoziy nomidagi tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2025-yil 24-apreldagi 01-09/201-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu loyihada oliy ta’lim jarayonida o‘qitiladigan ijtimoiy – gumanitar fanlarni o‘rganish orqali bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy komptensiyalarini rivojlantirish hamda ularda shaxsiy sifatlarini oshirishga erishilgan;
boʻlajak oʻqituvchilarning ijtimoiy kompetensiyasini aniqlash mezonlari sun'iy intellekt texnologiyasidan foydalanishga yo‘naltirilgan monitoring qilish orqali “individual feedback” berish tizimini yaratishga yo‘naltirilgan “O‘qituvchining ijtimoiy olami: Kompetensiyalarni rivojlantirish strategiyalari” dasturida ishlash faoliyat dinamikasini baholash asosida takomillashtirilgan taklif va tavsiyalar asosida 5111700–boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan tayyorlangan “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2024-yil 29-maydagi 149-sonli buyrug‘ining №194-398-raqamli guvohnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirish hamda ularni kasbiy faoliyatga tayyorlash mazmunini takomillashtirishga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish modeli ijtimoiy javobgarlikka asoslangan kasbiy mahorat darajasini kompleks ravishda rivojlantirishga qaratilgan rolli oʻyinlar, simulatsiyalar yordamida real hayot vaziyatlarini modellashtirish va ularni hal qilishga yordam beruvchi shaxsiy traektoriyani loyihalashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan tavsiyalardan “Umumta’lim maktablarining 5-6 sinf adabiyot darslarida IT-texnologiyalarini qo‘llash metodikasi” (2024-2025-yy.) mavzusidagi olima ayollar innovatsion loyihani amalga oshirish jarayonida foydalanilgan. (Qori Niyoziy nomidagi tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2025-yil 24-apreldagi 01-09/201-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmunida bo‘lajak o‘qituvchining muloqotchanlik, empatiya, hamkorlik, emotsional intellekt, ilhomlantirish va motivatsiya berish, kutilmagan vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish, ijtimoiy mas’uliyat, jamiyat normalariga rioya qilish, axloqiy qadriyatlarga sodiq qolish, ma’suliyat kabi ko‘nikmalarini tarkib toptiruvchi o‘quv topshiriqlari bilan boyitilishiga erishilgan.
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining ijtimoiy kompetenligini rivojlantirish mazmuni ta’lim transformatsiyasidagi ijtimoiylashuv jarayonini bosqichma-bosqich tasvirlovchi ierarxik tuzilmaga ijodiy yondashuvli texnologiyalarni (sotsiogen va psixogen omillar, ijtimoiy-psixologik muhitni sog‘lomlashtirish, pozitiv muloqot va hamkorlik madaniyatini shakllantirishni ta’minlovchi) kiritish orqali takomillashtirishga oid amaliy tavsiyalar asosida mavzuga oid dars loyihalrini yaratishda samarali foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 30-iyundagi 22-01-77/22-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini sog‘lom ma’naviy dunyoqarashini rivojlantirishga oid nazariy yondashuvlar mazmuni boyitilgan.