Mirzaev Xayyom Toshqulovichning filologoya fanlari doktori (DSc)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XVI-XIX asrlar fors-tojik aruzshunosligining shakllanish va rivojlanish tamoyillari”, 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (tojik tili va tojik adabiyoti).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Fil798
Ilmiy rahbar: Jumaqul Hamroev filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/05.05.2023.Fil.02.11
Rasmiy opponentlar: Eshonqulov Husniddin Primovich filologiya fanlari doktori, professor; Misbohiddini Narziqul filologiya fanlari doktori, professor; Yusupova Dilnavoz Rahmonovna filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. ⅩⅤI-ⅩIⅩ asrlarda yaratilgan risolalar tahlili asosida fors-tojik aruzshunosligining shakllanish va rivojlanish tamoyillarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
XVI-XIX asrlar aruzshunosligi fors-tojik aruz ilmining evolyusion bosqichi sifatida baholangan hamda ushbu davr aruziy risolalarida istiqbolli, istiqbolsiz, musta’mal (amaldagi) va matruk (eski) vaznlarni saralash kabi yangi g‘oyalarning ilgari surilganligi juzv, rukn, zihof, bahr, doira va boshqa aruziy birliklar tadqiqi asosida aniqlangan;
“Chahor gulzor”, “Risolayi aruz va qofiya”, “Me’roj ul-aruz”, “Muntaxab ul-aruz” risolalarida arab va fors aruzshunoslari qarashlaridagi juzv masalasi qiyoslanib, “sabab”, “vatad” va “fosila” juzvlarining ikki xalq aruzida fonetik nuqtayi nazardan teng qo‘llanilganligi isbotlangan;
XVI-XIX asrlar risolalarida “zihof” va “ilal” masalalari oldingi davr risolalaridan farqli ravishda alohida aruziy birliklar sifatida talqin etilganligi, davr aruzshunosi Muhammad G‘iyosiddin zihoflar sonini o‘tgan davr mualliflariga qaraganda ko‘proq (47 ta) ko‘rsatganligi, aynan shu olim mumtoz aruzshunosligida ilk marotaba “ilal” istilohini olib kirganligi asoslangan;
XVI-XIX asrlar aruzshunosligini o‘rganish asnosida arab she’riyatiga xos Tavil, Madid, Basit, Vofir, Komil bahrlarining o‘sha davr fors she’riyati amaliyotida qo‘llanilmaganligi, Jadid, Qarib, Mushokil bahrlarining kamiste’molligi, Hazaj, Rajaz, Ramal, Munsarih, Muzori’, Muqtazab, Mujtas, Sari’, Xafif, Mutaqorib, Mutadorik bahrlarining davr she’riyatida nisbatan ko‘p qo‘llanilganligi dalillangan;
G‘iyosiddin Mansur Dashtakiyning doira tuzishda Nasiriddin Tusiyga ergashganligi, Xoja Hasan Nisoriyning aruz ilmini o‘zlashtirishning oson usullarini targ‘ib qilish zamirida doira masalasini e’tiborga olmaganligi, Muhammad G‘iyosiddinning doira tuzishda o‘tgan davr aruzshunoslari tajribalarini umumlashtirib, fors-tojik aruzshunosligi tarixida doiralar sonini oltitaga etkazganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. ⅩⅥ-ⅩIⅩ asrlar fors-tojik aruzshunosligining shakllanish va rivojlanish tamoyillarini tadqiq etishdan olingan ilmiy natijalar asosida:
XVI-XIX asrlar aruzshunosligini o‘rganish asnosida arab she’riyatiga xos Tavil, Madid, Basit, Vofir, Komil bahrlarining o‘sha davr fors she’riyati amaliyotida qo‘llanilmaganligi, Jadid, Qarib, Mushokil bahrlarining kamiste’molligi, Hazaj, Rajaz, Ramal, Munsarih, Muzori’, Muqtazab, Mujtas, Sari’, Xafif, Mutaqorib, Mutadorik bahrlarining davr she’riyatida nisbatan ko‘p qo‘llanilishi dalillanganligi to‘g‘risidagi yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F1-OO5-raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2025-yil 4-apreldagi 191/1-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanishi orqali fundamental loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar hamda monografiyalar ilmiy saviyasini oshirishda xizmat qilgan;
G‘iyosiddin Mansur Dashtakiyning doira tuzishda Nasiriddin Tusiyga ergashganligi, Xoja Hasan Nisoriyning aruz ilmini o‘zlashtirishning oson usullarini targ‘ib qilish zamirida doira masalasini e’tiborga olmaganligi, Muhammad G‘iyosiddinning doira tuzishda o‘tgan davr aruzshunoslari tajribalarini umumlashtirib, fors-tojik aruzshunosligi tarixida doiralar sonini oltitaga etkazganligi aniqlangan ilmiy yangiliklaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan PF-201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 8-apreldagi 01/04-1310-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-nazariy konsepsiyasi yangi fikr-mulohazalar bilan boyishiga erishilgan;
“Chahor gulzor”, “Risolayi aruz va qofiya”, “Me’roj ul-aruz”, “Muntaxab ul-aruz” risolalarida arab va fors aruzshunoslari qarashlaridagi juzv masalasi qiyoslanib, “sabab”, “vatad” va “fosila” juzvlarining ikki xalq aruzida fonetik nuqtayi nazardan teng qo‘llanilganligi isbotlangan ilmiy yangiliklaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2023-2024-yillarda amalga oshirilgan AL-662205561 raqamli “Alisher Navoiy mualliflik korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 8-apreldagi 01/04-1307-son ma’lumotnomasi). Natijada fors-tojik aruzshunosligiga bag‘ishlangan “Me’roj ul-aruz” asari hamda Alisher Navoiyning o‘zbek aruzshunosligiga bag‘ishlangan “Mezon ul-avzon” asarlarining zihof masalasiga oid uyg‘un jihatlari aniqlangan;
XVI-XIX asrlar aruzshunosligi fors-tojik aruz ilmining evolyusion bosqichi sifatida baholangan hamda ushbu davr aruziy risolalarida istiqbolli, istiqbolsiz, musta’mal (amaldagi) va matruk (eski) vaznlarni saralash kabi yangi g‘oyalarning ilgari surilganligi juzv, rukn, zihof, bahr, doira va boshqa aruziy birliklar tadqiqi asosida aniqlangan ilmiy yangiliklaridan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi she’riyat va adabiy tanqid kengashlari hisoboti yig‘ilishlarida, shuningdek, Samarqand viloyat bo‘limi qoshida faoliyat yuritayotgan “Sadoqat” to‘garagi faoliyatida va adabiy kechalarda, ijodkor yoshlar bilan uchrashuvlarda, ijodkor yoshlar bilan bo‘lgan amaliy, onlayn seminarlarda foydalanildi. (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2025-yil 17-apreldagi 01-03/162-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida tashkil etilgan yosh shoir va olimlar bilan uchrashuvlarda mazkur tadqiqotda o‘rganilgan she’r vazni haqida bahs yuritadigan bir qator nazariy manbalarning mazmun-mohiyati, bugungi davr ijod ahli uchun muhim dasturulamal sifatida xizmat qilishi mumkinligi muhokama etilgan;
tadqiqotda she’riy vaznlarda kuzatilgan fonetik hodisalar, qo‘llanilgan atamalarning izohlari, unda ishlatilgan fors hamda tojik tillaridagi murakkab so‘zlar matnda bigramma va trigrammalarning uchrashish ehtimolini hisoblashda asos bo‘lib xizmat qilganligi haqidagi xulosala va natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi 93461-sonli harbiy qismda harbiy maqsadlar uchun ishlab chiqilgan ovoz, audio va video ma’lumotlarni matn ko‘rinishiga o‘tkazish hamda tahrirlash jarayonini avtomatlashtirishga mo‘ljallangan “Ovoz AI” dasturiy ta’minotini yaratishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi 93461-sonli harbiy qismning 2025-yil 17-apreldagi 229-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotda fors adabiyoti bilan bog‘liq manbalar tarkibidagi forscha atamalarning izohlaridan harbiy bo‘linmalar uchun lug‘atlarni tayyorlash hamda murakkab forscha so‘zlarni sharhlash imkoniyati yaratilgan;
dissertatsiya muallifi tomonidan yaratilgan “Ta’rixi adabiyoti mumtozi toҷik” (ISBN 978-9910-9763-4-6) nomli o‘quv qo‘llanmasida tadqiqot natijalaridan, undagi mavjud xulosa va yangiliklardan foydalanilgan. (Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining 2023-yil 28-sentyabrdagi 2-son yig‘ilish bayonnomasi). Mazkur o‘quv qo‘llanmada fors-tojik she’riyatining vujudga kelish ildizlari, birinchi forscha she’r, uning muallifi, yaratilgan davri, qanday vaznda aytilganligi, Bahrom Go‘r va Abuhafs Sug‘diyning she’rlari fors-tojik she’riyatining ilk namunalari ekanligi, ularni asoslashda “Lubob ul-albob” va “Al-mu’jam” kabi ilmiy-nazariy manbalarning o‘rni beqiyosligi haqidagi mavzu va masalalarni talabalarga atroflicha yoritib berishda tadqiqotda ilgari surilgan qarashlar va she’riy namunalarning tahlillari (o‘quv qo‘llanmaning 172-173 betlari) yangi o‘quv materiali sifatida xizmat qilgan;
ⅩⅤI-ⅩIⅩ asrlarda yashagan fors-tojik xalqining madaniy hayoti, mazkur asrlarda Movarounnahr va Xuroson zaminlarida she’riyatning rivojlanishi, bu davrda poetika ilmining rivojida Xoja Hasan Nisoriyning “Chahor gulzor”, G‘iyosiddin Dashtakiyning “Risolayi aruz va qofiya”, Muhammad G‘iyosiddinning “Me’roj ul-aruz” asarlari katta hissa qo‘shganligi haqidagi ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali “Rangin kamon” teleko‘rsatuvi senariyalarini yozishda foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali”ning 2025-yil 2-apreldagi 05-09-411-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuv tomoshabinlariga ⅩⅤI-ⅩIⅩ asalar bilan bog‘liq bir qator manbalar mavjudligi, ularning davr ilmiy va madaniy hayotini o‘zida aks ettirishi haqida muhim ma’lumotlar etkazilgan.