Xamidova Zaynura Ramazonovnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “STEAM ta’lim texnologiyalari vositasida 6-sinf tabbiy fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi 13.00.02 Ta’lim va tarbiya nazaryasi va metodikasi (tabiiy fanlar) ixtisosligi bo‘yicha 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7181. Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, p.f.d., professor.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/27.02.2020.B.01.15
Rasmiy opponentlar: ilmiy kengash a’zosi p.f.d., professor, Xushvaktova Xusnobot Solievna p.f.f.d., (PhD) Sangirova Zamira Bozorboevna
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi STEAM ta’lim texnologiyalari vositasida 6-sinf tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
6-sinf uchun tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasining didaktik imkoniyatlari subekt-resursli simulyativ ma’lumotlarning kognitiv-operatsion o‘zlashtirilishiga ko‘ra o‘quvchilarning ijodiy tafakkurining kontekstual sinxron barqarorligiga muvofiq interpretativ baholash asosida aniqlashtirilgan;
6-sinflarda tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasining mazmuni ta’limiy-ijodiy loyihalarning raqamli-kreativ konstruktlariga ko‘ra funksional komponentlarning individual va frontal dispozitiv strategik algoritmlar orqali semantik assimlasiyalanishi asosida aniqlashtirilgan;
6-sinfga tabiiy fanlarni o‘qitish modeli o‘quvchining kognitiv, motivasion jihatlarini 5E va 3S+2E texnologik mikro modellar algaritmi orqali rivojlanishiga asoslanib kreativlik qobiliyatini ilmiy senzitivlikning ta’siriga mos holda didaktik fasilitasiyalash komponentini kiritishga ko‘ra takomillashtirilgan; 
6-sinflarda tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasining samaradorligi o‘quvchilarda fanlararo bilimlar mobilligi orqali intellektual qobiliyatning “kognitiv-amaliyot-motivasiya-dizayn fikrlash” kreativ dispozisiyalari asosida kompensatorlik asosidagi o‘zaro ta’sirga ko‘ra integrasiyalashuvi orqali oshirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
6-sinf uchun tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasining didaktik imkoniyatlari subekt-resursli simulyativ ma’lumotlarning kognitiv-operatsion o‘zlashtirilishiga ko‘ra o‘quvchilarning ijodiy tafakkurining kontekstual sinxron barqarorligiga muvofiq interpretativ baholash asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish-2022” nomli amaliy loyihaning bajarilishida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2025-yil 8-fevraldagi 11-05-878/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta taʼlim muassasalari tabiiy fanlar fani o‘qituvchilari uchun “Tabiiy fanlar fanidagi yangiliklar hamda tabiiy fanlar fanini o‘qitishning dolzarb masalalari” o‘quv moduli bo‘yicha kontentlar yaratilgan. 
6-sinflarda tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasining mazmuni ta’limiy-ijodiy loyihalarning raqamli-kreativ konstruktlariga ko‘ra funksional komponentlarning individual va frontal dispozitiv strategik algoritmlar orqali semantik assimlasiyalanishi asosida aniqlashga oid tavsiyalar “Uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish-2022” nomli amaliy loyihaning bajarilishida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2025-yil 8-fevraldagi 11-05-878/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada STEAM texnologiyasi hamda loyiha doirasida tayyorlangan kontent materiallari orqali o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligi oshirilgan.
6-sinfga tabiiy fanlarni o‘qitish modeli o‘quvchining kognitiv, motivasion jihatlarini 5E va 3S+2E texnologik mikro modellar algaritmi orqali rivojlanishiga asoslanib kreativlik qobiliyatini ilmiy senzitivlikning ta’siriga mos holda didaktik fasilitasiyalash komponentini kiritish asosida aniqlashga oid tavsiyalar Milliy o‘quv dasturi loyihasida yaratilgan 6-sinf “Tabiiy fanlar” darsligini mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2025-yil 8-fevraldagi 11-05-878/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘qituvchilarni STEAM ta’lim texnologiyasidan foydalanish hamda kreativlik, tanqidiy fikrlash va kommunikativlik ko‘nikmalari rivojlantirishga erishilgan.
6-sinflarda tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasining samaradorligi o‘quvchilarda fanlararo bilimlar mobilligi orqali intellektual qobiliyatning “kognitiv-amaliyot-motivasiya-dizayn fikrlash” kreativ dispozisiyalari asosida kompensatorlik asosidagi o‘zaro ta’sirga ko‘ra integrasiyalashuvi orqali oshirishga  oid tavsiyalar “O‘zbekiston 24” teleradiokanali “Axborot 24” dasturlarida efirga uzatilgan “Ta’lim tizimida xalqaro hamkorlik” mavzusidagi lavhalarni tayyorlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2025-yil 8-fevraldagi 11-05-878/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada STEAM ta’lim texnologiyasini o‘qituvchilarda kreativ qobiliyatini shakllantirishga ta’siri va uning rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish