Yuldosheva Gulnoza Abdinabievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Korxonalar faoliyatini moliyaviy modellashtirishni optimallashtirish», 08.00.07 - Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3544.
Ilmiy rahbar: Kurbonov Xayirilla Abdurasulovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Toshmuratova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tuxliev Bozor Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi korxonalar faoliyatini moliyaviy modellashtirish asosida moliyaviy holati va barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korxonalar faoliyatini moliyaviy modellashtirish konsepsiyasi asosida korxonalarning moliyaviy barqarorligi, kreditlash amaliyoti, investision faolligi hamda soliq va byudjet tizimi bilan o‘zaro bog‘liqligini baholovchi model takomillashtirilgan;
mamlakat miqyosida korxonalarning kredit olish imkoniyatlari bilan ularning moliyaviy barqarorligi o‘rtasidagi korrelyasion munosabatni aniqlash asosida turli hududlarda kredit resurslaridan foydalanish darajasi, qarzlar yuki koeffisienti va moliyaviy likvidlik indekslari asosida baholanadigan, korxona faoliyatini moliyaviy modellashtirishni optimallashtiruvchi, 0,75-0,85 oralig‘idagi determinatsiya koeffisientini ta’minlovchi pragmatik regressiya modelini joriy etish taklifi asoslangan;
korxonalarning moliyaviy barqarorlik salohiyatini baholashga qaratilgan makrodarajadagi integral moliyaviy ko‘rsatkichlar asosida klasterlashtirish, dinamik panel regressiya usuli orqali tahlil qilish hamda shu orqali korxonalar faoliyatini moliyaviy modellashtirishni optimallashtiruvchi, xato dispersiyasini 12-15% gacha kamaytirish imkonini beradigan innovatsion prognostik modelni shakllantirish asoslangan;
O‘zbekistondagi korxonalarning asosiy faoliyat ko‘rsatkichlari bo‘yicha ko‘p omilli regressiya modeli asosida tarmoq va hududlar kesimida o‘sish salohiyatini baholash orqali 2030-yilgacha rivojlanishining prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan..
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Korxonalar faoliyatini moliyaviy modellashtirish orqali moliyaviy holati va barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan ilmiy taklif va tavsiyalar asosida:
korxonalar faoliyatini moliyaviy modellashtirish konsepsiyasi asosida korxonalarning moliyaviy barqarorligi, kreditlash amaliyoti, investision faolligi hamda soliq va byudjet tizimi bilan o‘zaro bog‘liqligini baholovchi modelni takomillashtirish taklifi O‘zmilliybank tomonidan xorijiy kredit liniyalari va xalqaro kapital bozoridagi resurslar hisobiga moliyalashtirilayotgan investision loyihalarning iqtisodiy samaradorligi tahlilida qo‘llanilgan (“O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 5-noyabrdagi №02/2 73-82/06-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida loyihaviy moliyalashtirish jarayonida iqtisodiy risklar 8,5 foizga qisqardi, qaror qabul qilish tezligi 11,2 foizga oshdi, kreditlar qaytuvchanlik darajasi 94,7 foizga etdi, 2024-yil yakunida bankning jami aktivlari 135,09 trln so‘m, o‘z kapitali 18,86 trln so‘m, kapital etarlilik koeffisienti 14 foizni tashkil etdi;
mamlakat miqyosida korxonalarning kredit olish imkoniyatlari bilan ularning moliyaviy barqarorligi o‘rtasidagi korrelyasion munosabatni aniqlash asosida turli hududlarda kredit resurslaridan foydalanish darajasi, qarzlar yuki koeffisienti va moliyaviy likvidlik indekslari asosida baholanuvchi, korxona faoliyatini moliyaviy modellashtirishni optimallashtiruvchi, 0,75-0,85 oralig‘idagi determinatsiya koeffisientini ta’minlovchi pragmatik regression modelni joriy etish taklifi O‘zmilliybank tomonidan amaliyotda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilayotgan kreditlarning samaradorligi baholashda foydalanilgan (“O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 5-noyabrdagi №02/2 73-82/06-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kredit olish imkoniyatlari bilan moliyaviy barqarorlik o‘rtasidagi korrelyasiya r = 0,81 aniqlanib, R² = 0,78 darajada shakllanisi, qarz yuki koeffisienti 0,86, likvidlik indeksi 1,05 darajada barqarorlashuvi, muammoli kreditlar ulushi 4,6 foizdan 3,9 foizgacha kamayishi, kredit tahlilining aniqliq darajasini 9,2 foizga oshirish imkoni yaratildi;
korxonalarning moliyaviy barqarorlik salohiyatini baholashga qaratilgan makrodarajadagi integral moliyaviy ko‘rsatkichlar asosida klasterlashtirish, dinamik panel regressiya usuli orqali tahlil qilish hamda shu orqali korxonalar faoliyatini moliyaviy modellashtirishni optimallashtiruvchi, xato dispersiyasini 12-15% gacha kamaytirish imkonini beradigan innovatsion prognostik modelni shakllantirish taklifi O‘zmilliybank tomonidan korporativ mijoz korxonalarni klasterlarga ajratishda foydalanilgan (“O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 5-noyabrdagi №02/2 73-82/06-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida klasterlar kesimida kredit limitlari va foiz siyosati moslashtirildi, xato dispersiyasi 12,7 foizgacha kamaytirildi, resurs taqsimoti samaradorligi 8,9 foizga oshirildi; yuqori xavfli korxonalar ulushi 4,6 foizdan 3,9 foizgacha qisqardi;
O‘zbekistondagi korxonalarning asosiy faoliyat ko‘rsatkichlari bo‘yicha ko‘p omilli regressiya modeli asosida tarmoq va hududlar kesimida o‘sish salohiyatini baholash orqali 2030- yilga qadar ishlab chiqilgan rivojlanishning prognoz ssenariylaridan foydalanish taklifi O‘zmilliybank tomonidan 2025-2030-yillar uchun prognoz moliyaviy ko‘rsatkichlarni baholashda foydalanilgan (“O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 5-noyabrdagi №02/2 73-82/06-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mijoz korxonalar bo‘yicha prognoz pul oqimlari va stress-test natijalari kredit shartlarini (muddat, to‘lov jadvali, ta’minot talablari, monitoring chastotasi) belgilashda majburiy analitik bo‘lim sifatida qo‘llanila boshlandi, eksportchi korxonalarni baholashda esa valyuta risklari bo‘yicha alohida stress-senariylar qo‘llanildi.