Qosimova Muxarramxon Kodirjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Andijon viloyati adir mintaqa sharoitida tritikale etishtirishning agrotexnik elementlarini ishlab chiqish (och tusli bo‘z tuproqlar misolida)”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Qx1544.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ismoiljon Ibraximjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Egamov Ilxomjon Urayimjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Bozorov Xolmurod Maxmudovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Andijon viloyatining mexanik tarkibi engil bo‘lgan och tusli bo‘z tuproqli adir mintaqa sharoitida kuzgi tritikalening xorijiy “Tit” navidan yuqori va sifatli don hosili etishtirishda maqbul urug‘ ekish muddatlari va me’yorlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Andijon viloyatining mexanik tarkibi engil bo‘lgan och tusli bo‘z adir mintaqa tuproqlari sharoitida kuzgi tritikalening xorijiy “Tit” navi urug‘larini turli muddat va me’yorlarda ekishning samaradorligi aniqlangan;
kuzgi tritikaleni gektariga 6,0 mln dona unuvchan urug‘ hisobida ekish, urug‘larning dala unuvchanligini yuqori bo‘lishiga olib kelib, gektariga 3,0 mln dona unuvchan urug‘ hisobiga ekishga nisbatan 0,5-0,8 foizga, gektariga 4,0 mln dona unuvchan urug‘ hisobiga ekishga nisbatan 0,3-0,6 foizga, gektariga 5,0 mln dona unuvchan urug‘ hisobiga ekishga nisbatan 0,1-0,2 foizga yuqori bo‘lishi isbotlangan;
kuzgi tritikale o‘simligida boshoqlash-gullash davrida FARdan foydalanish koeffisienti yuqori bo‘lishi kuzatilib, gektariga 3,0 mln dona unuvchan urug‘ hisobiga ekilganida 20-25 sentyabr muddatida (7,14 g/m2/kun), 4,0 mln dona unuvchan urug‘ hisobiga ekilganida 1-5 oktyabr muddatida (8,93 g/m2/kun), 5,0 mln dona unuvchan urug‘ hisobiga ekilganida 10-15 oktyabr muddatida (10,49 g/m2/kun), 6,0 mln dona unuvchan urug‘ hisobiga ekilganida 20-25 oktyabr muddatida (11,85 g/m2/kun) yuqori bo‘lishi asoslangan;
kuzgi tritikalening kimyoviy tarkibiga urug‘ ekish muddatlari va me’yorlarining ta’siri sezilarli bo‘lishi kuzatilib, oqsil miqdori yuqori bo‘lgan don hosili etishtirish uchun urug‘larni 1-5 oktyabr muddatida, kleykovina miqdori yuqori bo‘lgan don hosili etishtirish uchun esa urug‘larni 10-15 oktyabr muddatida ekish yuqori samara berishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Andijon viloyatining mexanik tarkibi engil bo‘lgan adir mintaqa tuproqlari sharoitida kuzgi tritikalening “Tit” navidan yuqori va sifatli don hosili etishtirishda urug‘larni maqbul ekish muddatlari va me’yorlarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ilmiy natijalari asosida:
G‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun “Andijon viloyati adir mintaqa sharoitida tritikale etishtirish texnologiyasi” nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 21.10.2025 yildagi №05/03-03-452-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma fermer xo‘jaliklarida kuzgi tritikale navlarini etishtirishda muhim ko‘rsatma sifatida xizmat qilmoqda;
Kuzgi tritikalening “Tit” navi Asaka tumani “Mexnatobod qut-baraka” fermer xo‘jaligida 18,0 gektar, “Bo‘zariq agro zamin” fermer xo‘jaligida 25,3 gektar, Marhamat tumani “Egamberdi bobo chorvasi” fermer xo‘jaligida 10,0 gektar, jami 53,3 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 21.10.2025 yildagi №05/03-03-452-son ma’lumotnomasi). Natijada urug‘larni 1-5 oktyabr muddatlarida gektariga 4,0 mln dona, 20-25 oktyabr muddatlarida ekilganida esa gektariga 5,0 mln dona unuvchan urug‘ hisobida ekilganida yuqori samaradorlikka erishilgan;
Kuzgi tritikalening “Tit” navini 1-5 oktyabr muddatida ekilganida gektariga 4,0 mln dona, 20-25-oktyabr muddatida ekilganida gektariga 5,0 mln dona unuvchan urug‘ hisobida ekib etishtirish texnologiyasi Asaka va Marhamat tumanlarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 21.10.2025 yildagi №05/03-03-452-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu texnologiyani qo‘llash orqali rentabellik darajasi 1-5 oktyabr muddatida gektariga 4,0 mln dona unuvchan urug‘ hisobida ekilganida 56,3 foizga, 20-25-oktyabr muddatida gektariga 5,0 mln dona unuvchan urug‘ hisobida ekilganida 49,7 foizga ortishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish